Menejment nazariyasi


  Inson  xulqi  om illari  tizim i



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

13.3.  Inson  xulqi  om illari  tizim i
Kishilar  jam oasini  boshqarish  uchun  inson  xulqi  nim aga 
bog'liqligi,  o‘z  hayotida  nimaga  asosolanishini  bilish  zarurdir.  Kishi 
xulqi,  faoliyati,  harakatlari  anglangan,  biror  maqsadga  qaratilgan 
bo'ladi.  Biror harakatni rag'batlantiruvchi kuch - moddiy va manaviy 
ehtiyojlardir.  Lekin,  insonning  barcha  harakati  ham  o'z  ehtiyojini 
qondirishga  qaratilmagan.  M asalan,  inson  m a’lum  moddiy  va 
ma’naviy  boyliklarni  faqat  o'z  iste’moli  uchun  yaratmaydi.
Inson  ehtiyoji  bilan  uning  harakati,  xulqi  o'rtasida  qator  bevosi- 
ta  ifodalanuvchi  bo'g'inlar  mavjud.  Bular  manfaat,  xohish,  qiziqish- 
dir. M a ’lum sharoitlarda ular inson xulqini  rag'batlantiruvchi kuchga 
aylanadi.  Rag'bat  harakat  bo'yicha  qaror  qilishga  olib  kelsa,  qaror 
harakatga  olib  keladi.
Inson  xulqiga  ijtimoiy  muhit,  moddiy  ishlab  chiqarish  ehtiyojlari 
ham  ta’sir  ko'rsatadi.  Ishlab  chiqarish  iste’molchida  ehtiyojni  vu-


judga  keltiradi  va  bu  bilan  insonning  bu  ehtiyojlarni  qondirish  vosi- 
talarini  yaratishga  qaratilgan  mehnat  va  m a'naviy  faolligini 
rag'batlantiradi.  Inson  xulqini  belgilovchi  omillar  tizimini  quyidagicha 
tasavvur  qilish  mumkin:
-  ijtimoiy  va  tabiiy  muhit  (ishlab  chiqarish,  ijtimoiy  munosa- 
batlar,  tarbiya  tizimi,  madaniyat,  tabiiy  sharoit  va  h.k.);
-  ehtiyojlar  (moddiy  va  m a’naviy);
-  ehtiyojlarni  manfaat,  istak,  intilish,  maqsad  va  h.k.  shaklida 
anglash;
-  harakatga  rag‘batlantirish;
-  yo‘l-yo‘riq  (ichki  mobilizatsiya,  amaliy  harakat  qilishga  tayyor- 
garlik);
-  maqsadga  erishish  va  ehtiyojlarni  qondirishga  qaratilgan 
harakat.
Omillarning  bu  tizimida  ham  ehtiyojlar  shakllanishining  asosiy 
manbasi,  ham  ularni  qondirish  sharti  bo'lgan  ijtimoiy  muhit  muhim 
o'rin  egallaydi.  Bu  tizimning  barcha  bo'g'inlari  o'zaro  bog'liq  va 
bir-biriga  ta’sir  qiladi.  M uhitga  qaratilgan  harakat  uni  o'zgartiradi, 
lekin  bu  bilan  birga  shaxsning  o'zi,  uning  ehtiyoj  va  manfaatlari 
ham  o'zgaradi.  Inson  xulqining  bu  barcha  omillarini  hisobga  olish 
jamoa  ijtimoiy  rivojlanishini  samarali  boshqarish  garovidir.  Belgi­
langan  maqsadga  erishish  yo'lida  kishilarni  jipslashtirish  uchun 
ular  manfaat  va  ehtiyojlarini  ustalik  bilan  muvofiqlashtirish,  ongli- 
likni  shalkllantirish,  ular  faoliyatini  moddiy  va  manaviy  rag'bat- 
lantirish  zarur.  Kishilarda  sog'lam  va  ongli  ehtiyojlarni,  avvalo, 
mehnatga  bo'lgan,  tadbirkorlikka,  boshqa  kishilar  bilan  munosa- 
batda  bo'lish,  ishlab  chiqarishda  intizom  va  tartibni  mustahkam- 
lashga  ehtiyojni  tarbiyalash  zarur.
Jam o an i  boshqarish  jarayonida  har  bir  xodim  ehtiyojini 
qondirish  m e’yorini  uning  mehnat  faolligi,  sarf  qilgan  mehnati 
sifati  va  miqdori,  ijtim oiy  boylikka  qo'shayotgan  xissasi  bilan 
muvofiqlashtirish  lozim.  Ishchi  yoki  xizmatchining  mehnat  xis­
sasi  me’yori  va  mos  holda  ular  ehtiyojlarini  qondirish  m e’yori 
butun  korxona  jam oasi  m ehnat  xissasiga  bog'liqdir.  Demak, 
shaxsiy  moddiy  manfaatdorlik  jamoa  moddiy  manfaatdorligi  bi­
lan  uzviy  bog'liqdir.


Moddiy  rag'bat  -  mehnat  faoliyatini  rag'batlantiruvchi  muhim 
omil bo'lishi bilan birga u yagona kuch bo'lib ham qolmaydi.  Ishlovchi- 
lar  uchun  faqat  moddiy emas,  ma’naviy  rag'batlantirish  ham  muhim.
Davlat  boshqaruvi  tashkilotlari  korxona  bilan  munosabatlarni 
shakllantirishda  iqtisodiy vositalar - jamg'arma va ssudalar bo'yicha 
fondlar,  qimmatli  qog'ozlar  bo'yicha  daromadlar,  narxlar va  soliqlar, 
soliq  imtiyozlari  va  iqtisodiy  sanksiyalar,  maqsadli  dotatsiya  va 
sanksiyalar,  valyuta  kursi,  amortizatsiya  ajratmalari  me’yorlari  ijti­
moiy  va  ekologik  me’yorlar  kabilardan  foydalanadi.
«Korxonalar  to‘g ‘risida»gi  qonunda  korxona  shartnoma  maj- 
buriyatlariga  rioya  qilmaslik,  kredit-hisob,  soliq  intizomini  buzgan- 
lik,  mahsulot  sifatiga,  talabga  va  boshqa  korxona  xo'jalik  faoliyati­
ni  amalga  oshirish  qoidalariga  rioya  qilmaslik  hamda  javobgar 
bo'lishi  ta’kidlangan.  Bundan  tashqari  u  qonunga  muvofiq  mulkiy 
javobgarlikka  ham  ega.  Bitim  shartlariga  rioya  qilinmaganligi  sabab- 
li  jarima  to'langan  hollarda  korxona  iste’molchining  roziligisiz  mah­
sulot  yetkazib  berish,  xizmat  ko'rsatish  bo'yicha  majburiyatlardan 
ozod  qilinmaydi.
Korxona  yer  va  boshqa  tabiiy  resurslardan  noto‘g ‘ri  foydalan- 
ganlik  natijasida  keltirilgan  zarar,  atrof  muhitni  ifloslashtirish,  ish­
lab chiqarishda xavfsizlik  qoidalarining,  sanitariya-gigiena  me’yorlari 
va  talablari  buzilishi  natijasida  xodimiar  sog'lig'iga  keltirilgan  zarur 
uchun  qonunda  ko'rsatilgan  miqdorda  jarima  to'laydi.  Tabiatdan 
foydalanish  qoidalarini  buzuvchi  korxona  faoliyati  qonuniy  yo‘l  bi­
lan  shu  buzilish  hollari  bartaraf qilingunga  qadar  to‘xtatib  qo‘yilishi 
mumkin.  Xo'jalik  ichki  faoliyat  tartibini  belgilash  uchun  korxonada 
boshqarishning  m a ’muriy-farmoyish  usullari  ishlab  chiqilib, 
qo'llanishi  kerak.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish