Tayanch iboralar Reja, rejalashtirish, rejalashtirishning zaruriyati, rejalarning turlari,
joriy reja, o’rta muddatli reja, istiqbolli reja, strategik reja; operativ reja,umumiy reja, xususiy rejalar, alohida rejalar.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Reja va rejalashtirish deganda nimani tushunasiz?
Rejalashtirish bosqichlarini ayting?
Rejalashtirish maqsadi nima?
Korxona faoliyatini rejalashtirish tamoyiliga nimalar kiradi?
Strategik rejalashtirishning maqsadi va tarkibini ayting?
Tezkor reja haqida gapirib bering?
Mahmuriy boshqaruv rejasiga nimalar kiradi?
Uzoq muddatli rejalashtirishga nimalar kiradi?
O’rta va qisqa muddatli rejalashtirish mohiyatini so’zlab bering?
Rejalashtirish va undan ko’zlangan maqsadni aytib bering?
7-Mavzu. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA BIZNES-REJA Reja 1.Biznes- rejaning mohiyati, mazmuni va tuzish zaruriyati.
2.Tadbirkorlikda biznes- reja va uning tarkibi.
3.Tadbirkorlikda biznes- rejani tuzish tartibi.
1.Biznes- rejaning mohiyati, mazmuni va tuzish zaruriyati. Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish biznes-reja ishlab chiqish ja-rayonidan iborat bo’ladi. Biznes- reja faoliyatning barcha turdagi rejalarini - strategik va operativ rejalar, umumiy, xususiy va alohida rejalar, qisqa, o’rta va uzoq muddatli rejalarni o’z ichiga oladigan rejalar majmuyidir. Bizne-reja tadbirkorlik sub’ektining o’sib borish istiqbollarini ta’minlash, bozordagi mavqeyini ko’tarish, yangi mahsulotni o’zlashtirish va ishlab chiqarish, yuksak natijalarga erishish yo’llarini aniqlash va tanlashga xizmat qiladi. U tadbirkorga quyidagi masalalardayordam beradi:
tadbirkorlik faoliyatining aniq yo’nalishi va turlari, maqsadli bozori va uerda o’rnini aniqlash;
qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini belgilash hamda ularni ro’yobga chiqarish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish;
mo’ljallangan maqsad va vazifalarni amalga oshiradigan xodimlar, ularning salohiyati va taqdirlash tartibini aniqlash;
ishlab chiqariladigan tovar (yaratiladigan xizmat) turlarini tanlash hamda taklif tarkibini belgilash;
ishlab chiqarish va sotish harajatlarini aniqlash;
talab va bozorni o’rganish, reklama va taqdimotlar o’tkazish, mahsulot sotishni tashkil qilish chora-tadbirlarini belgilash;
maqsadga erishish uchun kerakli moddiy-moliyaviy resurslarni
baholash;
uchrashi mumkin bo’lgan xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va ularga tayyor bo’lish;
o’z ishining borishini nazorat qilib borish.
Biznesni boshlash uchun eng muhimi bu biznes reja tuzishdir. Biznes rejalar yordam beradi boshqaruvchilarga o’z biznes yo’lini tanlashga va to’g’ri xarakat qilishga undiydi ular quyidagicha:
1. Biznes rejani tayyorlash sizni ko’proq missiya xaqida o’ylashga, muvoffaqqiyatga erishishda kerak bo’ladigan xarakatlarga ko’mak beradi.
2. Iste’molchilarni va raqobatni anglash uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni belgilashga.
3. Biznes uchun raqobatbardosh biznes strategiyasini rivojlantirish
4. Oldindan biznes rejani natijasini va mummolarni oldini olishga
5. Zaruriy vaziyatlarda kerak bo’lgan xarakatlarni tanlash
Biznes rejani tayyorlash menejerlarga biznesni tushunishga va biznes jarayonini anglashga yordam beradi. SHuningdek, biznes reja ko’rsatibberadikelajakdabiznesqanchalarmuvaffaqqiyatolibkelishini
Bupiramidadabiznesdamuvaffaqqiyat erishishyo’llariaks ettirilganbo’libquyidagisavollargajavobolishmumkin:
-bizesnimavauningmaqsadi
-keyingiyillardaqandayyutuqlarga erishaman
-qandayqilib erishishkabisavollargajavobolish mumkin.15 Tadbirkor biznes- rejadan ko’proq bozordagi vaziyatni baholash va unga mos strategiyani aniqlash, investorlarni topish va jalb etish uchun foydalanadi. SHuning uchun sifatli tuzilgan biznes-reja tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Biznes-rejaning muayyan vaqt mobaynida amal qilishi va bajarilishi investorlar va boshqa hamkorlar uchun juda muhimdir. Bizne-reja tadbirkorning biznes maqsadlarini belgilash va shu yo’nalishda rivojlanishini barqarorlashtirishga yordam beradi. U biznesni butun tsikli davomida yo’naltirib turadi, tahlil qilib borish va kerakli o’zgartirishlar kiritib borish uchun asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.