Menejmentga kirish



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/297
Sana01.06.2022
Hajmi6,28 Mb.
#628248
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   297
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

P.M. Kerjentsev
(1881-1940) xam boshqarish boʻyicha qator asarlar chop 
etgan. Bular qatoriga “Mexnatni ilmiy tashkil etish”, “Boshqarishni tashkil qilish 
tamoyillari”, “Vaqt uchun kurash” kabilar kiradi. Ular boshqarish boʻyicha 
darsliklarni yozishda asos qilib olindi. 1920 yilning boshlarida Kerjentsev 
tashabbusi bilan “Vaqt” Ligasi tashkil etildi. Bu Liga jamoatchilikning e’tiborini: 

mexnatini tashkil qilishda tartibsizliklarning nixoyatda koʻpligiga; 

bexuda ishlarga vaqtning koʻp sarflanayotganligiga; 

boshqaruv tizimida funksiyalarning nooqilona taqsimoti kabilarga qaratdi 
va ularni bartaraf etilish yoʻllarini ishlab chiqdi. 
1900 yillarning oxiridan boshlab mamlakatda boshqarish nazariyasining 
rivojlanishi yanada kuchaydi. Shu yillarda mexnatni ilmiy tekshirish instituti, 
boshqarish va normativ boʻyicha markaziy ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etildi. 
Mamlakatning yetakchi oliy oʻquv yurtlarida “Mexnatni ilmiy tashkil qilish”, 
“Boshqarish” kafedralari, fakultetlari tashkil etilib, ular boʻyicha maxsus fanlar 
oʻqitila boshlandi. 
Rossiyada Hozircha yagona, Moskva boshqaruv instituti tashkil qilingan 
boʻlib, u korxona yoki tarmoq faoliyatining boshqaruv tomonini takomillashtirish 
masalalari boʻyicha direktorlar maslaxatchilari deb yuritiladigan boshqarishni 
tashkil qilish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydi. 
Oʻzbekistonda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari 
XIII-XIV asrlarga kelib Amir Temur xukumronligi davridanoq shakllana 
boshlagan. Amir Temur “Temur tuzuklari” asarida, qanday qilib xokimiyatni 
qoʻlga kiritgani, siyosiy va xarbiy faoliyati xaqidagi sirlar, uni boshqarish san’ati, 
shu bilan birga istilochilikka qanday raxbarlik qilganini oʻzi izoxlab bergan. 
“Temur tuzuklari” jaxonga mashxur asar. Uning qoʻl yozma nusxalari 
dunyoning deyarlik barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, 
Frantsiya, Rusiya, Germaniya, Armaniston, Oʻzbekiston va boshqalar)ning 
kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat. 
Birinchi qism Amir Temurning oʻz davlatini barpo etish va uni xar jixatdan 
mustaxkamlash, mukammal qurollangan qudratli qoʻshin tuzish borasida tatbiq 
etgan tuzuklari va rejalaridan iborat boʻlib, xatto qoʻshinning jangovor saflanish 
tartibi xam maxsus jadvallar orqali koʻrsatib berilgan. 


14 
Asarning oʻn uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi qismida esa xizmat 
soxibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qoʻshin tuzish va dushman 
lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlari oʻz 
ifodasini topgan. 
Amir Temur zukko, tajribali va siyosatdon davlat arbobi edi. U oʻzi 
tuzmoqchi boʻlgan davlatning markaziy apparati va maxalliy xokimiyatning 
qanday, qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslar va ularning sifatlari 
xamda burch va vazifalarini oldindan belgilab bergan. 
“Tuzuklar” muallifining fikricha, xar bir soxibi toj davlat va jamiyatni 
ma’lum ijtimoiy-siyosiy guruxga tayangan xolda boshqarishi lozim. Hazrat Amir 
Temur, “Tuzuklar”da ma’lum qilishicha, oʻz faoliyatida qoʻyidagi 12 ijtimoiy-
siyosiy guruxga tayanib ish olib borgan: 
1.
Xazrat Paygʻabarimiz Muxammad Sallolloxu Alayxissalomning aziz va 
mukarram avlodi boʻlmish sayidlar, ulamo va shayxlar; 
2.
Xayotning achchiq-chuchugini totgan bilimdon kishilar; 
3.
Duoguy taqvodorlar; 
4.
Amirlar, sarxanglar, sipoxsolollar, ya’ni lashkar va qoʻshin boshliqlari; 
5.
Sipox bilan raiyat, ya’ni qora xalq; 
6.
Saltanat ishlari, uning siru-asrorini bilgan, kengashsa boʻladigan dono va 
ishonchli kishilar; 
7.
Vazirlar, sarkitob va devon bitiqlari; 
8.
Xakimlar, tabiblar, munajjimlar va muxandislar;
9.
Xadis olimlari va roviylar, ya’ni rivoyat aytuvchilar (tarix shunoslar). 
10.
Soʻfiy va oriflar; 
11.
Xunar va san’at axli, ya’ni kosiblar va san’atkorlar; 
12.
Xar turli mamlakatlardan kelgan sayyox va tijorat axli. Ular bilan soʻzlashib, 
mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy axvoldan voqif boʻlib turish mumkin boʻlgan. 
Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlar va viloyatlarda oʻtirgan noiblarning 
roli benixoya katta boʻlgan. Shuning uchun xam Amir Temur ularni tanlash va 
vazifalarga tayinlash ishiga a’loxida axamiyat bergan. Ular soxibqironning fikricha 
sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha:, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar 
boʻlishi kerak. “Tuzuklar” muallifining fikriga koʻra, masalan, vazirlar toʻrt sifatga 
ega boʻlishlari shart: 
1.
Asillik, toza nasllik va ulugʻvorlik; 
2.
Aqlu farosatli; 
3.
Sipox bilan raiyat axvolidan boxabarlik va ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ular 
bilan yaxshi muomalada boʻlish; 
4.
Sabru bardoshlilik, muloyimlik. 
“Tuzuklar”da keltirilgan ma’lumotlarga koʻra Amir Temur oʻz davlatini, bir 
uchi Chinu Mochin va ikkinchi uchi Shom xududida boʻlgan ulkan mamlakatni 
bor-yoʻgʻi yetti nafar vazir yordamida boshqargan. Bular qoʻydagilar. 

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish