MENEJMENT
MENEJMENT (ing. managment — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. M. ning holati i. ch. samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining maz-muni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshkaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini urganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror Kabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiyhuquqiy, kibernetika va b. fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan chambarchas bogʻliqsir. Oʻzbekistonda Menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari 14—15-a. lardan Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda «Temur tuzuklari» asarida davlat, qoʻshin va b. ni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida Menejment 19-a. ga kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fay-ol ishlab chikdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qoʻriqlash, hisobkitob, maʼmuriy)ga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning obyekti korxona faoliyati, uning subyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Menejment bilan maxsus tay-yorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonunqoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar shugʻullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. Menejmentning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), oʻrta (i. ch., sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, boʻlim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriklari bajarilishini boshqarish) boʻgʻinlari bor. Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, oʻrta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga boʻlinadi.
Ayrim tadqiqotlar Menejmentni kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb hisoblaydilar. Mukammal Menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga tarafdorlik; odsiy tuzilma va kamsonli xodimlar; isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; tadbirkorlikni ragʻbatlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi eʼtibor; hammadan koʻra yaxshiroq tanish boʻlgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qoʻllash.
Firmalarning Menejment tizimi umumiy Menejment, funksional Menejment, moliyaviy Menejment, marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, i. ch. M. i., ilmiytexnika ishlarini boshqarish va b. ni oʻz ichiga oladi.
Menejment nazariyasi va amaliyoti evolyutsiyasi turli xil qarashlarda oʻz ifodasini topdi. Mac, 20-a. ning 50—60 y. larida asosiy eʼtibor boshqarishning tashkiliy tuzilishiga qaratilgan boʻlsa, 60— 70-y. larda strategik rejalashtirishdan strategik boshqarishga oʻtish davri boʻldi.
20-a. ning oʻrtalariga kelib M. Oʻzbekistonda tez surʼatlar bilan rivojlandi. 1966-y. da OʻzR FA Kibernetika in-tining tashkil qilinishi, akademik V. K. Qobulov boshchiligida olib borilgan nazariy, uslubiy, amaliy i. t. ishlari respublikada Menejment fanining rivojlanishiga asos boʻldi.
20-a. oxiri — 21-a. boshlarida M. Oʻzbekistonda maxsus fan sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻqitila boshladi, Menejmentga doir tadqiqotlar yoʻlga qoʻyildi, darsliklar yozildi.
Menejment bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchiga yo’naltirilgan, uning ehtiyojlarini qondirish orqali tashkilotning foyda olishi va samarasiga bevosita ta’sir etadigan iqtisodiy tizimni boshqarishni nazarda tutadi. Shuning uchun menejment biznes, tadbirkorlik, raqobat kabi tushunchalar bilan bog’langan. Menejment – bu bozor iqtisodiyoti sharoitida aniq korxona va tashkilotlarni boshqarishdir. Boshqarish ko’proq keng ma’noda qo’llaniladi. Masalan, davlatni boshqarish, mehnatni boshqarish, siyosatni boshqarish, turli inson faoliyatini boshqarish va h.k.
Bazi mutaxassislar boshqaruv nazariyasiga tanqidiy yondashib, uni shakl va usullarning zamonaviy tashkilotlariga tadbiq etib bo’lmaydi deb ta’kidlashadi. Bu noto’g’ri albatta.
Rejali iqtisodiyot davrida shakllangan boshqaruv nazariyasi va amaliyoti, davlat mulkchiligi davriga mos tamoyil va usullarga ega edi. Lekin uning ko’p jihatlari bozor iqtisodiyoti davriga ham mos keladi va uni tegishli korxona, firma, muassasaga uning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda qo’llanilishi kerak.
Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.
Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan xolda bu fan quyidagilarni o‘rganadi:
boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
boshqarish ob’ekti va sub’ekti;
boshqarish tamoyillari va usullari;
boshqarish madaniyati;
menejer va uning fazilatlari;
menejer reytingi;
boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
boshqarish funksiyalari;
xodimlarni boshqarish;
ishlab chiqarishni boshqarish;
samaradorlikni boshqarish;
o‘z-o‘zini boshqarish;
hududiy boshqarish va xokazolar.
Ko‘rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti orasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘qitish talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish uyg‘otish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug‘dirishdan iborat. Chunki Hozir boshqarish asoslarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o‘rta, katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, soqial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar bo‘lib etishadilar.
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish xam ularning zimmasiga tushadi.
Menejment ob’ekti xaqida so‘z yuritganda, eng avvalo, ob’ekt so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Shu ma’noda ob’ekt - bu:
bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan xolda mavjud bo’lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;
kishi faoliyati, diqqat - e’tibori qaratilgan xodisa, predmet, shaxs;
xo‘jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va shu kabilar.
Demak, ob’ekt tushunchasi mikro voqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo‘lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. Masalan, “Xaydovchi o‘z mashinasini boshqara ololmaganligi sababli u yo‘ldan chiqib ketgan”. Bu erda boshqaruv ob’ekti bo‘lib mashina hisoblanadi.
Yoki, “U kishi o‘zini juda yaxshi boshqara oladi”. Bu erda boqaruv ob’ekti bo‘lib kishi, shaxs hisoblanadi. Futbol komandasi yoki shaxar transporti harakatini boshqarish. Tuman, viloyat, mamlakatni boshqarish va x.k. menejmentning yoki boshqarishning ob’ektlaridir.
Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub’ekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar - bashqaruvchilar bo‘lib hisoblanadi.
Shunday qilib xar qanday xodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi sub’ekt tizimlaridan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |