106
Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish, uxlash, dam olib o`z kuchini tiklash,
o`zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya`ni
kiyim-kechak, oziq-ovqat, turarjoy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. Insonning
moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish,
madaniy saviyasini oshirish, malaka, mahoratga ega bo`lish va sog’lom hayot
kechirib, uzoq umr ko`rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega
bo`lmagan har xil xizmatlar ko`rsatish orqali qondiriladi. Umuman: ehtiyoj
odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo`zg’atuvchi motivdir.
Ehtiyoj tushunchasi mohiyatini ochish uchun mayl tushunchasini keltirish
zarur. Inson juda ko`p narsalarga ega bo`lishga moyil bo`ladi. Boshqacha qilib,
maylni xoxish, istak kabi ifodalash mumkin. Shunday qilib, ehtiyojlar, bu –
insonga ayni damda fiziologik va psixologik jihatdan nimaningdir yetmasligidir.
Mazmunli motivatsiya nazariyasi umuminsoniy ehtiyojlarni turkumlashga harakat
qildi, ammo shuni aytish kerakki, barcha ehtiyojlarni aniq turkumlash mumkin
emas. Hozirgi kunda ko`pgina psixologlar ikki xil ehtiyojlar turkumi mavjudligini
tan olishgan. Bular birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar. Birlamchi ehtiyojlar o`z
tabiatiga ko`ra fiziologik va tug’ma bo`ladi, ikkilamchi ehtiyojlar tabiatiga ko`ra
psixologik bo`ladi. Birlamchi ehtiyojlar genetik o`tuvchan bo`ladi, ikkilamchi
ehtiyojlar yillar davomida vujudga keladi. ehtiyojni kuzatish va o`lchashning
imkoniyati yo`q. Uning mavjudligini faqatgina inson hatti-harakatidan aniqlash
mumkin. Psixologlar, insonni kuzatib shuni aniqladilarki, ehtiyojlar hatti-harakatga
motiv bo`lib xizmat qiladi. Inson biron bir narsaga ehtiyoj sezsa, u ehtiyojni
qondirishga intiladi.
Intilish – biror bir narsa kamchilik sezganda yo`nalishni
aniqlash. Bu ehtiyoj sezganda hatti-harakatdir va maqsadga erishishga yo`naltiradi.
Bu erda maqsad deganda, shu ehtiyojni qondirishda asosiy dastak hisoblanadi.
Inson bu maqsadga erishsa, ehtiyoj qondiriladi, qisman qondiriladi yoki aksincha
qondirilmasligi ham mumkin.
Ehtiyojni qondirish darajasi inson kelajagidagi hatti-harakatini belgilaydi.
Qaysi hatti-harakat inson ehtiyojini qondirsa, u hatti-harakatni takrorlaydi, agar
qaysi hatti-harakat inson ehtiyojini qondirmasa, u bu hatti-harakatni takrorlamaydi.
Menejerlar shunday sharoitni yaratishlari kerakki, bunda xodim tashkilot
maqsadlari sari intilish natijasida o`z ehtiyojini ham qondira olsin.
Hozirgi kunda odamzodning turli xil aniq ehtiyojlari mavjud. Rahbar doimo
ehtimollik elementini hisobga olishi kerak, chunki motivatsiyada aniq bir yaxshi
usul yo`q. Biror bir kishiga bir motivatsiya usuli ta`sir qilsa, boshqasiga umuman
ta`sir qilmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: