Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal
etishga qaratilgan:
1. Kishilarning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, mijozlari,
harakatlari va hokazolarni hisobga olgan holda mehnat jamoalarini tashkil
toptirish.
Buning
natijasida
jamoani
rivojlantirish,
ishlab
chiqarish
samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shart-
sharoitlar yaratiladi.
2. Ijtimoiy yurish-turish me'yorlarini o’rnatish va rivojlantirshga yaxshi va
namunali an'analarni qo’llab-quvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish
hamda jamoa ongini o’stirishga yordam beradi.
3. Ijtimoiy rivojlantirishni va kishilarniig intilishini, tashabbusini rag’batlantirish,
umumiy ta'lim darajasini oshirish, madaniy, ma'naviy va ma'rifiy o’sish,
malaka oshirish, estetik ravnaq va mehnatga ijodiy munosabatni ta'minlaydi.
4. Kishilarning madaniy va ijtimoiy-maishiy ehgiyojlarini qondirish, chunonchi,
uy-joylar, bolalar bog’chalari, klublar, profilaktoriylar, sport inshootlari va
hokazolarni ko’rishga sharoit tug’diradi.
5. Mehnat jamoalarida talabchanlik, o’zaro yordam, intizomni buzuvchilarga
murosasizlikdan iborat sog’lom ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirish
va uni qo’llab-quvvatlashga sharoit tug’diradi.
6. Odamlarning o’z mehnatidan, tanlagan mutaxassisligi va kasbidan qoniqishlari
uchun, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shart-
sharoitlarini vujudga keltiradi.
Bu muammolarning yechimi boshqarishning yanada uyushqoq samarali
bo’lishini talab qiladi.
Amaliy boshqarishda ijtimoiy-ruhiy usullardan samarali foydalanish uchun
boshqarish ob'yektining holati to’g’risida keng axborotga ega bo’lish kerak.
Bunday axborot olish uchun jamoada bevosita sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish
lozim.
Ijtimoiy tadqiqotlar juda xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi,
chunonchi:
jamoa a'zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati;
145
boshqarish usullarining bir-biri bilan o’zaro munosabati;
jamoaning extiyojlari va qiziqishlari;
xodimlar shaxsiyati;
xodimlar qo’nimsizligi sabablari;
xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi;
jamoa a'zolarining ma'naviy va jismoniy ravnaqi;
ehtiyojlarning qondirilish darajasi va boshqalar to’g’risidagi axborotlar.
Bu axborotlar jamoalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va
xilma-xil ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish uchun muhim
vosita bo’lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy axborotlarni maxsus tadqiqotlar o’tkazish yo’li bilan olish mumkin.
Bulardan eng muhimlari quyidagilar:
1. Hujjatli usul – bunda zarur ma’lumotlar statistik to’plamlardan, boshlang’ich
hisobga olish hujjatlaridan olinadi.
2. Shaxsiy xarakterdagi hujjatlardan foydalanish usuli: turli masalalar
yuzasidan o’z qo’li bilan yozilgan: ariza, shikoyat, xatlar, tushuntirish xatlari,
tarjimai hol va boshqalar.
3. Ilmiy konferentsiyalar o’tkazish usuli: bunday konferentsiyalarni tayyorlash
va uni o’tkazishda, ayrim masalalar yuzasidan material to’plovchi, ayrim
tavsiyanomalar ishlab chiquvchi bir qancha xodimlar ishtirok etadi. Bunda
muammoni o’rganish uchun keng jamoatchilik jalb etiladi va jamoa fikridan
foydalaniladi.
4. Anketali usul – oldindan tayyorlangan dastur bo’yicha yozma ravishda
savollar beriladi va yozma javoblar olinadi.
5. Interv’yu olish usuli – bunda muammoni o’rganish uchun xodim bilan
bevosita suhbat o’tkaziladi. Rahbar yoki tadqiqotchi suhbat davomida
masalalarni aniqlashlari, chuqurlashtirishlari va shu yo’l bilan ishoncli va
mukammal ma’lumotlar olishlari mumkin.
6. Kuzatish usuli – jamoa faoliyatini shaxsan kuzatish, odamlar bilan uchrashish
va muloqotda bo’lib, ob’yektiv va batafsil axborot yig’ish, chuningdek har bir
jamoa rolini baholash imkonini beradi.
7. Ijtimoiy eksperiment o’tkazish usuli – bu usulda sun’iy ravishda ijtimoiy
vaziyatni vujudga keitirish yo’li bilan ijtimoiy hodisalar to’g’risidagi ilmiy
xulosalar va mavjud bilimlar tekshirib ko’riladi. Buning uchun maxsus guruh
uyushtirilib, shu guruh faoliyati umumlashtirilib va amaliy xulosalar
chiqariladi.
Qayd
qilingan
ijtimoiy
tadqiqotlarning
ijobiy
jihatlari
bilan
birga
kamchiliklari ham bor. Shuni hisobga olgan holda, u yoki bu usulni voqealikni real
aks ettirishi va ko’proq samara berishiga qarab tanlash lozim. Tajribalar esa bu
usullarni ma'lum darajada birga qo’shib qo’llanishi maqsadga muvofiq ekanligini
ko’rsatadi.
Ijtimoiy-ruhiy
usullar
“Boshqarish sotsiologiya”si va “Boshqarish
psixologiyasi”ga asoslanadi.
146
Do'stlaringiz bilan baham: |