iqtisodiy holat, konyunktura, jahon savdosi) va texnologiya sohasidagi yaratmalar
muhim o‘rin egallaydi. Ko‘p hollarda bu oxirgi omil hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga
katta ta‘sir ko‘rsatadi. Ikkinchi qadam tashqi muhitda korxona kutishi mumkin
bo‘lgan imkoniyatlar va xavflar to‘g‘risida tushuncha beradi.
3-qadam. O’z-o’zini tahlil qilish (ikkinchi tahlil).
Ikkinchi qadamda aniqlangan xavflardan saqlanish hamda mavjud
imkoniyatlardan foydalanish uchun korxona imkoniyatlarini bilish zarur, uning
kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish kerak. Bu yerda so‘z ikkinchi tahlil,
korxonadagi holatning tahlili to‘g‘risida bormoqda. Korxona ichidagi holat ham
tashqi omillar singari o‘zgarishlarga o‘xshashdir. Ba‘zi bir holatlar ta‘sirida ijobiy
omillar salbiyga, salbiylari esa ijobiyga aylanishi mumkin. Korxona kuchi va
quvvatini aniqlovchi ishlab chiqarish faoliyatining ko‘plab ko‘rinishlari mavjud.
Ichki tahlilda quyidagi asosiy funksiyalar hisobga olinadi:
Moliya (moliyaviy holat, xarajatlar tarkibi);
Mehnat resurslari (malakali bilim va qobiliyat, ishga munosabat,
qo‘nimsizlik);
Mahsulotni sotish va marketing (bozorni ko‘rib chiqish, sotish apparati);
Mahsulot ishlab chiqarish (samara, texnologiya);
1. Tadqiqotlar va yaratmalar (yangi mahsulot turlarini yaratish, yangiliklar
kiritish).
4-qadam. Strategiyani shakllantirish.
Barcha ishlar to‘g‘ri boshqarilsa, 1-qadamda aniq maqsad qo‘yiladi, 2-
qadamdan so‘ng tashkilotga tashqaridan qanday xavf va imkoniyatlar borligi aniq
bo‘ladi. Navbatdagi 3-qadamdan so‘ng tashkilotning kuchli va kuchsiz tomonlarini
bilamiz. Imkoniyatlar va xavf-xatarni kuchli yoki kuchsiz tomonlar bilan bog‘lash
kerak. Bunday munosabat asosida qo‘yilgan maqsadga erishishga yordam
beradigan strategiya yaratiladi.
Albatta, bu ishlarni aytish oson, ammo bajarish birmuncha murakkabdir.
B bosqich. Strategiyaga aniq shakl berish.
Strategiyaga aniq shakl berish, bu – korxona faoliyatiga mos keluvchi
dasturlar, rejalar va budjetlar ta‘sirida shakllantirilgan strategiyani nazarda tutamiz.
Bularga operativ menejment (bo‘lim menejerlari, biznes menejerlari va funksional
darajadagi menejerlari) javob beradi.
C bosqich. Baholash va nazorat.
Baholash va nazorat – faoliyat va uning natijalari avval rejalashtirilgani bilan
solishtiriladigan jarayondir. Baholash strategik rejalshtirishning so‘nggi bosqichi
bo‘lgani bois u avvalgi jarayon bilan qator aloqaga ega bo‘ladi. Barcha farq
qiluvchi ko‘rsatkichlar qayd qilinadi, ularning sabab va oqibatlari aniqlanadi. Zarur
hollarda strategiyaga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: