"Batamom foydalanish" strategiyasi. Bu strategiyaning asl mohiyati, yangi tovarlarni bozorga kiritish bosqichida, sotiladigan tovarlarning hajmi kam bo’lganda ularga juda yuqori narx belgilashdan iboratdir. So’ngra bu narx bozorning va raqobatchilarning o’sishi bilan kamayib boradi.
"Korxonaning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga yo’naltirilgan narx" strategiyasi. Korxona narxlashtirishda bu strategiyani qo’llash uchun mamlakatning ichki va tashqi bozorida narxlashtirishning xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Shularni o’rganib aniq bozor sharoitlariga bog’liq holda o’ziga xos narx siyosatini tanlashi mumkin bo’ladi.
Umuman olganda, korxona o’z imkoniyatlaridan va maqsadlaridan kelib chiqib yuqorida keltirilgan narx strategiyalaridan foydalanadi.
Qisqa xulosalar
Narx marketing kompleksining asosiy elementlaridan biri hisoblanib, korxonaning marketing siyosatini ishlab chiqishda keng qo’llaniladi.
Marketingda narxning asosiy rol o’ynashining sabablaridan yana biri shundan iboratki, u korxonaning iqtisodiy ko’rsatkichlariga to’g’ridan to’g’ri ta'sir ko’rsatadi. Narx marketing kompleksi elementlaridan biri hisoblanib, uning shakllanishi marketing kompleksining boshqa elementlari bilan chambarchas bog’liqdir. Narx strategiyasi deganda narxlashtirish sohasidagi qarorlar va tadbirlarning kompleksi tushuniladi.
Nazorat savollari
Narxni shakllantirishdan maqsad nima?
Narxning shakllanishiga talab va taklifning ta'sirini chizma orqali ko’rsating.
Marketingda narxning shakllanishiga qanday yondashuvlar mavjud?
Narx raqobati va narxsiz raqobatni qanday tushunasiz?
Narx shakllanishiga qanday omillar ta'sir ko’rsatadi?
Narx qayishqoqligini qanday tushunasiz va narxga qanday ta'sir ko’rsatadi?
Narxning turlarini aytib bering.
"Ulgurji narx" va "chakana narx" tushunchalarini izohlang.
Narx belgilash uslublarini tushuntirib bering.
Narx strategiyasini tushuntirib bering.
"Narx psixologiyasi" tushunchasini izohlang.
Mavzu. MARKETINGDA KOMMUNIKATSION SIYOSAT
Reja:
Jamoatchilik bilan aloqalar (pablik rileyshnz) va uning mohiyati
Reklama va reklama vositalari
Marketingda sotishni rag’batlantirish
Tayanch so’zlar: marketingda kommunikatsiya, mahsulot o’tkazish va sotish siyosati, savdoni rahbatlantirish, sotuvchilarni rag’batlantirish, mahsulot o’tkazish va sotishni rag’batlantirish, servis, marketing kommunikatsiyasi, kommunikatsiya, targ’ibot, tashviqot, jamoa bilan ishlash, shaxsiy sotuv, bevosita sotuv, ommaviy sotish, reklama, reklama vositalari
Jamoatchilik bilan aloqalar (pablik rileyshnz) va uning mohiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |