Variant-5
Sub’ekt va ob’ekt, va ular orasidagi bog‘liqlik.
Boshqaruv funksiyalarining tarkibi.
Maqsadga qo‘yiladigan talablar.
1.Sub’ekt va ob’ekt, va ular orasidagi bog‘liqlik.Menejment ob'ekti haqida so'z yuritganda, eng avvalo, ob'ekt so'zining lug’aviy ma'nosiga e'tibor berish kerak bo'ladi. Shu ma'noda ob'ekt - bu:
- bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;
- kishi-faoliyati, diqqat-e'tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs;
- xo'jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo'lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va b.
Demak, ob'ekt tushunchasi mikro voqeilikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo'lgan ma'noni o'z ichiga oladi. Masalan, "haydovchi o'z mashinasini boshqara olmaganligi sababli u yo'ldan chiqib ketgan". Bu erda boshqaruv ob'ekti bo'lib mashina hisoblanadi.Yoki, "U kishi o'zini juda yaxshi boshqara oladi". Bu erda boshqaruv ob'ekti bo'lib kishi, shaxs hisoblanadi. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub'ekti, ya'ni boshqaruv organlari yoki menejerlar-boshqaruvchilar bo'lib hisoblanadi.
2. Boshqaruv funksiyalarining tarkibi.Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chikadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: loyihalash; konstruktorlik; rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi. Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni,mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish, mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash; asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun ishlab chiqarish vositalari, texnika, xom ashyo, energiya, transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur. Shundan keyin, kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish, mehnatni tashkil qilish, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi. Ko’rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’layapti. Zero, funksiyalar faoliyat turlarini, sub’ektning boshqarish obyektiga aniq, ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi. Aniq funksiyalar. Iqtisodiy funksiyalar. Qo’llanish va foydalanish miqyosiga qarab sotsial funksiyalar boshqarish faoliyati turlariga qarab ma’naviy-ma’rifiy funksiyalar. Tashkiliy funksiyalar boshqaruv funksiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o’zi ham bo’lishi mumkin emas. Funksiyalar tarkibini, ularning ko’lamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyhalash uchun muhim asos bo’lib hisoblanadi.Boshqarish funksiyalari — ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi. Boshqarish funksiyalarining tasnifi. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi.G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beradi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiklashtirish; nazorat; rag’batlantirish (motivlashtirish). Bu funksiyalar boshqaruvning barcha bo’g’inlarida va hamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |