Menejment kafedrasi



Download 0,61 Mb.
bet58/187
Sana15.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#555612
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   187
Bog'liq
Menejment kafedrasi

1. Yuridik shaxslarga:

  • davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma;

  • "ro’yxatga olindi" degan belgi qo’yilgan va ro’yxatdan o’tkazuvch organ muhri bilan tasdiqlangan ta’sis hujjatlari;

  • ruxsat beruvchi hujjatlar (bunday hujjatlar zarur bo’lgan korxona­lar uchun);

muhr va tamg’a tayyorlash uchun ruxsatnoma - ularning eskizlari bilan birgalikda.
2. Yakka tadbirkorlar va yuridik shaxs bo’lmagan dehqon xo’jaliklariga:

  • davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma;

  • muhr va tamg’a tayyorlash uchun ruxsatnoma - ularning eskizlari bilan birgalikda (tadbirkorga muhr va tamg’a kerak bo’lsa).

3. Soliq organiga:

  • tadbirkorlik sub’ektining davlat reestriga kiritilgan maTumotlaridan ko’chirma;

  • ariza (ariza-xabarnoma) nusxasi.

4. Statistika organiga:

  • tadbirkorlik sub’ektlari - yuridik shaxslarning davlat reestriga kiritilgan mahumotlaridan ko’chirma;

  • ariza (ariza-xabarnoma) nusxasi.

5. Ichki ishlar organiga:

  • tadbirkorlik sub’ektlari-yuridik shaxslarining davlat reestriga kiritilgan mahumotlaridan ko’chirma;

  • muhr va tamg’adan foydalanadigan yakka tadbirkorlarning davlat reestriga kiritilgan mahumotlardan ko’chirma;

  • muhr va tamg’a tayyorlash uchun ruxsatnoma nusxasi;

  • muhr va tamg’a eskizlari.

Ягона дарча марказлари tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarni olgandan so’ng 2 ish kuni ichida:

  • soliq organi-tadbirkorlik sub’ektini soliq to’lovchi sifatida ham-da budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasiga badal to’lovchi sifatida hisobga qo’yadi;

  • statistika organi-ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan berilgan statistikkodlarning tadbirkor (ta’sischi) ning arizasi (ariza-xabarnomasi) da ko’rsatilgan ma’lumotlarga mosligini tekshiradi va ular to’g’ri bo’lsa, korxonalar va tashkilotlar yagona davlat reestiriga kiritadi.

Statistik kodlar yoki soliq to’lovchining identifikatsiya raqamiga xatolar mavjudligi aniqlangan taqdirda soliq va statistika organi bu to’g’rida bir ish kuni ichida ro’yxatdan o’tkazgan organga xabar berishi, mazkur organ esa shu muddatda xatolarni tuzatib, ro’yxatdan o’tkazilganlik to’g’risida yangi guvohnoma berishi lozim.
Yuridik shaxslar o’z ta’sis hujjatlariga o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritsalar, bu to’g’rida 7 ish kuni ichida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, ro’yxatdan o’tkazgan organga taqdim etishlari kerak. Bunday o’zgarishlar va qo’shimchalar 2 ish kuni ichida ro’yxatdan o’tkazilishi va zarur bo’lsa yangi guvohnoma berilishi kerak. Ularning pochta yoki yuridik manzili o’zgarganda, bu to’g’rida 10 kun ichida yozma ravishda xabar qilishi, ro’yxatdan o’tkazuvchi organ esa mazkur o’zgarishlar haqida 2 kun ichida soliq va statistika organlariga bildirishi zarur. Yuridik shaxs bo’lgan tadbirkoriik sub’ektining faoliyat turi va ishlovchilarining o’rtacha yillik soni o’zgarganda tadbirkor yoki uning vakilining ishtirokisiz statistika organi korxonalar va tashkilotlar yagona davlat reestriga taqdim etilgan statistika hisobotiga asosan te­gishli o’zgartirishlar kiritadi va bu haqda ro’yxatdan o’tkazgan va soliq organlariga hamda tadbirkoriik sub’ektiga xabar qiladi.
Yakka tadbirkorning faoliyat ko’rsatish joyi o’zgarganda bu haq­da 10 kun ichida ro’yxatdan o’tkazgan organga xabar berishi kerak. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ bu o’zgarishlar to’g’risida
2 kun ichida soliq organiga bildiradi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi va soliq organlari tadbirkordan xabar kelgan paytdan boshlab 3 kun ichida ro’yxatdan o’tganligi qayd qilingan reestrga va hisobga qo’yish hujjatlariga te gishli o’zgartirishlar kiritib, bu to’g’rida tadbirkorga yozma ravishda xabar berishlari kerak.
Бугунги кунда тадбиркорлик субъектларини рўйхатдан ўтказиш ва уларга давлат хизматларини кўрсатиш тизимини янада такомиллаштириш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 1 февралда ПҚ-2750-сонли Қарори қабул қилинди13.
Xalq bilan o’tkazilayotgan ochiq muloqotlar, tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuvlar litsenziya va ruxsatnoma berish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish jarayonlarida davlat xizmatlarini «yagona darcha» tamoyili asosida ko’rsatishni samarali tashkil etishga to’sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib kelayotganini ko’rsatmoqda.
Ta’kidlash joizki, tadbirkorlik sub’ektlari o’z faoliyatini boshlashi uchun hanuzgacha turli davlat organlariga murojaat etishga majbur bo’lmoqda, litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan zarur darajada foydalanilmayapti, ko’pchilik davlat xizmatlari, afsuski, hali ham an’anaviy usullarda, qog’oz shaklida ko’rsatilmoqda.
Xorijiy tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, «yagona darcha» markazi kabi institutlar davlat xizmatlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda hamda davlat organlarining tadbirkorlik tuzilmalariga o’z vaqtida ko’maklashishga doir faoliyati samaradorligini oshirishda muhim o’rin tutadi.
Mazkur sohada tadbirkorlik sub’ektlari ko’targan dolzarb muammo va takliflar, o’tkazilgan o’rganishlar natijalaridan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar davlat xizmatlarini ko’rsatish jarayonida sansalorlik, byurokratik to’siqlar va rasmiyatchilik holatlari vujudga kelishiga yo’l qo’ymaslikka, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llash orqali ularning sifati va samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan.
Qarorga muvofiq tuman va shaharlarda faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko’rsatish markazlari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqaruviga o’tkazilmoqda. Bu esa «yagona darcha» markazlarini samarali boshqarish, ularning faoliyatini va boshqa davlat organlari bilan o’zaro hamkorligini tashkil etishga nisbatan tizimli yondashuvni belgilash imkoniyatini beradi.
Banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish «yagona darcha» markazlari zimmasiga yuklatilmoqda. Bunday chora tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish va hisobga qo’yishning mavjud tarqoq tizimi o’rniga yangi, yaxlit tizimni yaratishga qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi «yagona darcha» markazlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ etib belgilandi.
Mazkur vazifalarni bajarish uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat xizmatlarini ko’rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, joylarda esa uning hududiy bo’limlari tashkil etiladi.
«Yagona darcha» markazlari orqali davlat xizmatlarini sifatli va samarali ko’rsatishga to’sqinlik qiladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika va hududiy komissiyalar tashkil etilmoqda.
Mazkur komissiyalar tizimli ravishda, shu jumladan joylarda xalq bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish orqali muammolarni aniqlash va davlat xizmatlarining sifati, ochiqligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan zarur choralarni ko’rish bilan shug’ullanadi.
«Yagona darcha» markazlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 16 turdagi ruxsatnomalarni boshqa idoralarga bormasdan rasmiylashtirish amaliyoti sansalorliklarning oldini olishga, tadbirkorlik sub’ektlarining vaqti va moddiy sarf-xarajatlarini tejashga ko’maklashdi.
Ana shunday ijobiy amaliyotni yanada kengaytirish maqsadida qarorda talab eng yuqori bo’lgan qo’shimcha 86 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni «yagona darcha» markazlari orqali rasmiylashtirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilmoqda.
Endilikda tadbirkorlik sub’ektlari yuqoridagi litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun boshqa idoralarga bormasdan, ularni aniq muddatlarda beradigan «yagona darcha» markazlariga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. «Yagona darcha» markazlari barcha zarur kelishish tartib-taomillarini tadbirkorlik sub’ekti ishtirokisiz mustaqil amalga oshiradi.
Bundan tashqari, 2018 yil 1 yanvardan boshlab «yagona darcha» markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qog’oz shaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi. Bunda berilgan, to’xtatib qo’yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni «Litsenziya» axborot tizimlari majmuasi orqali olish imkoniyati yaratiladi.
2017 yilning I choragidan ishga tushiriladigan «Litsenziya» axborot tizimlari majmuasi:
tegishli davlat organiga bormasdan turib, «yagona darcha» tamoyili bo’yicha davlat xizmatlarini elektron shaklda olishga;
ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi, shuningdek ruxsatnoma va litsenziyalar reestridagi ma’lumotlardan masofadan turib foydalanishga;
«yagona darcha» markazlari orqali ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari bo’yicha ruxsatnoma va litsenziya berish haqidagi arizalarni ko’rib chiqish jarayoni va natijasini, qaerda va qay tarzda murojaat etganidan qat’i nazar, kuzatishga imkoniyatlar yaratadi.
Qarorni amalga oshirish, shubhasiz, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatishni yangi sifat bosqichiga ko’tarishga, aholining davlatga nisbatan ishonchini oshirishga, «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g’oyani hayotga joriy etishga ko’maklashadi.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish