“Menejmentda motivlashtirish tushunchasi, modellari va strategiyasi”
Taqdimot ishi
@Slaydlar
Reja:
Kirish
- Motivatsiya strategiyasi
- Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati
- Motivlashtirish modellari
- Motivlashtirish nazariyalari
- Motivlashtirish va ehtiyoj
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Kirish
Ma’lumki har qanday faoliyat turi menejment asosida quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishdan ko’zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek samaradorlikka erishish uchun ushbu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag’batlantirish chora-tadbirlari menejment jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Bunda boshqaruvga iqtisodiyotda mavjud tizim ham o’z ta’sirini o’tkazadi.
Ruscha-o’zbekcha lug’atda motivasiya tushunchasi biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar ,dalillar , isbotlar ,bahonalar ,vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog’liqdir.
Motivatsiya – insonni aniq maqsadlarga erishish va o’z ehtiyojlarini qondirish uchun harakatga undovchi amaldagi ichki va tashqi kuchlar majmui.
- Menejmentda motivatsiyaning tutgan o’rni
Motivlashtirish strategiyasini tanlashda uchta yondoshuv mavjud:
1.Rag’batlantirish va jazo strategiyasi, ya'ni, kishilar mukofot olish uchun ishlaydilar:
-kim ko'p va yahshi ishlasa, unga yahshi haq to'lanadi;
-kim undan ko'p ishlasa shunchalik ko'p haq to'lanadi;
-kim sifatsiz ishlasa, u jazolanadi.
2.Ish orqali motivlashtirish: hodimga uni qoniqtiradigan ishni bersangiz bas, ijro etish sifati yuqori bo'ladi.
- Menejmentda motivatsiyaning tutgan o’rni
3.Menejerlar bilan doimiy aloqada bo'lish strategiyasi: bo'ysinuvchilar bilan birga maqsadni aniqlab olish, unga ijobiy aks aloqaga imkon berish, hattoki u to'g’ri yoki noto'g’ri, yohud yanglishgan hollarda ham. Bu motivlashtirish modeli rahbar bilan hodim o'rtasidagi munosabatni tahlil qilish va unga ustuvorlik berishga asoslanadi.
- Menejmentda motivatsiyaning tutgan o’rni
Motivlashtirishni quyidagi usullari qo'llaniladi:
-pulni rag’batlantirish va mukofotlash sifatida ishlatish;
-jazolash;
-raqobatni kuchaytirish;
-ish orqali motivlashtirish;
-yutuqni tan olish va taqdirlash;
-hodimlarni o'qitish va yuksaltirish;
-salbiy ta'sirni cheklash va me'yorlash;
-guruh mehnatini mukofotlash va rag’batlantirish;
-hodimlarni boshqarish ishlariga jalb etish va hk.
Do'stlaringiz bilan baham: |