8.3. M ehnat unum dorligi
Mehnat unumdorligiga
- psixologik omil, xodimlar va rahbar,
shuningdek, xodimlar o'rtasidagi o'zaro m unosabatlar ham katta
ta’sir ko'rsatadi. U la m ing kayfiyati, mehnat faolligi, mehnat nati-
jalari bu omilga bog'liq bo'ladi.
Boshqaruvning samaradorligi asosan rahbar o'z vazifasini qan-
chalik m uvaffaqiyatli bajarishi bilan bog'liq bo'ladi. Hozirgi davr
menejeri m ehnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va
texnikaviy yechimlari, usullarini qo'llashi, ishlab chiqarish imkoniyat-
larini iqtisodiy ravishda kengaytirishi lozim. Menejer ham tashkilotchi,
ham tarbiyachi, ham izlanuvchi, m a’muriyatchi sifatlariga ega bo'lishi
kerak.
Menejerlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning murakkabli-
gi va javobgarlikning ortishi, bajariladigan ishlar turli-tumanligi
ulardan vaqtni unum li taqsimlanishni talab qiladi. O 'z faoliyatini
rejalashtirishni bilmaydigan, faqat joriy masalalar bilan shug'ulla-
nuvchi menejerlar faqat boshqaruv jarayonida vujudga keluvchi u
yoki bu vaziyat natijalarini tahlil qilishgagina ulgurib, kelajakda qili-
nishi lozim bo'lgan ishlarni hal etish uchun vaqt topolmay qoladilar.
Menejer faoliyati maqsadini belgilashda, aw alo, undan yuqori-
roq menejment tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqish lozim,
aks holda, butun tizim faoliyatiga to'g'ri kelmaydigan (yoki qarama-
qarshi) ish ko'rish m um kin.
Rahbar ishi sur’atining tezligi, uning m ehnat faoliyati to'laqonli
dam olish bilan, shuningdek, ish kuni davom ida m ehnat turlari
almashinishini talab etadi, chunki faqat shunday qilinganda mehnat
yuqori samarali bo'lishi, ish qobiliyati to'liq tiklanishi m um kin.
Menejer mehnatida maqbul ish s u r d ’atini, u amalga oshiruvchi
harakatlarning doimiy tartibini o'rnatish juda muhimdir.
Menejer ish vaqtining katta qismi hujjatlar bilan ishlashga sarfla-
nadi. O linuvchi axborot (xat, farmoyish, hujjat va h.k.lar) hajmi
juda katta. Bunday holda axborotni «filtrdan» o‘tkazish juda m u h im
dir. Rahbarga faqat u hal qilishi m um kin bo'lgan axborot berilishi
lozim. Bu bosqichda rahbarga axborotni ijrochilar o'rtasida taqsim-
lcvchi kotib yoki yordamchi (referent) katta ko ‘mak beradi. U malakali
xodim bo‘lishi, m enejm entning barcha bo'linm alari va tashkilotlari
faoliyati xususiyatini bilishi lozim.
R ahbar va unga bo'ysunuvchi boshqaruv apparati o'rtasida
m ajburiyatlarni m aqbul taqsim lash rahbarga ish vaqtini samarali
sarflashga im kon beradi. Ijrochilarga m avjud qonunchilik doirasi-
da iloji boricha ko'proq hujjatga imzo chekishi uchun imkon berish
kerak. Bu rahbar vaqtini tejash, ijrochilar tashabbuskorligi va javob-
garligini oshirish im konini beradi.
M enejerlar faoliyatida turli-tuman yig'ilish va m ajlislar m uhim
o‘rin egallab, ularga ish vaqtining 77 foizi sarf bo'ladi. Shu sababli,
m ajlislarni to ‘g ‘ri tashkil etish uchun quyidagilarga alohida e’tibor
berish lozim:
- majlisda ko'riladigan masala faqat jam oa tom onidan hal etila-
digan m uam m odan iborat bo'lishi kerak. Bu m uam m o bitta majlis
davomida hal etilishi lozim;
- majlis qatnashchilari m uhokam a etilayotgan m uam m o bo'yicha
yetarli tajriba va bilim ga ega bo'lishlari kerak;
- majlisda ko'riladigan masalalar m avzusi qatnashchilarga ular
tayyorgarlik ko'rish vaqtiga ega bo'lishlari uchun avvaldan e'lon
qilinishi lozim;
- yig'ilish o'tkaziladigan sana, vaqt va joy avvaldan ko'rsatilishi
lozim , chunki uning qatnashchilari o'z ish vaqtlarini rejalashtirish-
lari kerak. Y ig'ilish rahbari avvaldan yig'ilish maqsadi va o'tkazilish
shaklini belgilashi lozim. Yig'ilish o'tkazilish tartibi, erkin, ishchan
m uhokam a uchun sharoit yaratish ham m uhim dir.
R ahbarning ko'plab m ajburiyatlari ichida tashrif qiluvchilarni
qabul qilish va suhbat o'tkazishni alohida ajratib ko'rsatish lozim.
Q o'l ostida ishlovchilar tashabbusi bilan qabul qilish uchun alohida
vaqt ajratish m uhim dir, chunki «ochiq eshiklar siyosati» tashqari-
dan demokratik xususiyatga ega bo‘lsa-da, ish vaqtini noto'g'ri sarflash-
ga olib keladi. Suhbat davomida rahbar savollar berish yo'li bilan
xodimlardan ularning niyatini aniq bilib olishi, o'z iltimos yoki taklif-
larini asoslab berishiga intilishi kerak. Agar suhbat rahbar tashab-
busi bilan amalga oshadigan bo‘lsa, xodim suhbat vaqti va maqsa
di haqida m a’lum otga ega bo'lishi kerak. Bu xodimga masala maz-
muni bo'yicha tayyorgarlik ko'rish, psixologik tanglikka duch kel-
m aslik uchun im kon yaratadi. Suhbat davomida o'zaro ishonch
m uhitini yaratish uning muvaffaqiyatli bo'lishiga im koniyat beradi.
Bunda rahbar suhbat maqsadi va xodimning o'ziga xos xususiyat-
larini hisobga olishi kerak. Suhbat oxirida rahbar, albatta, m uhokam a
etilgan masala bo'yicha erishilgan natija va uni keyinroq hal etish
yo'llarini qayd qilib qo'yishi kerak.
Rahbar mehnati sam aradorligining m uhim om illaridan biri -
qabul qilingan qarorlaming bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish-
dir. Nazorat rahbam ing doimiy vazifasi bo'lib, uning ish rejasida
hisobga olinishi lozim hamda materiallar bilan tanishuv, shaxsan
m a’lum ot berish uchun qabul qilish, inspeksiya qilish yo'li bilan
amalga oshiriladi. Nazorat qilishning qulay shakli - topshiriqlarni
maxsus m uddatli kartochkalar va perfokartalar vositasida hisobga
olishdir.
Rahbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi
uchun sharoit yaratishi lozim, chunki butun m enejm ent tizim i va
natijada butun ishlab chiqarish samaradorligi shu narsaga bog'liqdir.
Xulosa
M enejer mehnati tovar ishlab chiqaruvchilar m ehnatining ajral-
mas qismi hisoblanadi.
M enejer m ehnati predmeti sifatida ishlab chiqarish jarayoni
elem entlari, bosh q aruv m unosabatlari, axborot, turli hujjatlar,
boshqaruv qarorlari olinadi.
Zam onaviy menejerga yuksak iqtisodiy tafakkur, kasb maho-
rati, uzoqni ko'ra bilish, sotsiologiya va ruxshunoslikka oid bilim
lozim.
Menejer kasb mahorati, m a ’naviyatini oshirishda korxona doimo
g'am xo'rlik qilishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |