unga aniq bozorlar uchun mo‘ljallangan mahsulot turlari guruhi kiradi. Masalan,
ikki strategik bo‘linmadan iborat bo‘lgan elektromexanika korxonasini olib
ko‘raylik. Biri kemasozlik uchun dizel motorlari, ikkinchisi sug‘orish ishlari uchun
kompressorlar ishlab chiqaradi. Har ikki struktura ham korxonaning umumiy
iqtisodiy siyosatida muhim o‘rin tutadi. Shu o‘rinda yana bir bor harbiy nazariyaga
e‘tibor beraylik. Harbiy dengiz floti turli kemalardan iborat. Bosh qo‘mondonlik
bo‘linma rahbarlari bilan kelishgan holda flotning vazifalari va harakat qilish
joyini aniqlaydi. Mo‘ljallangan hududda har bir kapitan o‘z kemasidagi holatga
javob beradi. Kema (bizning misolimizda bo‘linma) o‘zining ―jang qilish joyiga‖
ega bo‘ladi.
Yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan uch darajaga qaytamiz. Konsern darajasida har
yili umumiy strategiya tuziladi. Bu umumiy strategiya 4-5 yil oralig‘ini qamrab
oladi. Unda strategik tadqiqot natijalari hamda hozirgi ―strategik‖ holat tahlil
qilinadi. Reja korxonaning yaqin yillarda egallashi mumkin bo‘lgan holatni aks
ettiradi. Rejaning ma‘nosi quyidagicha bo‘lishi mumkin: ―Biz qanday biznesga
taalluqlimiz?‖. Konsernning umumiy rejasida quyidagi elementlar mavjud bo‘ladi:
Konsernning hususiy holati;
Faoliyat turlari;
Ko‘zda tutiladigan o‘sish va rentabellik.
Konsernning umumiy rejasi asosida 3-5 yilga mo‘ljallangan strategik rejalar
tuziladi. Bu strukturaviy birlikka mo‘ljallangan strategik rejani qayta ishlashdir.
Bunday reja maqsadlar va belgilangan vazifalarni o‘z ichiga oladi (foyda, aylanish,
bozor hissasi, mahsulotlarni yangilanishi va h.k.) ya‘ni:
Bozorda tutgan o‘rin tahlili va raqobat munosabatlari;
Turli muqobil strategiyalar va ularning moliyaviy oqibatlari;
Tanlangan strategiyani yaratish.
Strategik rejalashtirishning uchinchi darajasi funksional rejalashtirishdir. Har
bir aniq funksiya (sotish, sotib olish, mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishi)
olinadi va moddiy hamda mehnat resurslaridan optimal foydalanish maqsadida
strategik rejalar tuziladi.
Strategik
rejalashtirishning
muhim
bosqichlari
quyidagilardir:
Strategiyani shakllantirish;
Strategiyaga aniq shakl berish;
Baholash va nazorat.
Ushbu bosqichlarga qisqacha ma‘lumot beramiz. A bosqichi to‘rtta qadamdan
iborat:
1-qadam. Korxonaning iqtisodiy faoliyati maqsadlarini aniqlash.
Bu qadamda quyidagi savollarga javob topish kerak: bozor – mahsulot
munosabati qanday bo‘lishi kerak? Qanday hududiy bozorlarga chiqamiz?
Korxona funksiyalari qanday belgilanishi lozim? So‘nggi savolni aniqlashtirish
uchun quyidagi misolni ko‘ramiz: korxona o‘z mijozlariga mahsulotni
avtomashinada yetkazib beradi. Bunday korxona o‘zini transport korxonasi deb
hisoblaydi va asosiy funksiyasini aniqlaydi. Ammo asosiy funksiya keng na‘noda
ko‘rib chiqiladi, masalan, ta‘minot xizmatlarini ko‘rsatish. Agar korxona faqat
mahsulot tashish emas, balki boshqa xizmatlarni ham bajarsa, masalan, o‘rash,
qutilarga joylashtirish, hujjatlar bo‘yicha hisobga olish va h.k. xizmatlarni
ko‘rsatsa, ta‘minot xizmatlarini ko‘rsatuvchi hisoblanadi.
2-qadam. Tashqi muhitdagi omillar (tashqi tahlil).
Tashqi muhit deganda, korxona faoliyatiga ta‘sir etuvchi tashqi holat
majmuasi tushuniladi. Strategik qarorlarni qabul qilish uchun hamma omillar ham
muhim emas. Tarmoqning rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillar, ya‘ni hukumat
siyosati (subsidiyalar, atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha talablar, umumiy
Do'stlaringiz bilan baham: