Tadbirkorlikda bizne-reja turli muddatlarga - bir oydan bir necha yillarga moijallab tuzilishi mumkin. Ko’pincha bizne-reja joriy (bir yillik) va istibolli (uch, besh yillik ko’rinishlarda tuziladi). Tadbirkor va uning xodimlarida bizne-rejatuzish va uni ro’yobga chiqarish bo’yicha tajriba oshib borgan sari rcjalashtirish va rejaga kerakli aniqliklar kiritish ishlari ham takomillashib, yengillashib boradi.
Biznes-reja tuzishga asosan ikki xil yondashuv mavjud. Birinchi yondashuv shundan iboratki, bizne-reja tadbirkor buyurtmasiga asosan konsalting firmasi yoki axborot-maslahat markazi tomonidan tuziladi. Bunda tadbirkor bizne-reja tuzuvchi firmani tanlab, u bilan shartnoma imzolaydi va bizne-rejatuzish uchun kerakli ma’lumotlarni unga taqdim etadi. Bunday holda bizne-rejatuzishda tadbirkorning o’zi ishtirok etmaydi va o’z ishini rejalashtirish jarayonidan chetda qoladi.
Ikkinchi yondashuvda biznes rejani tadbirkor o’z xodimlari bilan birgalikda tuzadilar. Buning uchun tadbirkor (korxona rahbari) tomonidan bizne-rejatayyorlovchi maxsus guruh tashkil etilib, unga mashul rahbar tayinlanadi. Kerak bo’lganda, kreditorlar, investorlar va tegishli mutaxassislardan maslahatlar oladilar. Lekin tadbirkor (korxona rahbari) ning bizne-rejatayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etishi maqsadga muvofiq. Tadbirkor bu jarayonda faol ishtirok etganda, bi-rinchidan, u o’ylagan yoki amalga oshirayotgan ishni batafsilroq, yax-shiroq tushinib oladi, ikkinchidan esa, o’z ishini boshqalardan ko’ra to’liqroq va yaxshiroq bilgani sababli biznes rejani mukammalroq tayyorlashda katta rol o’ynaydi.
SHunday qilib, bizne-reja yetarli darajada to’liq, batafsil, mukammal va, shuning bilan birga, foydalanuvchilar uchun tushunarli va jozibador bo’lishi kerak. SHundagina u bilan tanishgan potentsial kreditorlar, investorlar, hamkorlar mo’ljallangan ishni yaxshiroq tasavvur qilishlari va unga qiziqishlari mumkin.
Tadbirkor tarmoqlarda ish yuritishning dastlab bosqichida uzoqni ko’ra oladigan maqsadga muvofiq biznes-rejalarni ishlab ishlab chiqishadi. Bu biznes-reja umumiy jihatdan faoliyat yuritish sohalaridan qathiyy nazar quyidagi bo’limlardan tashkil topadi:
1. Tovarning tavsifi, kimga mo’ljallanganligi va tuzilishi.
2. Tovar sotiladigan bozorni baholash.
3. Tovar sotiladigan bozordagi raqobat.
4. Marketing rejasi.
5. Ishlab chiqarish rejasi.
6. Tashkiliy rejasi.
7. Huquqiy rejasi.
8. Faoliyat sohalarini sug’o’rtalash.
9. Loyihani mablag’ bilan ta’minlash.
Xulosa qilganda, yuqorida ko’rsatilgan tartibda tadbirkorlik biznes-rejasini maqsadga muvofiq ravishda tuzish iqtisodiy samaradorlikni oshirishga, ishlab chiqarishni muntazamliligi ta’minlashga va korxonaning moliyaviy mustaqqilligini kafolatlashga jiddiy omil bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |