Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi. Menejmentning turli xorijiy maqtablari tabakalanishi



Download 94 Kb.
bet1/4
Sana14.04.2022
Hajmi94 Kb.
#550517
  1   2   3   4
Bog'liq
Menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi



Menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi
Reja:



  1. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi.

  2. Menejmentning turli xorijiy maqtablari tabakalanishi.

  3. Menejmentning nazariya va amaliyotini Rossiyada rivojlanishi.

  4. Menejment rivojlanishida yangi bosqich.

Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi.
Xorijiy menejment monopolistik kapitalizm davrida vujudga kelgan. Uning shakllanishidan oldin boshqaruv vazifalarining ajratilishi, unga xos bo’lgan boshqaruv mexnatining tarqalishi, uning maxsus nazariy asos yaratilishiga extiyoj usishi yo’z berdi.
Menejment nazariyasini asoschilari Teylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va boshqalardir. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yunalishi «klassik» (an’anaviy) maqtab nomini olgan. Bu maqtabning vujudga kelishida amerikalik muxandis va tadkikotchi Frederik Teylorning xizmati katta. Teylor xizmat pogonasining barcha darajalarini AKShdagi Bstlegemdagi yirik metallurgiya korxonasining kichik xizmatchisidan boshqaruvchisigacha bo’lgan lavozimlarni egallagan. U birinchilar qarorida ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarini tashkil etish xamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondashishni qo’lladi.
Uning «korxonani ilmiy boshqarish asoslari», «Boshqarishni ilmiy
tashkil etishning tamoyil va usullari», «Sanoat korxonalarini ma’muriy-texnikaviy tashkil etish» kabi ashxur asarlari xorijda chop etilgan ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy tashkil etish bo’yicha adabiyotlarning katta to’plamiga asos soldi. Teylor mexnat jarayonlarini maxsus funksional boshqarish zarurligini asoslab berdi, jismoniy mexnat bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib ko’rsatishga xarakat kilgan tomonidan ishlangan sxemada ulda-julda, pala-partish ishlash mumkin emasligi, xar bir narsa oldindan uylangan, ishning barcha shartlari va usullari oldida aniq, belgilangan bo’lishi aks ettirilgan.
Teylor kishi akl-zakovatiga katta e’tibor bergan. Masalan, u korxona ustasi quyidagi tukkiz sifatga ega bo’lishi kerakligini ta’kidlagan:

  1. akl-zakovatga;

  2. ma’lum m’lumotga;

  3. ish tajribasiga;

  4. odobga;

  5. gayratga;

  6. ziyraklikka;

  7. xalollikka;

  8. to’g’ri fikr yuritishga;

  9. yaxshi saomatlikka;

shu bilan birga Teylor bu sifatlarning barchasiga ega bo’lgan kishini topish juda mushqul ekanligini aytgan. Ko’pchilik fakat uchta sifatga ega bo’ladi - ular oddiy ish xaki tulanadigan ishga olinishi mumkin. Bu sifatlarning to’rttasiga ega bo’lgan kishi nisbatan ko’p xak tulanadigan ishga olinishi kerak. Beshta sifatni o’zida jam etgan kishini topish ancha mushqul, olti, yetti, sakkiz sifatga ega kishini topib bulmaydi. Agar yuqorida sanab utilgan tukkiz sifatga ega bo’lgan kishi topilsa, uni usta lavozimiga emas, boshqaruvchi lavozimiga qabul qilish lozim. Teylor ayniqsa ish joylarini tashkil etish ishlashning maqbul usullarini tanlash, aniq vazifalarni belgilash, kishilarni to’g’ri tanlash va ishga quyishga aloxida ahamiyatiiyat berardi. U tomonidan ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha qator tavsiyalar ishlangan. Masalan, u boshqarish bo’yicha faoliyatning 8 ta vazifasini ajratib ko’rsatgan:

  1. Ishlarni bajarish va taksimlash tartibi;

  2. Chizmalar va qo’llanmalarni to’zish;

  3. Vaqtni meyorlash va mexnatga xak tulash;

  4. Intizomga rioya qilish;

  5. Ish uslublarini belgilash;

  6. Uskunalar ish tartibiga rioya qilish;

  7. Uskunalarni ta’mirlash va saklash

  8. Sifatni nazorat qilish.

Teylorning funksional boshqaruv tizimi xozirgi davrda sanoatda qo’llanmasada, boshqarish jarayonini funksional taksimlash g’oyasidan boshqarishning tartibli (lineyniy) tizimidan xam foydalanadi. Teylor ma’muriyat va ta’minlovchi ijtimoiy jixatlarni xisobga olish muximligini ta’kidlab, bu ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning muxim tamoyillaridan biri ekanligini aytgan. U ijtimoiy demagogiya usullarini inkor etmay, ulardan foydalanishni tavsiya kilgan. U ishchilar va tadbirkorlar urtasida «sinfiy xamjixatlik»ni ta’minlash, ular urtasida munozaraga yo’l kuymaslik zaruriyatiga tayangan va uni menejmentning eng mexim vazifalaridan biri deb xisoblagan.teylor fikriga binoan, bunday vazifani fakat ilmiy jixatdan tashkil etilgan boshqaruv tizimi - menejment nazariyasigina xal etishi mumkin.
Teylorizm ilmiy boshqaruv xarakatini boshlab berdi. Bu xarakat AKShni kamrab olib, boshqa kapitalistik mamlakatlarga xam yoildi. Teylor tizimi ilmiy menejment rivojlinishi uchun asos bo’lib xizmat kildi.
Iqtisodiyotni boshqarish soxasining yana bir yirik nazariyotchisi - Garrington Emerson (1853-1931) edi. U «Unumdorlikning un ikki tamoyili» asarini yozib, bu asarda u birinchi bo’lib inson faoliyatini maqbullashtirishga karashlar tizimini bayon qilib berdi. Emerson quyidagi tamoyillarga asoslangan maksimal mexnat unumdorligiga erishish usulini ishlab chikdi.

  1. Aniq belgilangan g’oya va maksudlar;

  2. Akli rasolik;

  3. Asosli maslaxat;

  4. Kat’iy intizom;

  5. Xodimlarga nisbatan adolatli munosabat;

  6. Markazlashtirish;

  7. Tezkor, ishonchli, tulik, aniq va doimiy xisob;

  8. Meyor va tartib;

  9. Sharoitni normallashtirish;

  10. Operasiyalarni meyorlash;

  11. Yozma standart qo’llanmalar;

  12. Unumdorlik uchun ragbatlantirish.

O’z xulosalariga qo’shimcha qilib boshqarish uslubini bayon qilish bilan muallif klassik konsepsiyaga salmoqli xissa kushdi.
Sanoat korxonalarini tashkil etish va boshqarish masalalarini urgangan yana bir amerikalik iqtisodchi Gamilton Cherch (1866-1936) o’z diqqat e’tiborini boshqarishning umumiy nazariy tamoyillariga qaratdi. Amerikalik boshqa nazariyotchilardan farkli G.Cherch
tayyor qonun - koidalarni tavsiya kilmagan. U barcha sanoat korxonalarini boshqarishning umumiy nazariy tamoyillarini belgilab berdi, boshqaruvning umumiy vazifalari bilan uni tashkil etish tamoyillarini ko’rsatib berdi. O’zining «ishlab chiqarishni boshqarish asoslari» qitobida u boshqarish vazifalarining quyidagi klassifikatsiyasini bayon qilib bergan: loyixalashtirish, uskuna bilan ta’minlash, buyuruvchilik, xisob va amalga oshirish. G.Cherch qitobining ayrim nazariy koidalar xozirgi davrda xam ilmiy va amaliy qimmatga egadir.
Ilmiy boshqaruv rivojlanishiga xisob va rejalashtirishning chizma usulini ishlab chiqqan Genri Gant (1861-1919) va ishini maqbullashtirish uchun standart xarakatlarni qo’llab ayrim ishlarni bajarish usullarini taklif etgan Frenk Gilbert (1868-1924) salmoqli xissa kushganlar. Shuningdek menejment nazariyasiga Franso’z muxandisi Anri Fayol muxim xissa kushgan, u boshqaruv vazifalari maqbullashtirish - oldindan kura olish, tashkil etish, buyurish, kelishuv, nazorat qilishga tenglashtirgan 1916 yilda uning «Umumiy va sanoat boshqaruvi», 1924 yilda «Mexnatni ilmiy tashkil etish» va «Ijobiy boshqaruv»
asarlari chop etildi. Genri Ford ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishning tashkiliy-texnikaviy tamoyillarini yaratgan. Fordizm fakat boshqaruv texnikasi va tashkil etish rivojlanishida emas, balki mexnat unumdorligi usishida xam yangi bosqich buldi. Ford xam Teylor singari kam xarajat bilan yuqori mexnat unumdorligiga erishishni maksad qilib kuygan bo’lsada, unga boshqa yo’l bilan erishishga xarakat kildi. Teylor inson mexnatini tashkil etishga aloxida e’tibor bergan bo’lsa, Ford texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni takomillashtirishga e’tibor bergan.
Shunday qilib, Teylor va uning izdoshlari burjua boshqaruv nazariyasi rivojlanishining boshqaruv konsepsiyasi vujudga kelgan XIX-XX asrlar chegarasidanasrimizning 20-yillarigacha davom etgan davrni kamrab olgan birinchi bosqichi namoyondalaridir.
XX asrning 20-yillaridan menejment rivojlanishining yirik kapitalistik ishlab chiqarish extiyojlariga asoslangan yangi bosqichi boshlandi. Nazariyotchilar Teylorizmni nisbatan moslashuvchan tizim bilan almashtirishga xarakat kildilar. Ular boshqarishning sosiologik va psixologik jizatlariga e’tibor berib, ularni ilmiy menejment tarkibiga kiritdilar.
Davlat va iqtisodiyotni boshqarish nazariyasining ayrim jixatlari sharkning iqtisodiy g’oya rivjlanishiga xissa kushgan yirik alloma va davlat arboblari - Farobiy, Ibn Sino (IX-X asr), Xos Xojib (XI-XII asr), Amir Temur. Ibn Xoldun (XIII-XIY asr), Bobur, Alisher Navoiy asarlarida yoritilgandir.



Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish