Ko’pincha guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo’lib o’rganiladi. Rasmiy guruhdagi munosabatlar rasmiy normalar, huquq, burchlar tizimi bilan belgilanadi. Norasmiy guruhda munosabatlar ichki, bevosita psixologik muloqotda shakllanadi. Masalan: ishchilarning tanaffus paytidagi muloqot guruhi.
Har hil guruhlar inson hayotida bir necha funktsiyalarni bajaradilar;
1. Ijtimoiylashtiruvchi funktsiya.
2. Instrumental - ya`ni aniq mehnat funktsiyalarni amalga oshirishga imkon beruvchi muhit;
3. Ekspressiv – odamlarning, o’zgalarning tan olishlari, hurmatiga sazovor bo’lish, ishonch qozonishni ta`minlash;
4 Qo’llab-quvvatlash - qiyin paytlarda odamlarning birlashtirish funktsiyasi Rossiya psixologi R.S.Nemov kichik ijtimoiy guruhlarning qo’yidagi klassifikatsiyasini taklif etadi.
Guruhlar odamlarning soniga qarab katta va kichik guruhlarga bo’linadi. Kichik guruhdagi odamlar soni 2-3 kishidan iborat bo’ladi. G.M.Andreeva kichik guruh chegarasini 12-15 kishi deb hisoblasa, amerikalik olim Moreno bu chegarani 30-40 kishi deb tan olgan. V.Karimovaning fikricha kichik guruhning chegarasi qancha bo’lmasin, u o’zaro bevosita muloqot imkoniyatini berishi va har bir a`zo bir-biriga ta`sir ko’rsata olishi kerak. Har bir kichik guruh o’ziga xos psixologik tizimga ega. Uni tashkil etuvchi elementlar nisbatan barqaraor bo’lib, ular guruh a`zolari xulq-atvorini, xatti-harakatlarini muvofiqlashtirib turadi. Har bir guruhda maqsad mavjud: Maqsad-odamlarga jamoa mehnati atrofida uyushtiradi va birlashtiruvchi psixologik element hisoblanadi. Masalan: talabalar uchun maqsad o’qish, o’z komil shaxsini rivojlantirish, raqobatbardosh mutaxassis bo’lib etishish.
Rahbar guruhlar bilan birga ishlar ekan, u guruhning avtonomligi darajasini ham bilmog’i zarur. Bunda har bir guruh a`zosi umumiy maqsad asosida birlashgan bo’lsa ham, ularning har birining o’z burchi va vaziyatlari bor. Bu nuqtai nazardan har bir odam o’z imkoniyatlarini o’zicha ishga solib, o’zaro munosabatlarga sabab bo’ladi. Guruh va jamoaning psixologik tizimiga ta`sir etuvchi omillariga odamlarning jinsiy, yoshi jihatdan, ma`lumoti, yo’nalishi va malakasi jihatidan farq qiluvchi va uyg’unlikda tashkil etuvchi omillar ham kiradi.
Guruhning uyushganligi ham dinamik ko’rsatkichlardan bo’lib, shu nuqtai nazardan har bir guruhga bir-biridan farq etadi. Masalan: odamlar hamkorlikda bajarayotgan ishni qiziqarli va hamma uchun manfatli ekanligi, guruh normalari ishning a`zolar tomonidan umuman olganda qabul qilinishi, qadriyatlar tizimini tasavvur qilishdagi fikrlar mosligi uyushqoqlikning mezonidir.
Guruh tizimi yana uning katta-kichikligiga bog’liq. 5-10 kishidan iborat guruhdagi munosabatlar yaxshiroq uyg’unroq va faoliyati samaraliroq hisoblanadi. Bu guruhlarda norasmiy muloqot uchun kerakli ma`qul sharoit mavjud bo’ladi. Bunda “Guruhbozlik” degan illat bo’lmaydi. Guruhning hajmi ortib borgan sari ularda rasmiyatchilik, yuzaki munosabatlar kutiladi va bu odamlar orasidagi insoniy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarda o’z aksini topadi. Guruh hayoti va undagi a`zolarning o’zlarini yaxshi his qilishlari ko’p jihatdan ularning hamkorligida ishlay olishlari va bir-birlariga ijobiy munosabatda bo’la olishlariga bog’liq. Sotsial psixologiyada bu xususiyatni jamoadagi o’zaro moslik deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |