"menejment va iqtisodiyot"



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

TASHKILOT 
Iqtisodiy 
omillar 
Raqobat 
omillari 
Ijtimoiy 
omillar 
Siyosiy 
omillar 
Bozor 
omillari 
Texnologik 
omillar 
Xalqaro 
olmillar 
11.3-chizma.  Tashqi  muhit  omillari. 
 


203 
 
harakatlarini  kuzatishga,  ularni  nazorat qilish  imkonini  beradi.  
Ijtimoiy  omillar  o`z  tarkibiga  o`zgarib  turuvchi  ijtimoiy  qadriyatlar,  udumlar, 
munosabatlar  va  fe`l-atvorlarni  qamrab  oladi.  Iqtisodiy  beqarorlik  sharoitida  ayni 
ijtimoiy  sohada  korxona  faoliyatiga  salbiy  ta`sir  qiluvchi  xavflar  tug’iladi.  Ularni 
bartaraf etish uchun samarali  tahlil  zarur. 
Xalqaro  omillar  tashqi  savdo  monopoliyasiga  barham  berilgan  sharoitda 
korxona  uchun  o`ta  ahamiyatlidir.  Bu  erda  xavf  va  imkoniyatlar  xom  ashyoni 
osongina  olish,  valyuta  kursining  o`zgarishi  hamda  investitsion  ob’yektlar  yoki 
bozorlar  rolida  qatnashayotgan  mamlakatlarning  siyosiy  qarorlari  natijasida  paydo 
bo`lishi  mumkin. 
Tashqi muhit  omillarini  hisobga olish:   
  chet eldagi  raqobatdoshlarga qarshi hukumat  himoyasini  aniqlash;   
  ichki  bozorni mustahkamlash;   
  xalqaro munosabatlarni  faollashtirish  va kengaytirish  imkonini  beradi. 
Menejerlar  tashqi  muhit  ta`sirini  doimo  hisobga  olishlar,  o`z  korxonalari 
faoliyatiga  oid  har  qanday  qarorni  katta  hajmdagi  axborotni  o`rganish,  tahlil  qilish 
asosida qabul qilishlari  kerak.   
Tashkilot  ichki  kuchli  va  kuchsiz tomonlarini baholash. Tashqi muhitni tahlil 
qilish  o`z  vaqtida  xavf  va  imkoniyatlarni  aniqlash  imkonini  beradi  hamda 
kutilmagan  holatlarda  rejalar  tuzishni  talab  etadi.  Tashkilotning  kuchli  va  kuchsiz 
tomonlarini  tahlil  qilish,  korxonaning  imkoniyatlaridan  foydalanishda  qanday  ichki 
kuchga  ega  ekanligini  va  xavflarni  bartaraf  eta  olmaydigan  kuchsiz  tomonlarini 
aniqlash  uchun  zarur  ichki  muammolarni  aniqlashning  asosiy  uslublaridan  biri 
boshqaruv tadqiqotlari hisoblanadi.   
Boshqaruv  tadqiqoti  –  bu  tashkilotning  funktsional  zonalarini  uslubiy 
baholash  bo`lib,  tashkilotning  strategik  kuchli  va  kuchsiz  tomonlarini  yuzaga 
chiqarishga  mo`ljallangan. 
Ushbu tadqiqotga 5 ta funktsiya kiritiladi:   
  marketing;   
  moliya;   
  ishlab chiqarish;   
  inson resurslari;   
  firma  madaniyati  va siymosi. 
Marketing – korxonaning bozor holatini asosli o`rganish va oldindan baholash 
asosida  tovarlarni  ishlab  chiqarish  va  sotishni  tashkil  etish  orqali  foyda  olishga 
qaratilgan  faoliyatidir.   
Marketing  funktsiyalarini  tekshirish  jarayonida  uning  quyidagi  yettita 
unsurini  tahlil  qilish  tavsiya  qilinadi:   
  Korxonaning  bozordagi salmog’i va raqobatbardoshligi. 
  Buyumlarning  assortimenti  va sifati. 
   Bozor sharoitidagi  demografik  holat. 
  Bozorni tadqiq qilish va ishlanmalar  holati. 
  Mijozlarga  ko`rsatiladigan  xizmatningsotishdan  oldin  va  sotishdan  keyingi 
darajasi. 


204 
 
  Tovarlar harakati,  reklama  va sotish samaradorligi. 
  Korxona foydasi. 
Strategik  rejalashtirishning  marketing  sohasidagi  parametrlari  ko`p  jihatdan 
qayd  qilingan  unsurlarning  kuchli  va  kuchsiz  tomonlarini  to`g’ri  aniqlanishiga 
bog’liq. 
Korxonaning  moliyaviy  holatini  tahlil  qilish,  undagi  kuchli  va  kuchsiz 
tomonlarni  aniqlash  strategik  rejalashtirish  samaradorligini  yanada  oshirishi 
mumkin.  Ishlab  chiqarishning  kuchli  va  kuchsiz  tomonlarini  tahlil  qilish 
korxonaning  bozor  sharoitiga  tezroq  moslashishiga,  raqobat  kurashlariga  doimo 
tayyor bo`lishiga  zamin  tayyorlaydi.   
Inson  resurslariga  oid  muammolarni  tahlil  qilish  nafaqat  strategik 
rejalashtirish  jarayoni  uchun,  balki  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  inson  omili 
o`ynaydigan  muhim  rolni  aniqlash  uchun  ham  zarurdir.  Agar  tashkilot  malakali 
xodimlar  va  aniq  maqsad  sari  intiladigan  rahbarlarga  ega  bo`lsa, unda tashkilot har 
qanday muqobil strategiyalar  sari borishga qodir bo`ladi. 
Firma  holatining  noan`anaviy  omillari  firmaning  uzoq  muddatli  istiqbolda 
muvaffaqiyatli  faoliyat  ko`rsatishi  uchun  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  omillarga 
madaniyat  va  korxona  nufuzi(imidj)  kiradi.  Tashkilotdagi  atmosfera  va  undagi 
ijtimoiy  muhit  korporatsiya madaniyati  deyiladi.   
Madaniyat 
tashkilotdagi 
urf-odatlarni, 
munosabatlarni 
va 
axloqni 
xarakterlaydi.  Firma  imidji  bu  firma  tomonidan  xodimlar,  mijozlar  va  jamoatchilik 
fikri  orqali yaratiladigan  taassurotlari.
 
Strategiyani  tanlash  –  bu  strategik  rejalashtirishning  markaziy  masalasi 
hisoblanib,  u  bir  necha  bosqichlardan  iborat  bo`ladi:    muqobil  strategiyalarni 
aniqlash;  aniqlangan  muqobil  strategiyani  qiyomiga  yetkazish;  qiyomiga 
yetkazilgan  strategiyaga  baho  berish.    Amaliyotda  bu  bosqichlarni  bir-biridan 
ajratish  qiyin.  Zero,  ular  yaxlit  tahlil  jarayonining  turli  darajasidagi  tadbirlardir. 
Faqat turli  bosqichlarda turli  usullar  qo`llaniladi.    
Birinchi  bosqichda  korxona  oldiga  qo`yilgan  maqsadni  amalga  oshirishni 
ta`minlovchi  strategiya  belgilab  olinadi.  Bunda  eng  muhimi  shu  maqsadga 
erishishning  turli  varianlari  ishlab  chiqiladi.  Bu  ishga  korxonadagi  barcha  bo`g’in 
boshqaruvchilarini  jalb  qilish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunday  yondashuvni  tanlash 
imkoniyatini  yaratadi.   
Ikkinchi  bosqichda  –  tanlangan  strategiyalar  qayta  ishlanadi  va  korxonaning 
rivojlanish  maqsadiga  monand  keluvchi  ko`p  qirrali  umumiy  strategiya 
shakllantiriladi.    
Uchinchi  bosqichda  –  tanlab  olingan  umumiy  strategiya  doirasidagi  muqobil 
(variant)lar  tahlil  qilinadi  va  uning  bosh  maqsadni  yechishdagi  yaroqlilik  darajasi 
baholanadi.  Aynan  shu  bosqichda  umumiy  strategiya  aniq  va  yangi  mazmun  bilan 
to`ldiriladi.   
Strategik  rejalashtirish  tashkilot  maqsadlarini  tanlash  va  ularga  erishish  uchun 
nima  qilish  zarurligi  xususida  qarorlarni  o`z  ichiga  oladi.  Strategik  rejalashtirish 
barcha  boshqaruv  qarorlari  uchun  asos  bo`ladi.  Ammo  har  qanday  rejani  amalga 
qo`llamaslik  balandparvoz  so`zlar  bo`lib  qolaveradi.  Amalga  oshirish  strategik 


205 
 
rejani  harakatga  keltiradi.  Rejalarni  tuzishdagi  eng  asosiy  hal  qiluvchi  bosqich 
missiyani  tanlash  va  maqsadlarni  oydinlashtirish  bo`lib  hisoblanadi.  Bularga 
erishish  uslublari  esa  mehnat  jamoasida  erkin  hatti-harakatlarni  keltirib  chiqarishi 
mumkin.  Korxona  rahbarlari  strategik  rejani  amalga  oshirish  uchun  rejalar, 
dasturlar  va  loyihalarni  ishlab  chiqishlari,  uni  asoslashlari,  byudjet  masalalarini  hal 
qilishlari,  xullas  strategiyaning  ijrosini  boshqarishlari  lozim  bo`ladi.  Bu 
tadbirlarning  asosiy  vazifasi  kelajakdagi  qarorlarga  tayangan  holda  va  qo`yilgan 
maqsadlarga  samarali  erishish  uchun  muqobillarni  amalga  oshishini  boshqarish 
kerak. Bundan asosiy maqsad barcha hatti-harakatlarning  bir-biriga  bog’liqligidir.   
Rasmiy  rejalashtirishning  asosiy  tashkil  etuvchilari  bu  taktika,  siyosat, 
protsedura va qoidalardir (11.4-chizma). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Taktika. Bu qisqa muddatli reja  va strategiyalar.   
Taktik rejalarning  asosiy tasnifi: 
  taktika  strategiyani  rivojlantirish  uchun ishlab chiqiladi; 
  strategiya  qariyb  barcha  hollarda  yuqori  boshqaruv  pog’onalari  tomonidan 
ishlab  chiqilsa,  taktika  esa  ko`proq  o`rta  pog’ona  rahbarlari  tomonidan    ishlab 
chiqiladi; 
  taktika  strategiyaga  nisbatan qisqa muddatga mo`ljallangan; 
  strategiyaning  natijalari  bir  necha  yil  davomida  to`la  namoyon  bo`lmagan 
paytda  taktika  natijalari  juda  tez  yuzaga  chiqadi  va  aniq  holatlar  bilan  oson 
solishtiriladi. 
Siyosat.  Rahbariyat  uzoq  muddatli  va  taktik  rejalarni  ishlab  chiqqanidan 
keyin,  bu  rejalar  yo`nalishni  o`zgartirmaslik  maqsadida  qo`shimcha  tadbirlar  ishlab 
chiqadi.  Strategiyani  amalga  oshirish  jarayonidagi  bu  bosqich,  siyosatni  ishlab 
chiqish 
bosqichi 
deb 
yuritiladi. 
Siyosat 
bu 
maqsadlarga 
erishishni 
osonlashtiradigan  qaror  kabul  qilish  hamda  hatti-harakatlar  uchun  umumiy 
qo`llanma  bo`lib  hisoblanadi.  Siyosat  yuqori  rahbariyat tomonidan uzoq muddatga 
mo`ljallab  ishlab  chiqiladi.  Masalan,  yangi  mahsulotni  ishlab  chiqarish  uchun 
Strategik  rejani  amalga 
oshirish 
Taktika 
  Siyosat 
Protsedura 
Qoida 
 
  Vaziyat 
aniqlashib 
boradi 
Hatti-harakat 
miqyosi 
torayib 
boradi 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish