Menejment va marketing


Menejerning liderdan farqi9



Download 330,95 Kb.
bet7/16
Sana25.01.2022
Hajmi330,95 Kb.
#409109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
KORXONA MENEJMENTIDA LIDERLIKNI AHAMIYATI

Menejerning liderdan farqi9

Menejer

Lider

Adminstrator

Innovator

Buyuradi

Qiziqtiradi

Boshqalarning maqsadlari bo’yicha ishlaydi

O’zining maqsadi bo’yicha ishlaydi

Reja-harakat asosi

Uzoqni ko’ra olish- harakat asosi

Tizimga suyaniladi

Odamlarga suyanadi

Nazorat qiladi

Ishonadi

Harakatni quvvatlaydi

Harakatga impuls beradi

Qaror qabul qiladi

Qarorni aniqlikka aylantiradi

Ishni to’g’ri bajaradi

To’gri ish bajaradi

Xurmat qilinadi

Chin dildan ardoqlanadi





Menejerlar tashkilot samaradorligini qo’llab turish uchun zarur bo’lgan resurslardan foydalanish va jalb etishni rejalashtirishni vaqti va barcha detallari bo’yicha o’z harakatlarini ishlab chiqishadi. Liderlar ham xuddi shunga yoki undan ko’prog’iga kelajakni oldindan ko’rish va unga erishish yo’llarini ishlab chiqish orqali erishishadi.

Menejerlar bo’ysunuvchilar bilan o’zaro harakatda tartib bo’lishini yoqlashadi. Ular o’zlarining munosabatlarini shunday ko’rishadiki, bunda bo’ysunuvchilar qarorlar qabul qilishda va amalga oshirilishida oldindan dasturlangan voqealar ishtirokchisi sifatida rol o’yn ashadi. Bunday holatning yuz berishiga sabab, menejerlar o’zlarini tashkilotning ma’lum qismi sifatida yoki alohida institut a’zolari sifatida ko’rishadi. Liderlar esa ularni tushunadigan, uzoqni ko’ra bilishlari va g’oyalarini anglay oladigan odamlarni t anlab olishadi.

Menejerlar maqsadga erishishni bo’ysunuvchilarning faoliyatini nazorat qilish, ularning biron bir rejadan bosh tortishlarini qayd etish orqali ta’minlashadi.

Liderlar o’zlarining bo’ysunuvchilar bilan munosabatlarini ishonch asosida,

ularni motivlashtirish va ruhlantirish orqali ko’rishadi. Ular ishonchni o’zaro guruhiy asosga qo’yishadi.

Menejerlar qarorlar qabul qilish sohasida o’zlarining profes sional qobiliyatlarini, bilimlarini ishga solishadi. Qarorlar tez- tez to’plangan tajribalar asosida qabul qilinadi.

Amaliyotda hamisha ham boshqaruv munosabatlarining ikki turiga rioya qilish kuzatilmaydi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ko’pchilik menejerlar liderlik sifatlariga ega bo’lishadi. Biroq amalda ta’kidlangan variantning aksi ham uchrab turadi. Yetakchilik qilish - ma’lum maqsadlarga yetish uchun birgalikda boshqaruv qarorlarini amalga oshirishda o’z ortidan jalb qilishga mo’ljallangan odamlar guruhiga ta’sir o’tkazuvchi jarayon. Menejment shunday fenomenki u sistemada avvaldan ko’rsatilib tayinlanadi. Liderlik fenomeni esa ushbu sistemada noformal tarzda vujudga keladi. Menejerning o’rni rasmiy shaklda tabloda ko’rsatilsa liderlik tabiiy ravishda shakllanadi.7

Menejer o’z lavozimiga yuqorida turgan shaxslar tomonidan tayinlanadi va ish jarayonida boshqaruv haq huquqlariga ega bo’ladi, motivlashtirishning negativ va pozitiv shakllarini ish jarayonida qo’llashga ruxsat etiladi. kerakli hukmdorlik vakolatlarini oladi va ularni qo’llash huquqiga ega. Yetakchilik qiluvchi esa nisbatan (xizmat vazifasi bo’yicha) yuqoriroq yoki pastroq darajaga teng jamoa a’zolari ichidan ko’tariladi.

Lider esa o’z tengdoshlari o’rtasida ajralib turadi. Aytishimiz mumkinki, lavozimning ahamiyati uncha ham katta o’rin tutmaydi u kollektiv(jamoa) tomonidan qo’llab quvvatlanadi, ishchilarga esa u noformal sanksiyalar belgilaydi ushbu sanksiyalar rasmiy xarakterga ega bo’lmaydi va hujjatlarda aks ettirilmaydi(ko’rsatilmaydi).

Menejer va lider o’rtasida nafaqat qarama qarshi balki umumiy xislatlar ham kam emas, bular:


  • lider va menejer ham korxona faoliyatida koordenativ xarakterga ega bo’lgan lavozimga, mavqega ega bo’lishadi. Ushbu xislatlar yuqorida aytilganidek, formal va noformal tarzda amalga oshiriladi;

  • ikkala fenomen ham sotsial boshqaruvni amalga oshiradi faqat biri rasmiy kanal orqali ikkinchisi psixologik yo’l bilan;

-menejer va lider boshqa ishchilar bilan ma’lum bir masofadan turib profesional tarzda amalga oshiriladi, birining haq huquqlari rasmiy (ofitsial) hujjatlarda ko’rsatilsa, ikkinchisi noformal tarzda amal qiladi.

Har bir tashkilotlar ikki xil shaklda bo’ladi: rasmiy (formal) va norasmiy (noformal). Ushbu ikki shakl singari ishchilar o’rtasidagi munosabatlar formal va noformal shaklda bo’ladi. Ularning xususiyatlari:

  1. birinchi ko’rinishdagi munosabatlar - mansabiy, funksional, ikkinchi ko’rinishdagi munosabatlar - psixologik, emotsional;

  2. rasmiy munosabatlar sistemasida rahbariyat alohida o’rinni egallaydi.

Yetakchilik qilish esa - norasmiy munosabatlar yaratgan mahorat. Vaholanki,

tashkilotda rahbarning roli va funksiyalari oldindan aniqlangan bo’ladi. Yetakchilik qiluvchining roli, uni rasman aniqlamasdan va ta’riflab bermasdan turib, favqulodda yuzaga keladi.

Yetakchilik qilish tuzilmasini besh asosiy element tashkil qiladi.


  1. Maqsadga yo’naltirilgan, ma’lum shaxsiy belgilarga, qobiliyat va imkoniyatlarga ega yetakchilik qiluvchi;

  2. Maqsadlarni amalga oshirish uchun o’zinig xususiyatlari va imkoniyatlariga ega izdoshlar;

  3. O’zaro munosabatdagi xodimlar yechishga harakat qilayotgan masalalar;

  4. O’zaro munosabat qilish jarayoni bo’ladigan sharoit;

  5. Shaxslararo munosabatlarning hamma dalolatlari bo’lib o’tadigan guruh.

Agar o’lchov sifatida yetakchilik qiluvchi rahbarning bajaradigan roli olinsa,

E.De Bone belgilaganidek, ularning shakli (turi) quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:

1.O’z ketidan ergashtiruvchilar. Bu eng ko’p uchrovchi tur. Bularga, mustaqil ravishda qarorlarni qabul qilishni xush ko’ruvchi shaxslar kiradi. Yetakchilik qilish - ulaming tabiiy sharoiti. Ular tug’ma yetakchilik qilish xususiyatlariga ega.


  1. Guruh tashkilotchilari. Ularning ajralib turuvchi belgisi o’zlarining izdoshlarining psixologiyasini bilishidir.

3.Ijro qiluvchilar. Yetakchilik qiluvchilarning eng ratsional turi. Ularni shijoatkor faoliyat, maqsadga intiluvchanlik, to’siqlarni yengib o’tish, jipslashgan jamoani tuzish qobiliyati ajratib turadi.

  1. Diplomatlar. Xodimlar bilan osonlikcha til topishib ketadi, o’z fikrini himoya qila oladi. O’zaro muloqotlarni ishlatadi va juz’iy masalalarni har bir shaxsga muvofiqlashtirib yechadi.

  2. G’oyalar generatori yangi masalalarga yo’naltirilganligi, ilg’or fikrlarni amalga oshirishga yordamlashishi, ichki sezgirlik, bilimlarni sintez qilish, o’zini tanqid qila bilishi bilan ajralib turadi.

  3. G’oyalar sotuvchisi. Ishbilarmonlar, o’zlarining hamda begonalarning his- tuyg’ularini nazorat qilish qobiliyatiga va kreativlikka egadirlar.

7.Sintezatorlar. Juda katta hajmdagi ma’lumotdan eng kerakligini ajrata biladilar, bu ularga noan’anaviy yo’llardan foydalanishga imkon beradi.

  1. Tushuntiruvchilar. Izdoshlarga eng murakkab sharoitlarni ham tushuntirib bera oladilar.

  2. Reaktorlar. Aktiv va tushungan holda boshqalarning g’oyalariga tanqidiy fikr bildiradilar, bu ularni o’zining izdoshlari qilishga imkon beradi.

  3. Kommunikatorlar. Yuqori darajada o’z ishini bilishi va boshqalarga quloq sola bilishligi bilan ajralib turadi.

  4. Tadqiqotchilar. Ma’lumotlarni qabul qilib olishlari va qayta ishlashlari, dalillarni taqqoslashlari va tahlil qilib, tajribalar o’tkazishlari mumkin.

12.Izquvarlar. Mustaqil, ya’ni avtonom ravishda harakat qilish qobiliyatiga egadirlar.

  1. Ma’lumotlarni saqlovchilar. Ma’lumotlarni yig’ishni, ularni qayerdan topish va foydalanishni biladilar.

  2. Tashkilotchilar. Ishlab chiqarishni amaliy tashkil qilishi va xodimlarni boshqarish qobiliyatiga ega rahbarlar.

Demak, liderlikning maqsadli yo’naltirilgan bo’lishi, odamlarni tanlagan yo’nalishida yuksak natijalarga erishishga safarbar qilishdan iborat.

Lider uchun ma’suldir. Ayniqsa, bozor sharoitida zamonaviy boshqaruvchi shunday shaxslar bo’lishi kerakki, ayniqsa yuqori intellektual salohiyat, jalb etuvchi tashqi ko’rinish, haqqoniylik, aniqlilik sotsial va iqtisodiy ko’nikmalar va eng asosiysi o’z xatti -harakatiga juda yuqori bo’lgan ishonch kabi ko’plab noyob xislat va shaxsiy xususiyatlarga asoslangan holda jamoa, shaxslar guruhini, ishchilarni maqsad sari intilishini taminlaydigan, g’oyaviy negizlar, bozorga xos samaradorlik, resurslarni, ishchanlik muhitini boshqaradigan, ma’lum bir yo’nalishda turli usullar bilan mahoratini mujassamlashtirgan boshqaruvchi shaxs sifatida namoyon bo’lishi lozim.



  1. Korxona menejmentida liderlik sifatlari va unga qo’yiladigan talablar

Tarixan yetakchilik sifatlari nazariyasi eng dastlabkisidir. Tadqiqotchilar, yetakchilar ma’lum sifatlar yig’indisiga ega deb hisoblaganlar, bu ularni oddiy odamlardan ajratib turgan. Shuning uchun yetakchilarning sifatlarini ajratib olishga Ralf Stogdill yetakchilik sifatlarini tabaqalashtirdi. Natijada, besh xususiyatni ajratib oldi:

  1. Aql yoki intellektual qobiliyat.

2.O’zining istisnoligini his qilishi.

3.O’ziga ishonch.

4.Faollik va shijoatkorlik.

5.Ishni bilishi.

Uoren Benins yetakchilikning to’rt guruhini aniqladi: diqqat- e’tiborni boshqarish, mohiyatni boshqarish, ishonchni boshqarish, o’zini boshqarish. U yetakchilarga tashkilotda xodimlarni o’zlarining ahamiyati, umumiy ishning bir qismi ekanliklarini sezish muhitini yaratish uchun o’zlarining hokimlik vakolatlarini baham ko’rishdir.

Liderlikni o’rganishda va tushuntirishda uning sifatlari boshlang’ich man ba hisoblanadi. Bu sohadagi tadqiqotchilar «buyuk odam»lami boshqalardan ajratib turadigan sifatlarni aniqlashga harakat qilishgan. Tadqiqotchilar liderlar barqaror, o’zgarmaydigan sifatlarga ega bo’lib, boshqalardan farq qilishiga ishonishgan. Shu yondashuvdan kelib chiqqan holda, olimlar liderning sifatlarini aniqlab o’rganishga harakat qilishgan. Bu yondashuvda lider bo’lib dunyoga kelinadi degan ishonchga suyaniladi. Ushbu yo’nalishda yuzlab tadqiqotlar o’tkazilgan bo’lib, Ralf Stokdill va Richard Mann (1948-1959 y.) ko’plab liderlik sifatlarini aniqlashib, ularni guruhlarga ajratishgan. Lekin bu sifatlar to’liq liderlikni anglatmaydi. Ko’pgina odamlar ana shu sifatlarga ega bo’la turib, ham ergashuvchi bo’lib qolishaveradi. Shunga qaramay liderlik sifatlarini tadqiq etish 80-yillargacha davom ettirilib, amerikalik Uorren Bennis tomonidan ancha qiziqarli natijalar aniqlangan. Amerikalik tadqiqotchi V. Bennis eng samarali 90 nafar yetakchi sifatlarini o’rganib, diqqatga molik xulosalar chiqardi. Uning fikricha, haqiqiy yetakchilarning quyidagi sifatlarini 4 guruhga jamlash mumkin:8



  1. Diqqat-e’tiborni boshqarish yoki faoliyati mohiyati, maqsadi va yo’nalishlari izdoshlar uchun jozibali bo’lishini ta’minlay olish qobiliyati.

  2. Muhimlikni boshqarish yoki belgilangan maqsad natijalari juda muhim ekanligi izdoshlar uchun tushunarli bo’lishi va ular tomonidan qabul qilinishini ta’minlay olish qobiliyati.

  3. Ishonchni boshqarish. O’z faoliyati izdoshlari tomonidan to’liq ishonchga sazovor bo’ladigan darajada muhimlik va izchillikka ega bo’lishini ta’minlay olish qobiliyati.

  4. O’z-o’zini boshqarish. O’zining kuchli va ojiz tomonlarini yaxshi bilish va buni o’z vaqtida tan olish qobiliyati.

Bennis liderlarga tashkilotda odamlar o’zlari qilayotgan ishlarining mohiyati va ahamiyatini tushunib yetishlari va o’zlarini shu jamoaning bir bo’lagi sifatida his etishlari uchun ular bilan hokimiyatni bo’lishishni taklif etadi. Shu yo’l bilan tashkil etilgan tashkiliy muxitda odamlarda ish sifati va ishga o’zini bag’ishlashlari uchun kuch paydo bo’ladi. Bu yo’nalishda keyingi o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yetakchilik sifatlarining quyidagi 4 ta guruhga: (jismoniy, ruhiy, aqliy yoki intellektual, shaxsiy ishchan ) ajratiladi.

1.Fiziologik (odamning bo’yi, vazni, jussasi, tashqi qiyofa,

harakatchanligi, shijoatkorligi, tashqi, mustahkam sihat-salomatlik, yuksak ishchanlik, faollik kabilar kiradi.

2.Inson xarakteri bilan uzviy bog’liq bo’lgan psixologik sifatlar. Amalda odamning fe’l-atvori orqali namoyon bo’ladi, ya’ni boshqalardan ustuvorlik, hukmronlikka moyillik, mustaqillik, jasurlik, bosiqlik, ijodkorlik, yaratuvchanlik, qat’iyat.



  1. Aqliy (intellektual) sifatlar- aqllilik, xotira, mantiq, dunyoqarash, originallik, fikrlash tezligi, ziyraklik, kontseptuallik. Liderlarda bu sifatlar ergashuvchilarga nisbatan yuqori. Bunga sabab, liderning muvaffaqiyati muammolarni yechishda va to’g’ri qarorlar qabul qilishdagi qobiliyatidir.

4.Shaxsiy ishbilarmonlik sifatlari- intizomlilik, tashabbuskorlik, mas’uliyat, tavakkalchilik, samimiylik, hushyorlik, e’tib orlilik, halollik. Shaxsiy ishchan sifatlar ko’proq darajada liderning o’z funksiyalarini bajarishdagi o’zlashtirgan ko’nikmalari va bilimlarini rivojlantirish bilan xarakterlanadi. Ularning muvaffaqiyatdagi ahamiyati tashkilotning ierarxiya darajasi bo’yicha ortib boradi. Biroq, ularning aniq o’lchami mavjud emas, bu sifatlar samarali liderlikni ta’minlovchi sifatida isbotlanmagan. Misol uchun, biror tijorat bankida liderga aylantirgan ishchanlik sifatlari, uni boshqa tashkilotda, sohada lider bo’lishiga hech kim kafolat berolmaydi. Bu o’lchov uchun murakkab hisoblanadi. Yetakchi o’zi funksiyalarini bajarishdagi ko’nikma va bilimlari bilan xarakterlanadi.

onadigan narsalarning mutlaq haqiqatligiga shaxsiy ishonchlari komil bo’ladi.





Download 330,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish