"menejment va iqtisodiyot"


Sanoat uchun mo`ljallangan tovarlar bozori



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

Sanoat uchun mo`ljallangan tovarlar bozori - boshqa tovar ishlab chiqarish 
va  xizmat  ko`rsatish sohasida boshqarish va boshqa iste`molchilarga sotilgan tovar 
va xizmatlar  sotib oluvchi shaxlar  va tashkilotlar  yig’indisidir.   
Tovarlar  nomenklaturasi  va  pul  aylanmasi  hajmi  jihatidan    sanoat  uchun 
mo`ljallangan  tovarlar  bozori keng iste`mol  tovarlari  bozoridan ustun bo`ladi.  
Avtomobil  ishlab  chiqarish  va  sotish  uchun  metall,  oyna,  rezina  sotuvchilar 
o`z  mahsulotlarini  mashinasozlarga  sotishlari  lozim,  mashinasozlar  esa  tayyor 
mahsulotni  iste`molchilarga  sotadilar. 
Sanoatga  mo`ljallangan  tovarlar  bozori  keng  iste`mol  mollari  bozoridan  farq 
qiluvchi  o`ziga xos xususiyatlarga  ega: 
1.  Sanoat  uchun  mo`ljallangan  tovarlar  sotuvchisi  nisbatan  ancha  kam  xaridorga 
ega bo`ladi. 
2.  Hatto  ishlab  chiqaruvchilar  ko`p  bo`lgan  tarmoqlarda  ham  xaridning  katta 
qismi bir nechta yirik  ist`molchi  hissasiga to`g’ri keladi. 
3.  Xaridorlar  hududiy  jihatdan  va  neft’  sonoati,  rezina,  po`lat  quyish  sanoati  kabi 
tarmoqlar bo`yicha to`plangan. 
4.  Sanoat  uchun  mo`ljallangan  tovarlarga  bo`lgan  talab  keng  iste`mol  mollariga 
bo`lgan  talab  bilan  o`lchanadi.  Masalan,  hayvonlar  terisi    poafzal  ishlab 
chiqarish uchun sotib olinadi. 
5.  Sanoat  uchun  mo`ljallangan  tovarlarga  talab  keng  iste`mol  tovarlari  va 
xizmatlar  uchun  talabga  nisbatan  tezroq  o`zgaradi.  Bu  ayniqsa  yangi  ishlab 
chiqarish  uskunalarida  yaxshi  namoyon  bo`ladi.  Ba`zan  iste`mol  tovarlariga 
bo`lgan  talab  1%  ortishi  sanoat  uchun  mo`ljallangan  tovarlarga  talabning  2% 
ortishiga  olib keladi. 
6.  Sanoat  uchun  mo`ljallangan  tovarlar  kam  xarajat  qilib  xarid  qilishni  doimo 
o`rganuvchi  malakali  agentlar  tomonidan  xarid  qilinadi.  Keng  iste`molchi  xarid 
qilish  soxasida  uncha  malakaga  ega  emas.  Sanoat  uchun  qilinadigan  xarid 
qanchalik murakkab bo`lsa, u xaqda qaror qabul qilish jarayonida shuncha ko`p 
kishi  ishtirok  etadi.  eng  muhim  tovarlarni  sotib  olishda  odatda  maxsus  xarid 
komissiyalari  shug’ullanib,  ular  tarkibiga  texnikaviy  ekspertlar  va  rahbariyat  
vakillari  kiradi. 


186 
 
Sanoat  uchun  mo`ljallangan  tovar  sotib  olish  jarayonida  xaridor  bir  qancha 
qaror  qabul  qilishi  kerak  bo`ladi.
  Qarorlar  miqdori  xarid  qilinayotgan  vaziyatga 
bog’liq bo`ladi.  
Xarid qilinish  jarayonida  uch xil  vaziyat  vujudga  kelishi  mumkin: 
1.  
O`zgarishlarsiz  qayta  xarid  qilish–bu  xaridor  biror  narsaga  o`zgarishsiz 
buyurtma beradigan  vaziyatdir. 
2.  
O`zgarishli  qayta  xarid  qilish  –  bu  vaziyatda  xaridor  qayta  buyurtma  berish 
davrida  tovar  texnikaviy  xususiyatlar,  narx,  savdoning  boshqa  shartlariga 
o`zgartirish  kiritgan,  yoki  qisman  ta`minotchilarni  o`zgartirgan  holda  yuz  beruvchi 
vaziyatdir.  Avvalgi  ta`minotchi  mijozni  saqlab  qolishga,  yangilari  esa  yangi  mijoz 
orttirishga  harakat  qiladilar. 
3.  
Birinchi  marta  tovar  yoki  xizmatlar  sotib  oluvchi  firma  yangi  masalalarni  hal 
etish  uchun  xarid  qilishi.  Masalan,  firma  birinchi  komp’yuter  tizimini 
o`rnatmoqchi  bo`lsin.  eng  kam  qaror  o`zgarishsiz  qayta  xarid  qiluvchi  xaridor 
hissasiga,  eng  ko`p  qaror  -  yangi  masalalarni  hal  etish  uchun  xarid  qiluvchi 
hissasiga  to`g’ri  keladi.  Birinchi  marta  xarid  qilishda  tovarning  texnikaviy 
texnikaviy  xususiyatlarini,  narxlar  chegarasi,  ta`minot  vaqti  va  sharti,  texnik 
xizmat  ko`rsatish  shartlari,  to`lov  shartlari,  buyurtma  hajmini  aniq,  maqbul 
ta`minotchilarni  tanlash  masalalarini  hal  etish kerak. 
Oraliq  tovarlar  bozori  boshqa iste`molchilarga qayta sotish yoki ijaraga b erish 
yo`li  bilan  foyda  ko`rish  maqsadida,  yoki o`z xususiy korxonasi beto`xtov ishlashi 
uchun  zarur  tovar  va  xizmatlar  sotib  olinadigan  bozordir.    Oraliq  tovarlar  bozori 
sotuvchilari  qayta  sotish  uchun  mo`ljallangan  qayta  sotish  uchun  mo`ljallangan 
juda  katta  hajmda  turli-tuman  tovarlar  bilan  ish  ko`radilar.  Bundan  tashqari,  oraliq 
tovar  sotuvchisi  qaysi  sotuvchidan,  qanday  narxda va shartlar bo`yicha sotib olish 
va  kimga,  qanday narxda qachon sotish masalasini hal  etish kerak. 
Korxona  butun  marketing  faoliyati  va  rejalashtirishni  amalga  oshiruvchi 
marketing  tizimini  yaratishi  kerak.  Agar  bu  kichik  korxona  bo`lsa,  marketing 
xizmatini  bir  kishi  bajarishi  kerak.  U  marketing  tadqiqotlarini  olib boradi, savdo va 
reklamani  tashkil  etadi  hamda  bir  vaqtning  o’zida  mijozlarga  xizmat  ko`rsatishni 
amalga  oshiradi.  Agar  korxona  katta  bo`lsa,  marketing  xizmati  bilan  marketing 
bo`limi  shug’ullanadi.   
Bo`limda  agentlar,  marketing  bo`yicha  tadqiqotchilar,  reklama  bo`yicha 
mutaxassislar,  mahsulot  ishlab  chiqarishni  boshqaruvchilar,  bozor  segmentlari 
bo`yicha boshqaruvchilar, mijozlarga  xizmat  ko`rsatuvchi xodimlar  ishlaydi. 
Marketing  xizmatini  tashkil  etishning  eng  keng  tarqalgan  turi  -  funktsional  tur 
bo`lib,  unda  marketing  bo`yicha  mutaxassislar  marketing  faoliyatining  turli 
vazifalarini  bajarishga  rahbarlik  qiladilar.  Ular  faoliyatini  tartibga  soluvchi 
marketing  bo`yicha  vitse-prezident  (direktor  o`rinbosari)ga  bo`ysunadilar(18.2-
chizma).
   
Chizmada  marketing  xizmati  bo`yicha  beshta  mutaxassis  ko`rsatilgan. 
Bulardan 
tashqari 
mijozlarga 
xizmat 
ko`rsatish 
xizmati 
boshqaruvchisi, 
marketingni  rejalashtirish  bo`limi  va  tovar  xarajati  xizmati  boshqaruvchisi  bo`lishi 
mumkin.   

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish