Qo'shimcha adabiyotlar:
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O'zbekiston” 2017
Sharifxo'jaev M, Abdullaev Yо. Menejment. Toshkent: “O'qituvchi” 2001
Yo'ldoshev N.Q., Qozoqov O.S. Menejment. Darslik. - T.: Fan, 2004
Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik. -T.: TDIU, 2011
Axborot manbaalari:
www.gov.uz – O'zbekiston Respublikasi hukumat portali.
www.lex.uz – O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
www.tradingeconomics.com – ekonomicheskie pokazateli.
9-mavzu. Marketing tizimida axborot ta'minoti va undan foydalanish
Reja:
9.1. Marketingda axborotlarning ahamiyati,
9.2. Marketing axborotlari turlari
9.3. Marketing axboroti manbalari
Tayanch tushunchalar:
Fan-texnika taraqqiyoti, iqtisodiyot, axborot, bozor, korxona, xaridor, biznes, optimal strategiya, raqobatbardosh, statistika, assotsiatsiya, savdo.
9.1. Marketingda axborotlarning ahamiyati.
Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlanishi, boshqarish tizimini mukamallashtirish axborotlarsiz amalga oshirib bo'lmaydi. Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, bo'linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o'rtasida va ushbu korxona bilan o'xshash korxonalar va tashkilotlar o'rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat.
Fan-texnika taraqqiyoti o'sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo.
Axborotlar yetishmasa, yoki ulardan to'la foydalanilmasa, boshqarishda xatoliklarga yo'l qo'yilishi mumkin. Chunki bunday holda rahbar ishlab chiqarishning ahvoli haqida to'la ma'lumotga ega bo'lmaydi. Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini yechish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to'liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o'z xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga oshira olmaydilar.
Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: “Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir”. Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va ob'ekti bo'lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |