-jadval. "Ringi" usulini qo’llash bosqichlari
T/r
|
Bosqichlar
|
Izoh
|
1.
|
Birinchi
bosqich
|
- Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan qaror qabul qilinishi lozim bo’lsa, shu muammo (masalan, yangi mahsulot turini ishlab chiqarishga) doir umumiy mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda o’rtaga tashlaydi.
|
2.
|
Ikkinchi
bosqich
|
- Muammo "pastga", ya'ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan pog’onaga uzatiladi.
|
3.
|
Uchinchi
bosqich
|
- Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlari bo’yicha ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtiloflarni, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni bartaraf etish bosqichidir.
|
4.
|
To’rtinchi
bosqich
|
- Muammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferentsiyalar o’tkaziladi.
|
5.
|
Beshinchi
bosqich
|
- Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim o’z muhrini bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
|
Yaponiyada "Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas'uliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko’rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo’lgani uchun yapon matbuotida uning sha'niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo’lsa-da, uni qo’llashdan voz kechish to’g’risida hech narsa deyilmaydi.
Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.
Qarorlarni ishlab chiqish va uni qabul qilish
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qo’yilgan maqsadning oqilona echimini topishdan iborat. Shu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va ko’lamiga ko’ra xilma xil va ancha murakkabdir. qarorni ishlab chiqish jarayoni 3-chizmada ko’rsatilgandek bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Boshqarish jarayonida doimo biron-bir masalani hal qilishga to’g’ri keladi. Chunki turli sabablar tufayli belgilangan parametrlardan og’ish sodir bo’ladi, yangi jarayonlarga zaruriyat tug’iladi, natijada ishlab chiqarish oldida paydo bo’lgan muammoni bilish, uni tahlil qilish va hal etish zaruriyati yuzaga keladi.
Qaror qabul qilish zarurati va tahlil qilinayotgan ob'ektdagi aniq vaziyat aniqlangach, turli yo’llar bilan erishiladigan qaror maqsadi shakllantiriladi va uning echimi bo’yicha vazifalar belgilanadi. Qarorning maqsadi yuqori organ tomonidan ko’rsatib berilishi mumkin. Masalan, g’alla etishtirishni keskin ko’paytirish va g’alla mustaqilligiga erishish maqsad qilib qo’yildi. Bir qator mulohazalar asosida donni etishtirishga eng yaxshi moslashadigan tumanlar aniqlanadi. Vazirlik ularning ixtisoslashuvini o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qiladi va buning uchun u tumanlarni don etishtirishga ko’chirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman rahbarlari topshiriq olgach, qarorni ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun har tomonlama tayyorgarlik ko’radi.
chizma. Qaror qabul qilish jarayonidagi izchillik va undagi bosqichlar
Bu erda asosiy maqsad va vazifa respublika uchun zarur bo’lgan don
66
mahsulotini etishtirishdir. Shunday qilib, muammoni aniqlash, vaziyatni va muammoni kelib chiqish sabablarini aniqlashdan boshlanadi. Vaziyatni aniqlash deganda muammoning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish tushuniladi (4- chizma).
Qaror modelini ishlab chiqish va maqbul variantni ajratib olish esa mezonlarni tanlash bilan bevosita bog’liq. Mezonlarni tanlash vazifalarning har xil variantlarini muhokama qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu masalani hal qilishda taklif qilingan variantlarni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Berilgan variantlarni tahlil qilishda matematik, grafik, mantiqiy va boshqa usullar qo’llaniladi. Tanlab olingan variantning maqsadga muvofiqligi va afzalligi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, texnik va boshqa mezonlar bo’yicha umumiy tarzda baholanadi. Bunda mezonlar, aniq omillar va sharoitlarni tanlashga o’tiladi. Shundan so’ng qaror tayyorlashning navbatdagi bosqichiga o’tiladi. Bu bosqichda qo’yilgan vazifani bajarish modeli ishlab chiqiladi.
chizma. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni
Model - bu boshqaruv oldida turgan vazifani hal etish chizmasidir.
Model oddiy yoki dasturlashni talab qiluvchi, murakkab bo’lishi ham mumkin. Murakkab qarorlarni qabul qilishda matematik yoki statistik modellardan foydalaniladi. Bu modellar muammolarni miqdor jihatdan tavsiflaydi va optimal variantli boshqarish qarorini qabul qilish uchun asos xizmatini o’taydi.
Modellashtirish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
tahlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga bo’linadi, omillar aniqlanadi;
tanlab olingan omillarning o’zaro aloqasi aniqlanadi va o’zaro ta'siri baholanadi, vazifani hal etish modeli belgilanadi;
tadbirlar majmui ishlab chiqiladi;
qarorlar variantlarining samaradorligi, ularni oshirish yo’llari aniqlanadi. Bularni quyidagicha ifodalash mumkin:
Qarorni tanlash, ularni uzil-kesil qabul qilish rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda rahbar qarorni yakkaboshchilik asosida qabul qilishi mumkin. Odatda, yakkaboshchilik ko’pchilik fikri bilan birgalikda qo’shib olib boriladi, ya'ni:
tanlangan qaror varianti tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi;
qaror uzil-kesil qabul qilinadi va hujjat (buyruq, farmoyish berish, rejani tasdiqlash va hokazolar) bilan rasmiylashtiriladi;
qaror ijro etuvchi shaxslarga etkaziladi.
Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |