Menejment va marketing fanidan o’quv-uslubiy majmua


Marketingni tashkil etish tizimining mohiyati



Download 1,04 Mb.
bet42/116
Sana02.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#730329
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   116
Bog'liq
Менеж маркетинг ЎУМ 20-21

Marketingni tashkil etish tizimining mohiyati.



Marketingni tashkil etish – marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy, moliyaviy, me’yoriy va boshqa resurslarning majmui bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga yo‘naltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdir. Bunda iqtisodiy, texnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi murakkab tizimdir. Uning murakkabligi doimiy rivojlanib, o‘zgarib borishida, juda ko‘p mayda muayyan bo‘laklar (elementlar) qismchalardan tuzilganligidandir. Marketingni tashkil etish tizimining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: maqsad prinsiplari, vazifalari (funksiyalari), tashkiliy tuzilishi, usullari, tashkil etishning texnika va texnologiyasi, kadrlar va boshqalar.
Marketingni tashkil etish maqsadi sistemaning to‘g‘ri va murakkablik darajasiga qarab o‘zgaradi. Uning tashkiliy tuzilish mezoni va maqsadi deganda, marketing tarkibiy tuzilishining dinamik barqarorligi, evolutsiya o‘zgarishlari va tashqi muhit bilan o‘zaro ta’siri tushuniladi. U avvalo marketingning oldiga qo‘ygan maqsadi bilan belgilanadi. Bu maqsad marketing faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarida belgilangan darajadagi foyda olishga yo‘naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir. Marketingni tashkil etish iqtisodiyotning boshqa sohalarini tashkil etishdan o‘z xususiyatlari bilan tubdan farq qiladi. Masalan, har bir korxona, transport tashkiloti, aloqa yoki jamoa xo‘jaliklarini tashkiliy tizimi faqat o‘z xo‘jalik faoliyatini yaxshilash, yuqori foyda olish, o‘z jamoa a’zolarining manfaatiga, ularning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan faoliyatdir. Marketing guruhlari, bo‘lim va boshqarmalarining maqsadi ham ular a’zo bo‘lgan jamoa nuqtayi nazaridan, ularning manfaatlari yo‘lidagi boshqarishdir. Lekin sof marketing korxona, firmalarining faoliyatini amalga oshirish uch xil manfaatlarni nazarda tutib amalga oshiriladigan faoliyatdir. Ular mustaqil, xo‘jalik hisobidagi korxona bo‘limi bo‘lganliklari tufayli avvalo, o‘z faoliyatini yuritish, xo‘jalik ko‘rsatmalarni yaxshilash yo‘lida bajariladigan ishlar majmui bo‘lib, uning natijasida yuqori foyda olishlari yoki o‘z faoliyatlarini yaxshi tashkil eta olmasalar, zarar ko‘rishlari mumkin. Ular iste’molchilarga xizmat qiladilar va ularning manfaatlarini ko‘zlab ish yuritmog‘i lozim. Iste’molchi talabi uning har bir xohishi, istagi marketing uchun qonun bo‘lmog‘i, bajarilmog‘i lozim. Aks holda u o‘z mijozidan ajralib qoladi. Buning uchun marketologlar iste’molchilar bilan doim aloqada bo‘lishi, ularning istaklarini doim o‘rganib borishlari va shunga monand o‘z faoliyatlarini tashkil qilmog‘i va lozim bo‘lganda o‘zlarining ish usuli va uslubiyatlarini o‘zgartirib bormoqlari lozim. Sof marketing korxonasi mahsulot yetkazib beruvchilarga, tovarlarni ishlab chiqaruvchilarga, sotuvchilarga xizmat qiladilar va demak ularning manfaatlarini ham ko‘zlab o‘zlarining ish faoliyatlarini tashkil etadilar. Buning uchun ular tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadilar, bozorlar sig‘imi, imkoniyatlarini tahlil qiladilar, talab va taklif muvozanati, baho, soliqlar tizimi kabi barcha bozor unsurlari haqida ma’lumot yig‘adilar, tovar ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda xaridor g‘amini yeydilar.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish