Boshqarishda to’g’ri va teskari aloqalar muhim o’rin egallaydi. Mazkur aloqalar axborot oqimlaridan iborat. Boshqaruv esa axborot texnologiyasidir. To’g’ri aloqa boshqaruvchidan boshqarish ob’ektiga ta’sir etish uchun yo’naltirilgan axborot (buyruq, topshiriq, ko’rsatma) bo’lsa, teskari aloqa boshqarish ob’ektining shu ta’sirga javobini aks ettiruvchi va boshqaruvchiga qaytib keladigan teskari (qaytma) ax-borotdir. Bu tamoyil to’g’ri va teskari yo’naltirilgan axborot oqimlari (aloqalar) ning miqdor va sifat, makon va zamon jihatidan o’zaro mu-vofiq bo’lishini talab qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy muhit, bozordagi vaziyat, raqobat muhiti va tashqi muhit boshqa omillari tez-tez o’zgarib turishi tufayli ish jarayonlariga, rejalarga aniqliklar kiritib turishga to’g’ri keladi. Boshqarish tizimi ham, boshqaruvchilar ham bunday o’zgarishlarga tez moslashuvchan bo’lishi lozim. Aks holda, boshqarish tizimi o’zgarib borayotgan jarayonlardan orqaga qolib, ularga mos kelmay qoladi va oqibatda boshqarish kutilgan samarani bermaydi.
Xulosa qilib aytganda, boshqarish tamoyillari o’zaro bog’liq bo’lib, bir-birini to’ldirib turadi. SHuning uchun ularning o’zaro eng oqilona mutanosiblikda va uyg’unlikda ro’yobga chiqarilishini ta’minlash moijallangan natijalarga erishish garovi hisoblanadi.
Tadbirkorlikda boshqarish tegishli funksiyalarni bajarish yo’li bilan amalga oshiriladi. Biz umumiy holda, quyidagi asosiy boshqarish funk-siyalarini ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
rejalashtirish;
tashkil qilish (uyushtirish);
tartibga solish;
taqdirlash (motivlash);
hisob va hisobot;
nazorat va tahlil.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarishni
tashkil etish
Boshqarish ko’zlangan maqsadga erishish qobiliyati, mahorati demakdir. Muvaffaqiyat qozonish uchun, eng avvalo, nima qilish kerak-ligini aniq bilish va o’z bilimini amalda qo’llay olish lozim. Boshqarish usullari va tartib-qoidalarini ham yaxshi bilish kerak. Eng muhimi boshqarishda bor kuch bilan intilish emas, balki muayyan sharoitda eng yaxshi natijaga erishish hisoblanadi. Boshqarish maqsadni qo’yishdan boshlanadi, maqsad esa aniq va to’g’ri qo’yilishi zarur. Ma’lumki, har bir tadbirkorning o’z maqsadi bo’ladi. Ammo barcha tadbirkorlar uchun umumiy va eng muhim maqsadlar omon qolish, foyda olish, is-tiqbol hisoblanadi. Asosiy maqsadlardan biri tadbirkorning muayyan bozorga kirish, u yerdagi raqobatga bardosh berib, o’z o’rnini egallab olish va uni saqlab qolishdir. Ma’lumki, har bir tadbikorning boshqarish qobiliyati va mahorati, asosan, u oladigan foyda bilan belgilanadi. Foyda esa tadbirkor va xodimlarni moddiy ta’minlash, farovonligini oshirish, faoliyatini rivojlantirish asosiy maqsadidir. SHuning uchun ham tadbirkorlar faqat foyda olish emas, balki uni oshirib borishga intiladilar. Lekin bugun ko’proq foyda olaman deb istiqboldagi foydasi va bozordagi mavqeyiga putur yetkazishi ham mumkin. SHuning uchun foyda yagona maqsad bo’lmay, tadbirkorlarning yashovchanligi va istiqbolini ta’minlash ham muhimdir.
Tadbirkorlikda boshqarishning xususiyatlaridan biri shundan iboratki, boshqarishda tadbirkorning shaxsan o’zi ishtirok etadi. CHunki tadbirkorlik sub’ektlarining asosiy qismini yakka tadbirkorlar, mikrofirma va kichik korxonalar tashkil etadi. Ularning ko’pchiligida esa boshqaruv apparati yo’q. Yakka tadbirkorlikda boshqarish oddiy kundalik ish singari amalga oshiriladi. Ko’pchilik kichik korxonalarda boshqarishni asosan tadbirkorning o’zi olib boradi. Faqat hisob-kitob ishlarini tegishli mutaxassislarga topshirishi mumkin. Demak, bunday holda boshqaruv apparati tuzish va maxsus menejerlar yollash imkoni-yati bo’lmaydi. O’rta va, ayniqsa, yirik korxonalarda maxsus boshqaruv apparati tashkil etilib, tegishli menejerlar jalb qilinadi. Demak, tadbirkorlikda boshqaruvni tashkil etish korxona va faoliyat miqyosi va murakkabligiga bog’liq. Tadbirkorning o’zi hamma ishlarni, shu jumladan, boshqarishni ham bajaradigan bo’lsa uning qo’l ostida ishlovchilar yordamchi, yuk tashuvchi, farrosh boiishi mumkin. U holda boshqarish oddiy o’zaro amaliy munosabatlar shaklida bo’lib, sodda tashkiliy tizim ko’rinishini oladi. Bunday sodda tashkiliy tizimda yuqori va quyi bo’g’inlar bo’lib, ular o’rtasida to’g’ri va teskari aloqalar amal qiladi. Korxona o’rta va yirik bo’lgan taqdirda maxsus boshqaruv apparati tashkil etilib. malakali menejerlar yollanadi. Bunday holda boshqaruv tizimida o’rta bo’g’in ham qo’shilib, uch bo’g’inli boshqaruv shakllanadi. Yirik korxonalarda esa uning har bir bo’limi, bo’linmasi o’z tashkiliy tuzilishi va boshqaruvchisiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |