Nazorat funksiyasi
raxbarning eng muxim funksiyasidir. Raxbar oqibat natijada
qaboʻl qilinadigan qarorlarning tashabbuskori boʻlib, chiqishi tufayli u ana shu
qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tatkil qilishning xam tashabbuskori boʻlishi
kerak. Qarorlarning ijro etilishni nazorat qilmaydigan raxbar oʻzi ishla¸tgan ishlab
chiqarishgina emas, balki boshqa korxonalarga xam zarar keltiradi. Bunda boshqaruv
topshiriqlari oʻz vaqtida bajarilmaydi, ayrim xollarda kechikish, oʻzilishlar roʻy berish
mumkin va x.k.
Oʻz qarorini tekshirmagan raxbar intizomsiz, ijrochilarni notoʻgʻri tarbiyalagan
raxbar xisoblanadi.
115
Yaxshi yoʻlga qoʻyilgan nazorat ishonchli qaytma (teskari) aloqadir. Bunday aloqa
boʻlmasa, boshqarish tizimi normal ishlay olmaydi, boshqarish qarorlarining amalga
oshirilishiga oʻz vaqtida tuzatishlar kiritib boʻlmaydi.
"Qarorning amalga oshirilishi xulosalar chiqarishni xam oʻz ichiga oladi. Bundan
maqsad ta’sir oʻtkazishning xaqiqiy natijasi va samarasini aniqlash, shuningdek, qaror
qabul qilish usullari va vositalaridan foydalanish tajribasini umumlashtirishdir.
2.Boshqaruv qarorlarning unsurlari. Boshqaruv qarorlarning turkumlanishi.
3. Strategik va taktik qarorlar, stereotip va tashabbusli qarorlar, qaror qabul
qilishda kollegial va konsensus tamoyillari, qaror qabul qilishda “ringi” usulining
mohiyati.
Rivojlanib borayotgan global raqobat sharoitida har bir tashkilot oʻzining
puxta ish uslubiga hamda strategik, taktik yoʻnalishlariga ega boʻlishi talab etiladi.
Bu esa oʻz navbatida tashkilotlarning raqobatda “jon saqlab qolish”ida hamkorlik
qilishga turtki beradi..
“3M” kompaniyasining dental mahsulotlar boʻlimida tadqiqotchi olim Sumita
Mitra shunday qoplama ishlab chiqarishga yordam berdiki, bu qoplama tish
qobigʻini va nur yordamida oʻrnatiluvchi tsement materiallarini himoya qiladi.
Shunga qaramasdan, kosmetik stomatologiya ommalashgani uchun, u stomatolog
xohlagan darajadagi kuch va tabiiylikka ega boʻlgan mahsulotni ishlab chiqarish
uchun imkoniyat seza boshladi. Mitra dastavval 3M kompaniyasining 7000 ga
yaqin mutaxassislar yozigan ma’lumotlar bazasiga murojaat qildi. Garchi
ma’lumotlar ba’zasi bilimlarni butun kompaniya boʻylab oʻrtoqlashishga imkon
bermasa-da, “haqiqiy hamkorlik ishlari asosan yuzma-yuz, TechForum tomonidan
moliyalashtirilgan forumlarda yuz buradi. Bu forum butun dunyodagi olimlarni
bir-biriga bogʻlaydi”. Bu erda esa Mitra kompaniyaning boshqa boʻlimlaridagi
mutaxassislarga tegishli kerakli ma’lumotlarni topa oldi. 3M kompaniyasining
tadqiqotchilarni bogʻlovchi oʻz sayti ham boʻlib, Mitra buni “3M tadqiqotchilari
uchun yaratilgan LinkedIn”sifatida tasvirlaydi. Tadqiqot markazi va Forum
Mitraning tadqiqoti uchun foydali boʻldi. Oʻz tadqiqotlarini boshlaganidan 3 yil
oʻtib, 3M kompaniyasi Filtek Supreme Plus ni taqdim qildi, bu juda kuchli, yorqin
material boʻlib, ilk marotaba u oʻzida nanoqismlarni mujassamlashtirdi. 3M
kompaniyasida, ishchilar oʻzaro hamkorlik qiladilar va muvaffaqiyatlariga qarab
koʻtariladilar. Kompaniya tadqiqotchilari oʻrtasidagi bunday hamkorlik qator
yangiliklarning ochilishiga olib keldi.
Aytish mumkinki, bugungi kunda ishlash jarayoni butkul oʻzgarib ketdi.
Garchi vazifalarning samarali bajarilishi muhim boʻlishiga qaramasdan,
tashkilotlar uning qanday bajarilishiga ham moslasha olishi kerak. Tan olish
kerakki, bugungi kunda innovatsiyani tezlik bilan oʻrganish va uni bozorda
qoʻllash juda ham muhim ahamiyatga egadir va bu bilan siz nima uchun
buyruqbozlik zanjiriga asoslanuvchi yuqoridan pastga qarab qaror qabul qilish
tizimi yaxshi ish bermasligini tushunib olasiz.3M kabi koʻpgina tashkilotlar
oʻzlarida ishchilar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqdalar. 11-3 jadval
hamkorlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlarini ifoda etadi.Hamkorlik ichki
boʻlishi (tashkilot ichidagi ishchilarning orasida) yoki tashqi (har qanday aktsioner
bilan) boʻlishi mumkin. Har ikki holatda ham, ishchilar hamkorlik qanchalik
116
tashkilotning strukturasiga toʻgʻri kelishini va hamkorlikda ishlash bilan bogʻliq
muammolarni anglab olishlari zarur. Hamkorlikning har bir turiga alohida nazar
solib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |