1.Menejer mehnati. Menejerning mehnati, tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining ajralmas qismi bo’lib, menejmentning funksiyalari operativ bajarilishi to’g’ri tashkil qilinishiga bog’liq bo’ladi va ishlab chiqarish natijasiga ta’sir ko’rsatadi. Menejerning mehnati aqliy, ijodiy xarakterlarni o’zida mujassam etadi. Boshqaruv mehnati ishlab chiqarishga bevosita moddiy ta’sir ko’rsatmaydi, ammo ularning mehnati samarali bo’ladi. Boshqaruv mehnatining natijasi murakkab hisoblanadi. Boshqaruvchilik mehnatining o’ziga xos xususiyati uning aniq o’lchovini belgilash mumkin emasligidadir.Boshqaruvchilik mehnatining predmeti ishlab chiqarishning moddiy unsuri emas, balki axborot, har xil hujjatlar, boshqaruv yechimlari hisoblanadi. Menejer mehnatida axborotni qayta ishlash, ta’minlash va saqlash asosiy o’rinni egallaydi. Bitta buyum ishlab chiqaruvchining texnologik operatsiyasiga beshtagacha va undan ko’p operatsiyalar to’g’ri keladi. Menejer mehnati o’zini harakatlarida, operatsiyalarda, ya’ni insonlarni boshqaruv jarayonini bajarganda mujassamlashadi. U yopiq siklik formaga egadir. Boshqaruv jarayoni qo’yilgan maqsaddan boshlanib, vazifa va vazifaning yechilishi bilan yakunlanib, maqsadga erishish bilan tugaydi. Masala yechilgandan keyin, maqsadga erishishda, yana boshqa vazifa qo’yiladi, yangi maqsad va yana boshqaruv jarayoni boshlanadi.
2.Xujjatlashtirish madaniyati.
Boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish. Boshqaruv hujjatlarining tarkibi: tashkilotlarning vakolatlari va funksiyalari bilan; boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha boshqaruv harakatlari doirasi bilan; masalalarni (yakka boshchilik yoki kollegial holda) hal qilish tartibi bilan; ustavlar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tasdiqlangan bir yoki turli darajadagi boshqaruv tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning hajmi va xususiyati bilan belgilanadi.Tashkilotlar hujjatlari. Tabel tashkilot, uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlar (ustavlar) hamda lavozim yo‘riqnomalari asosida tuziladi. Hujjatlarning ijro etish muddatlari.Ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha hujjatlarning ijro etilishi nazorat qilinadi. Ijroni nazorat qilish hujjatni nazoratga qo‘yishni, tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalari bo‘yicha nazorat qilish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirishni, ijroning borishini dastlabki tekshiruvni va taxlilini, hujjatlar ijrosini nazorat qilish natijalarini hisobga olish va umumlashtirishni, rahbariyatni xabardor qilishni, o‘z vaqtida va sifatli ijroni ta’minlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan shaxsan javobgarlik choralarini ko‘rishni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |