41
2.3. “Ipak yoʻli bank” ATIB menejer mehnati samaradorligining hozirgi
holati taxlil
Bank aktsiyadorlari umumiy yig‗ilishi tomonidan 2016 yilgacha bo‘lgan
davr uchun Bankning strategik rivojlanish Rejasi qabul qilinib, unga muvofiq,
«Ipak Yo‘li» AITB o‘zining ASOSIY MISSIYASINI belgiladi: o‘z mijozlariga
ularning biznesi talablariga javob beruvchi keng ko‗lamdagi
bank xizmatlarini
professional
taqdim
etish
orqali
respublikada
xususiy
tadbirkorlikni
mustahkamlashga ko‘maklashish.
Missiyaning amalga oshirilishi va Bank faoliyatining samaradorligini o‗sishi
biznes-jarayonlarni takomillashtirish, yangi sifatli texnologik bazani shakllantirish,
har bir xodimning o‗z faoliyati natijasiga bo‗lgan mas‘uliyatini oshirish hamda
yangi boshqaruv va rag‗batlantirish echimlarini amalga tatbiq qilishni talab qiladi.
O‗z missiyasini bajarish uchun Bank o‗zining STRATEGIK MAQSADI
sifatida risklarning maqbul darajasini saqlagan holda biznesning qiymatini
oshirish, shaffoflik, barqarorlik va ishonchlilikni ta‘minlashni belgilab oldi.
Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish
uchun quyidagi vazifalar
belgilangan:
Biznesni rivojlantirishning sifat ko‗rsatkichlarini oshirish – Bank faoliyatini
quyidagi vazifalarni bajarish uchun qayta yo‗naltirish:
mijozlarga xizmat ko‗rsatishda segmentga yo‗naltirilgan yondashuv;
ayni vaqtning o‗zida bir necha turdagi xizmatlar ko‗rsatishni kengaytirish;
biznes-jarayonlarni takomillashtirish;
risklarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish;
korporativ madaniyatni takomillashtirish.
Samaradorlikning
asosiy
moliyaviy
ko‗rsatkichlariga
erishish –
Samaradorlikning quyidagi asosiy moliyaviy ko‗rsatkichlarini davomiy o‗sishini
ta‘minlash va saqlab turish, o‗z navbatida bankning kelgusidagi rivojlanish
salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi:
kapitalning etarlilik darajasi – kamida 14 foiz;
Leveraj (o‗z mablag‗lari/jami aktivlar) – kamida 8 foiz;
42
xususiy kapitalning rentabellik koeffitsienti – kamida 20 foiz;
dividendlar darajasi –bir aktsiyaga kamida 20 foiz;
aktivlar o‗rtacha qiymatining rentabellik koeffitsienti – kamida 2 foiz;
sof foizli marja – kamida 8 foiz.
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish – xalqaro moliya
institutlari bilan hamkorlik qilish ustuvor strategik yo‗nalishlardan biri bo‗lib,
bankning
institutsional rivojlanishi, mijozlarga yuqori sifatli, aksariyat hollarda
eksklyuziv
mahsulotlarning
taklif
qilinishi,
biznes
yuritishning
yuqori
standartlarini hamda bankning ishchanlik obro‗sini shaffofligini saqlab turilishiga
ta‘sir ko‗rsatadi.
Bozordagi mavqeini yaxshilash – aktivlar hajmi bo‗yicha
bank sektorida
egallagan ulushini 3 foiz darajasida quyidagi ikki yo‗nalishni maqbul darajada
birlashtirish orqali saqlab turish:
1.
Ustuvor bank bozorlarida raqobatli pozitsiyalarni mustahkamlash – savdo
va loyihalarni moliyalashtirish, mikromoliyalashtirish,
chakana kreditlash, plastik
kartalar chiqarish va ularga xizmat ko‗rsatish segmentlarida.
2.
Respublikaning ustuvor mintaqalarida samarali ishtirokini ta‘minlash –
mintaqaviy tarmoqni kengaytirish strategiyasini amalga oshirishni davom ettirish.
Bankning Biznes-rejasi rahbariyat tomonidan aniqlanadigan qisqa muddatli
vazifalarni belgilaydi va Bankning 2018 yildagi tijoriy faolligini aniqlashtirish
maqsadida qabul qilinadi. Biznes-reja filiallar va tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining
rejalashtirilgan natijalarga erishish bo‘yicha javobgarligini belgilaydi.
Bank biznesini yuritishning xalqaro standartlari
va respublikada bank
xizmatlarini
takomillashtirishni
tartibga
solish
sohasidagi
qonunchilikka
kiritilayotgan o‘zgartirishlar talablari darajasida iqtisodiyotning turli sektorlaridagi
mijozlarga bank xizmatlari ko‘rsatishni avtomatlashtirish va takomillashtirish yo‘li
bilan Bank faoliyati samaradorligini maksimal ta‘minlash va oshirib borish
Bankning 2018 yildagi asosiy maqsadi qilib belgilangan.
2018 yilda Bankning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
43
Bankning yanada samarali rivojlanishini ta’minlash uchun kapital
darajasini oshirish;
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish;
Bank faoliyati samaradorligini oshirish;
Biznesni rivojlantirish va bank tuzilmasini optimallashtirish.
2018 yilda Bank yangi moliyalashtirish liniyalari va kapitalga investitsiyalar
jalb etish hamda o‘zaro foydali va uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish
bo‘yicha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni
kengaytirishni davom
ettiradi.
Hozirgi vaqtda Bank mijozlarning hisobvaraqlarini ochish va ularni yuritish,
ularning o‘tkazmalariga xizmat ko‘rsatish, nosavdo va mijozlarning tashqi
iqtisodiy faoliyatida xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq keng ko‘lamdagi
operatsiyalarni amalga oshirmoqda. Korporativ mijozlarga bank xizmatlarini
ko‘rsatish bozorida o‘z ishtirokini oshirishni rejalashtirilayotgan yilda Bank
o‘zining vazifalaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Qo‘yilgan maqsadga mijozlar bilan
uzoq yillik munosabatlarni va o‘zaro foydali hamkorlikni
shakllantirish asosida
erishish rejalashtirilmoqda.
Bank tomonidan biznesning barcha yo‘nalishlari samaradorligini, xizmatlar
sifatini oshirish, yangi turdagi mahsulotlar
va xizmatlarni joriy etish, Bank mobil
ilovasi orqali yuridik va jismoniy shaxslarga masofaviy xizmatlarni ko‘rsatishni
rivojlantirish bo‘yicha maqsadlar belgilab olingan. Bundan tashqari, Bankda
moddiy va texnik resurslar hamda imkoniyatlarning mavjudligi biznesning plastik
karta yo‘nalishini jadal sur‘atlarda rivojlantirishni rejalashtirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: