Davlat tashkilotlari bozori deganda esa o’z faoliyatlarini yuritish uchun tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma bo’g’indagi davlat tashkilotlari tushuniladi.
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlarning katta miqdorda sotilishi bilan xarakterlanadi.
Bozorda kim etakchilik qilishiga qarab bozorlar "sotuvchi bozori" va "xaridor bozori"ga bo’linadi.
"Sotuvchi bozori” - unda tovarga bo’lgan talab taklifdan oshib ketadi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi bo’lishiga to’g’ri keladi. Bunday holatda "pul tovar orqasidan yuguradi".
Do'stlaringiz bilan baham: |