Mehnatga ishbay haq to`lash ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish,
ko`rsatilgan xizmat) uchun to`lanadigan haqni anglatadi.
Korxonalarda ko`pincha faqat ishbay emas, balki ishbay-mukofotli haq
to`lashdan foydalaniladi. Mehnatga ishbay-mukofotli haq to`lashda ishchi
bajargan ishiga haq olishdan tashqari, mukofotga ham ega bo`ladi. Mukofot asosan
ma`lum bir ko`rsatkichlarga erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish,
mahsulot sifatini oshirish, xomashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun
113
beriladi. Mehnatga vaqtbay haq to`lash tarif tizimida ko`zda tutiluvchi ishlab
berilgan vaqt - kalendar’ vaqt emas, balki me`yoriy vaqt uchun to`lanadigan haqni
anglatadi.