1.Ijtimoiy-psixologik tadbirlar.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari — bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psiхologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo‘llash, korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur o‘rganish xodimlar asabga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi. Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi bo‘lgan mehnat omillarini o‘rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatni turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Ijtimoiy psixologiya guruh va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxs ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o‘rganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, anglash va his etish qobiliyatini o‘rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o‘qitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlarni tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining psixologik jihatlari) faoliyatini o‘rganadi. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan ijtimoiy mexanizmni (o‘zaro munosabat tizimi, ijtimoiy ehtiyojlar) qo‘llashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo‘li bilan kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik usullarga kichik guruh va jamoalarni tashkil etish, mehnat, malakali kadrlar tanlash va ularni o‘qitish va hokazolar kiradi.
2.Boshqaruv qarorlari. BoshQaruv Qarorlarini Qabul Qilish - tashkilotning ichki o’zgaruvchilari va tashkilot bilan tashQi muhit orasidagi o’zaro munosabatlarni muvofiQlashtirishda muhim boG’lovchi jarayondir. BoshQaruvda Qaror Qabul Qilish shaxsiy hayotdagiga Qaraganda ko’proQ tizimlashgan jarayondir.Rahbar faQat o’zi uchun emas, balki tashkilot uchun ham, boshQa xodimlar uchun ham harakat yo’nalishini tanlaydi.Tashkilotlarning boshQaruvini oliy saviyasi (poG’onasi)dagi menejerlar bahzida yuz million so’m bilan boG’liQ Qarorlar Qabul Qiladilar.Yanada muhimroG’i - boshQaruv Qarorlari ko’plab insonlarni hayotiga tahsir ko’rsatadi. BoshQarish Qarorlarini asosiy tarkibiy Qismlari Quyidagilar hisoblanadi:1. MaQsadlar2. Masalalar3. Masalalarni yechish usullari (texnologiya)4. Resurslarga nisbatan talablar5. Qarorning tahsir doirasi6. Qarorning bajarilish muddatlari7.Qarorni amalga oshirilish mexanizmlari (masalalar strukturasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |