Menejment nazariyasi


Rasm iy  va  norasm iy  g uruhlar



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

Rasm iy  va  norasm iy  g uruhlar. 
Shouning  fikriga  ko'ra, 
har  qanday  tashkilot  bir  necha  guruhlardan  tashkil  topadi.  Rahbariyat 
ishchi  kuchini  garizontal  (bo'limlar)  va  vertikal  (menejment  dara­
jasi)  bo'yicha  ajratganda  o'zining  xohishiga  ko'ra  guruhlar  tashkil 
etadi.  Harbiy  dengiz  floti  yoki  «Ekosan»  kompaniyasi  kabi  yirik 
tashkilotlarning  ko'p  sonli  bo'limlarining  har  birida  o'nlab  menej­
ment  saviyalari  bo'lishi  mumkin.  Korxonadagi  ishlab  chiqarish- 
ning yana  ham  kichik  bo'limchalari  (yig'ish,  bo'yash,  yasash)  bo'lishi 
mumkin.  Bularni,  o'z  navbatida,  yana  bo'Iish  mumkin.  Masalan,


mexanik  ishlov  berish  bilan  shug'ullanuvchi  ishlab  chiqarish  jamoasini 
uch  turli  o‘n,  o ‘n  olti  kishilik  jamoalarga  bo‘lish  mumkin.  Shu 
yo'sinda  yirik  tashkilot  yuzlab,  hattoki,  minglab  kichik  guruhlardan 
tashkil  topishi  mumkin.
Bu  guruhlar  rahbariyat  xohishi  asosida  tashkil  etilgan  ishlab 
chiqarish  rasmiy  guruhlari  deyiladi.  Ular  qanchalik  kichik  bo'lmasin 
bu  rasmiy  tashkilotlarning  asosiy  tashkilot  oldidagi  birinchi  vazifa- 
si  aniq  vazifa  bajarish  yoki  muayyan  tushuncha  va  maqsadga 
yetishishdir.  Tashkilotda  asosan  uch  turdagi  rasmiy  guruhlar 
mavjud:  rahbarlar  guruhi,  ishlab  chiqarish  guruhi  va  qo‘mitalar.
Rahbarlar  guruhi  rahbar  va  uning  bevosita  bo'ysunuvchilari 
(o‘rinbosarlardan)dan  tashkil  topadi.  Kompaniyaning  prezidenti  va 
katta  vitse  prezidentlar  oddiy  buyruq  beruvchi  guruhni  tashkil  eta­
di.  Chakana  savdo  do‘koni  rahbari  va  uning  turli  bo‘lim  mudirlari 
yoki  allaqanday  bo'lim  mudiri  va  uning  sotuvchilari  xuddi  shunday 
guruhni  tashkil  etadi.  Lekin  sotuvchilar  buyruq  beruvchi  guruhga 
kirmaydi,  chunki  ular  unga  bevosita  bo‘ysunmaydi.  Yana  misol 
qilib  avialaynerdagi  buyruq  beruvchi  guruh  deb  qo'mondonni,  ik- 
kinchi  uchuvchi  va  bosh  muhandisni  aytib  o'tish  mumkin.
Rasmiy  guruhlarning  ikkinchi  turi  bu  -  ishchi  (maqsadli)  gu­
ruhi.  U asosan  yakkayu  yagona masala  ustida  birga  ishlovchi  shaxs- 
lardan  tashkil  topadi.  Ularning  umumiy  rahbari  bo'lsa-da,  buyruq 
beruvchi  guruhdan  farqi  shunda-ki,  ular  rejalashtirish  va  mehnat 
qilishda ancha mustaqildir.  «Hyulett-Pakkard»,  «Shekli korporeyshn», 
«Motorola»,  «Teksas  Instruments»  va  «Jeneral  Motors»  ishchi 
(maqsadli)  guruhlari  tarkibiga  egadir.  «Teksas  Instruments»  kom- 
paniyasi  ishchilarining  uchdan  ikki  qismidan  ko‘prog‘i  (90  ming 
kishidan  ziyodroq)  maqsadli  guruh  a’zolari  hisoblanadi.  Kompa­
niyaning  umumiy  samaradorligini  oshirish  maqsadida  ular  o‘zining 
byudjetiga  15  %  li  qo'shimcha  haq  olishi  mumkin.  Shu  kompaniya­
ning  rahbariyati  maqsadli  guruh  rahbarlar  va  ishchilar  o'rtasidagi 
to'siqlarni  buzadi  deb  hisoblaydi.  Bundan  tashqari  ishchilarga  ishlab 
chiqarish  muammolari  haqida  o’ylash  va  ularni  yechish  imkoniyat- 
lari  berilishi  ishchilarning  ehtiyojlarini  yana  ham  yuqori  saviyada 
qondirishi  mumkin.  Uchinchi  tur  rasmiy  guruh  -  qo'mita  quyida 
ko'rib  o'tiladi.


Barcha  buyruq  beruvchi  va  ishchi  guruhlari  qo'mitalari  yakka 
butun jamoa  kabi  samarali  ishlashi kerak.  Keyinchalik biz jamoadagi 
alohida  shaxs  faoliyatiga  ta’sir  etuvchi  omillarini  ko'rib  o'tamiz. 
Afsuski,  bu  guruhlarning  rahbarlari  ba’zan  umumiy  maqsadga 
erishish  uchun  o 'zin ing   shaxsiy  hissasini  qo'shishni  o 'zin in g  
majburiyati  deb  qaramaydi.  Qish  mavsumida  ishchi  guruhlari  va 
um um iy  vazifalar  yomon  boshqarilishi  halokatga  (yoki  halokat 
chegarasiga)  olib  kelishi  masalasi  muhokamasida  quyidagilar  aytib 
o'tilgan:

avialaynerning uchuvchi  bo'linmasida o'tirganlar faoliyati yana 
ham  samarali  maqsadli  ahamiyat  kasb  etadi.  Shaxsiy  tarkib  bir 
maromda  ishlashi  shart.  Boshqacha  qilib  aytganda,  u  har  bir  a’zo 
faoliyatidan  ko'ra  yaxshiroq  faoliyat  yurgizishi  kerak.  Ayniqsa,  yirik 
aviayo'llarda  yaxshi  hamkorlikka  erishish  qiyin.  Chunki,  uchuvchi- 
lar  va  ikkinchi  darajali  uchuvchilarning  ko'pligi  sabali  unvonlaridan 
kelib  chiqib  uchishni  boshqarishga  harakat  qilinadi.  Shuning  uchun 
ular ko'pincha bir-birlari bilan hech qachon ko'rishmagan hamkasblari 
bilan  uchrashadi.  X uddi  shunday  vaziyat  o'zaro  o'ynam agan 
futbolchilardan terma jamoa shakillantirishda vujudga kelishi mumkin. 
O ’yinchilarni  futbol  o'yinida  yuqori  maxoratga  ega  bo'lishiga  qara- 
masdan,  ular  bir-birlarining  im koniyatlarini  bilm asligi  uchun 
qiyinchiliklarni  his  etishadi.
Endi  tashkilotdagi  har  bir  rasmiy  guruhni  samarali  boshqarish 
qanchalik  muhim  ahamiyat  kasb  etishini  isbotlashga  hojat  qolma- 
di.  Bu  o'zaro  aloqador  guruhlar  tashkilotni  tizim  sifatida  yanada 
mukammalroq  tashkil  qiladi.  Tashkilot  tarkibiy  bo'limlariga  bir- 
birining  faoliyatini  ta’minlab  turish  tarzida  vazifa  yuklatilganda- 
gina  o'zining  global  masalasini  samarali  bajarishi  mumkin.
Bundan  tashqari  guruh  alohida  shaxslarning xulq-atvoriga  ta’sir 
ko'rsatadi.  Shu  yo'sinda  guruh  va  uning  samaradorligiga  boshliq- 
ning tushunishi  darajasi  guruhni samarali  boshqarish  san’atini  belgi- 
lab  beradi  va  u  shu  bilan  tashkilotning  ishlab  chiqarish  hajmini 
oshiradi.
Rasmiy bo'lmagan  tashkilotlar rahbariyat xohishi  asosida tashkil 
etilmagan  bo'lsa-da,  ular  kuchli  kuch  bo'lib,  tashkilotdagi  asosiy 
bo'lim  va  rahbariyat  xatti-harakatlarini  yo'qqa  chiqarishi  mumkin.


Bundan  tashqari  norasmiy  ruguhlar  bir-biriga  o'tish  xususiyatiga 
ega.  Ba’zi  bir  rahbarlar  o'zlari  bir  yoki  bir  necha  shunday  noras­
miy  tashkilotlarga  aloqadorligini  ko‘pincha  anglamaydi.  Norasmiy 
guruhlarni  o'rganishni  boshlagan  Elton  Meyo  o'tkazilgan  tajribalar 
to'plamiga  asos  soldi.  Bu  tajribalar  kamchiliklarga  ega  bo‘lsa-da, 
rahbarlarning  Ford  ta’siridagi  tashkilotning  ishlab  chiqarish  jarayon- 
lari  o'zgarishi  omillarini  tushunishiga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Biz  oldin 
ko'rib  o'tgan  bo‘lsak-da,  norasmiy  tashkilotlar  tabiatni  chuqurroq 
o'rgaanishdan  aw al  bularga  yana  to'xtalib  o'tamiz.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish