Mahsulotli (divizional) tuzilma. Tashkilot miqyosining kengayishi bilan
chiziqli-funktsional tuzilmada ko`pgina kamchiliklar vujudga keladi va eng
asosiysi mehnat natijasi va foydaning bir qismini tasarruf etish huquqi orasidagi
aloqa yo`qoladi. Bu esa ishchilarni samarali motivlashtirishga to`sqinlik qiladi. Bu
muammolarni bartaraf etish uchun mahsulotli printsipga asoslangan tashkiliy
tuzilmani tuzish kerak (7.7-chizma).
Ko’pgina funktsional bo`limlar firma darajasida markazlashgan va barcha
ishlab chiqarish bo`limlariga xizmat qiladi. Bundan tashqari ishlab chiqarish
tuzilmasida yangi mahsulotni ishlab chiqarish, sotish, buxgalteriya bo`limlari bor,
ular faqat o`z mahsuloti uchun ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |