189
usullari bir-biriga yordam beradi va bir birini to’ldiradi. Bunda reklama vositalari
va usullarining imkoniyatlari va yo’nalishlarini hisobga olish lozim.
Reklamani amalga oshirishda turli vositalar va usullardan foydalaniladi. Ular
ichida to’g’ridan-to’g’ri, bevosita reklama qilish vositalari alohida o’rin egallaydi.
Bu reklamani reklama agentlari tomonidan bo’lajak va doimiy xaridorlar bilan
uchrashib adabiyotlar, varaqalar, xatlar va boshqa har xil reklama materiallarini
tarqatish bilan amalga oshiriladi. Ular aloqa qilish muassasalari (pochta, telefon,
telegraf) orqali ham yunaltirilishi mumkin. Matbuot reklamasi gazeta, jurnal,
spravochniklar, firmalarning byulletenlari orqali amalga oshiriladi. Bosma usulida
qilinadigan reklama prospektlar, kataloglar, bukletlar, plakatlar, otkritka, kalendar
va boshqa usuldagi mahsulotlar yordamida qilinadigan reklamalardir. Ekran
reklamasi televidenie, kino, poliekran, slayd-proyektsiyalar orqali amalga
oshiriladi. Reklama qilishda radio, telefon, telegraf, fakslar ham muhim rol
o’ynaydi.
Sirtqi reklama maxsus yirik va kichik gabaritli plakatlarni elektrlashtirilgan
panolar, EHMda programmalashtirilgan panolardan foydalanib, harakat qiluvchi
yozuvlar orqali, reklama ko’rgazmalarida tovarlarning o’zini namoyish etish yo’li
bilan amalga oshiriladi.
Transport vositalariga har xil plakatlar, e`lonlar, yozuvlar yopishtirish,
ularning devorlarini bo’yash, yozish, rasmlar, grafiklar, sxemalar chizish orqali
reklama qilish. Tovarlarni sotish joyida reklama o’z ichiga magazin vitrinalariga
ularni qo’yish, savdo zallariga ko’rgazmalar, tovar belgilari, planshetlar osish yo’li
bilan qilinadi.
Esdaliklar, har xil hadyalar berish orqali tovar va xizmatlarni reklama qilish
keyingi yillarda ayniqsa, tez rivojlanib bormoqda. Bunday hadya va esdaliklar
qimmat bo’lmasada, kishilar uchun kundalik ehtiyojlariga zarur buyumlar
bo’lmog’i lozim. Masalan, talaba, o’qituvchi, ilmiy xodimlar uchun ruchka, qalam,
daftar, kitob, kichik komp'yuter, papka va hokazolar, ayollarga ro’zg’or
xaltachalari, har xil bijuteriyalar va boshqalarni berish maqsadga muvofiqdir.
Bularning biron-bir ko’rinarli yerida tovar belgisi, firmaning nomi albatta
ko’rsatilgan bo’ladi.
Reklama qilish va vaqtini tanlash ayniqsa muhim bo’lib, bu ish kishilarning
kayfiyatini, holatini e`tiborga olmog’i lozim. Masalan, kunduz kuni yoshlarning
o’qish va ish paytida ularga yaxshi modali kiyim bosh yoki kino fil'mni reklama
qilish, reklamaning ta`sirini kamaytiradi. Reklamani amalga oshirishda uning
miqdori, chastotasi, televidenie, radio, yoki matbuotda e`lon qilish qaytarilish
grafigi ishlab chiqiladi. Buning uchun reklamani ta`sirchanligi, uni qachon,
qancha, necha marta, qay yo’sinda berilishi aniqlanadi. Xabarnoma va e`lon
o’zining ahamiyatiga qarab uni tarqatish tartibi (ketma-ketligi) belgilanadi.
Reklamalar barchaga tushunarli bo’lishi, qiymat jihatdan esa nihoyatda baland
bo’lmagani ma`qul, aks holda reklama beruvchilarni cho’chitib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: