Liberal uslub. Liberal so`zi rahmdil, saxiy, oliyjanob yoki yumshoq degan
ma`noni anglatadi. Liberal uslubning xususiyati shundaki, rahbar o`zini rahbarlik
holatini namoyish etmaydi, aksincha, u bundan uyaladi va hodisalarning o`zi
taraqqiy topishiga sharoit yaratib berib ularga aralashmaydi. Qo`l ostidagilarga
hurmat bilan murojaat qiladi va «juda iltimos qilaman» degan so`zni tez-tez
ishlatadi. Qo`l ostidagilar fikrini sabr bilan tinglaydi, ular taklifidan foydali
fikrlarni izlaydi va ularni hayotga tadbiq qilishga harakat qiladi. O`zining sipoligi
yoki uyatchanligi uchun «Birinchi qatorlardan» qochadi, oshkoralikni yoqtirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |