Menejment kafedrasi



Download 0,61 Mb.
bet34/187
Sana15.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#555612
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   187
Bog'liq
Menejment kafedrasi

Injiniring korxona - muhandislik-maslahat xizmatlarni tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradi. Bunday korxona (firma):
- ishlab chiqarishni ta’minlash;
- mahsulot sotishni uyushtirish;
-ishlab chiqarish oboektlarini qurib, ishga tushirish
yuzasidan maslahat berish bilan shug’ullanadi.
Injiniring korxonadan injiniring xizmatlar bozorini farqlash lozim. Bu – xalqaro bozorning bir turi, yaoni injiniring xizmatlarining davlatlararo oldi-sotdi qilinishi. Injiniring xizmatlar bozorida asosiy haridor rivojlanayotgan davlatlar bo’lsa, sotuvchilar esa yuksak rivojlangan mamlakatlardir.
Qo’shma tadbirkorlik va qo’shma korxona. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qo’shma tad­birkorlik bo’lib, qo’shma korxona ko’rinishida tashkil etiladi. Qo’shma tadbirkorlik - bu umumiy strategik maqsadlarga erishish uchun bir ne-cha tashkilotlar mulki va ishchanligini birlashtirishdir. Uni ro’yobga chiqarish uchun ishtirokchilar o’z kuch-g’ayratlari va mulklarini bir-lashtirib, qo’shma korxona tuzadilar, olinadigan daromad va ehiimol qilinadigan tavakkalni o’zaro taqsimlab oladilar. O’zbekistonda boshqa mamlakatlardagi firma, kompaniyalar investitsiyalari ishtirokida tuzilgan qo’shma korxonalar rivojlanib bormoqda. Qo’shma korxonalar va qo’shma ishlab chiqarishlar tashkil etish xalqaro integratsiyada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida bo’lgan mamlakatlarning o’z mahsulotlari bilan jahon bozori-ga chiqishlari uchun kuch-g’ayratni birlashtirish yangi imkoniyatlar yaratadi. O’zbekiston ham xalqaro mehnat taqsimoti afzalliklaridan foy-dalanishga intilib, mamlakatda chet el tadbirkorlari uchun qulay inves-titsion muhit yaratgan. Qo’shma tadbirkorlik iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish, texnika va texnologiyani yangilash jarayonini tezlashtirish, sanoatni, xususan, qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga katta yordam beradi. Qo’shma tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar uchun hamkorlikning yangi shakli bo’lib, ikki yoki bir necha mamlakatlarning mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ilmiy-’texnika, investitsiya va boshqa sohalarda bilimlari, kuch-g’ayratlari, mablag’larini birlashtirib, yangi pog’onalarga ko’tarishga olib keladi.
Qo’shma tadbirkorlikni ro’yobga chiqarish shakli qo’shma korxona hisoblanadi. Qo’shma korxona - bu bir necha davlat vakillari hisob-langan ishtirokchilarning mulklarini birlashtirish, xo’jalik faoliyatini birgalikda boshqarish va olingan foydani taqsimlash kelishuvlariga asoslangan qo’shma xo’jalik tashkilotidir. Qo’shma korxonalar tuzish-dan maqsad mamlakatga ilg’or texnika, texnologiya, mahsulot sotish va ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish progressiv usullari, xorijiy sarmoyani jalb qilishdir. Imtiyozli xorijiy kreditlarni olish, ichki bozorni to’ldirish va eksportni kengaytirish, import o’rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishni oshirish va buning evaziga valuta zaxiralarini ko’paytirish hisoblanadi. Qo’shma korxona turli mulkdorlarning qo’shma mulk shakliga asoslangan bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo’shma korxona ta’sischilari O’zbekiston va boshqa davlat fuqarolari va yuridik shaxslari bo’lishi mumkin.
Qo’shma tadbirkorlik shaklidagi xalqaro hamkorlikning asosiy xususiyatlari quyidagilar:

  • tomonlarning xomashyo xarid qilish va uni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, texnologikxizmat ko’rsatish, ilmiy tadqiqot-lar va ishlanmalar, mahsulot ishlab chiqarish va sotishni moliyalash va boshqa sohalardagi uzoq muddatli hamkorligiga mo’ljallanganligi;

  • umumiy maqsadga erishish uchun hamkorlarning binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar, pul mablag’lari va boshqa shakldagi mulklarining birlashtirilishi;

  • hamkorlar tomonidan kiritiladigan sarmoya asosida korxona nizom jamg’armasi va boshqaruv organlarini birgalikda moliyalash;

  • korxona foydasini uning ta’sischilari o’rtasida, qoida tariqasida, ularning nizom jamg’armasiga qo’shgan hissasiga muvofiq taqsimlash;

- ehtimol qilingan zararni hamkorlar o’rtasida ularning xo’jalik
faoliyatini amalga oshirishdagi ishtirokiga muvofiq taqsimlashda ifo-
dalangan birgalikdagi tavakkal va birgalikdagi cheklangan mas’uliyat.
Demak, qo’shma tadbirkorlikning asosiy belgilari qo’shma mulk, birgalikdagi boshqaruv, foyda va tavakkalni taqsimlash hisoblanadi.
Qo’shma tadbirkorlik tashqi bozorga chiqishga yondashuv sifatida bir qator afzalliklar yaratadi va yuqori talablar qo’yadi:

  • ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va rivojlantrishga ham­korlarning yuqori manfaatdorligini shakllantirish;

  • mahsulot ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy samaradorligi uchun hamkorlar mas’uliyatini oshirish;

-tovarlar ishlab chiqarish, ularni sotishga tayyorlash, sotish va undan so’nggi xizmatlarni ko’rsatishda kuch-g’ayratlarni birlashtirishga hamkorlarning intilishlari.
Qo’shma korxonada turli mulk shakllarini birlashtirish natijasida o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan mulkning yangi shakli-qo’shma (aralash) mulk va yangicha ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadi. Bu jarayonda qo’shma korxona tashkil etgan "ona" korxonalardagi mulkchilik shakli vaxarakteri, qo’shma korxona joy lashgan mamlakat-dagi ijtimoiy - siyosiy tuzum vau uerda hukmron bo’lgan ishlab chiqa­rish munosabatlari asosiy rol o’ynaydi.
Qo’shma korxona mustaqil xo’jalik yurituvchi yuridik shaxs bo’lib, boshqaruv, direktorlik va taftish komissiyasi kabi boshqarish organlariga ega bo’ladi. U turli tashkiliy-huquqiy shaklda bo’lishi mumkin (mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat, ak-siyadorlar jamiyati va boshqalar), SHunday qilib, qo’shma korxonalar turli-tuman bo’lib, quyidagicha tasniflanadi.
Qo’shma korxona ishtirokchilari qaysi davlatlar vakillari bo’lishiga qarab:

  1. O’zbekiston-Rossiya;

  2. O’zbekiston - O’rta Osiyo boshqa davlatlari;

  3. O’zbekiston-Mustaqil Davlatlar Hamkorligi (MDH) boshqa
    a’zolari;

  4. O’zbekiston-uzoq xorijiy davlatlar.

Qo’shma tadbirkorlik uchun birlashtirilgan mulk shakllariga qa­rab:

  1. Faqat xususiy mulkka asoslangan;

  2. Xususiy mulk va davlat mulkiga asoslangan;

  3. Faqat davlat mulkiga asoslangan.

Hamkorlarningqo’shmakorxonasarmoyasigaqo’shganhissasibo’yicha:

  1. Teng ishtirok etish - rivojlangan mamlakatlar ahamiyati jihatidan
    teng bo’lgan vakillari tomonidan faqat tadbirkorikni amalga oshirish
    maqsadida tuziladigan qo’shma korxona. Unda hamkorlar tomonidan
    bir-birlarining teng huquqliligi e’tirof etiladi va korxonaning barcha
    masalalari shu asosda hal qilinadi;

  2. Xorijiy sarmoyaning hissasi ko’p bo’lgan qo’shma korxona
    - bunday korxona to’liq xorijiy hamkor nazoratida bo’ladi va ayrim
    mahalliy hokimiyatlar ularni chet el korxonasi deb hisoblab, bir qator
    imtiyozlardan mahrum qilishlari ham mumkin;

  3. Xorijiy sarmoyaning hissasi kam bo’lgan qo’shma korxona - bu ko’rsatkich 50 foizdan qanchalik past bo’lsa, bunday qo’shmakorxonalar shunchalik milliy korxonalarga yaqin bo’ladi; xorijiy ishtirokchilar korxona faoliyati ustidan nazoratni o’z qo’llariga olishni istaydilar, lekin bu yerda unday imkoniyat yo’q va shuning uchun qo’shma kor-xonalarning bu tipi qo’shma tadbirkorlik uchun uncha qulay emas deb hisoblaydilar; shunga qaramay, O’zbekistonda qo’shma korxonalarning bunday tipi ham rivojlanib bormoqda.

SHuni ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo’shma korxonalar xorijiy sarmoya (investitsiya)ning hissasi bo’yicha quyidagi ikki guruhga ajratiladi:

  1. Qo’shma korxona - uning nizom sarmoyasida xorijiy hamkorning ulushi 30 foiz va undan yuqori miqdorni tashkil etadigan korxonalar;xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona - uning nizom sar­moyasida xorijiy hamkorning ulushi 30 foizgacha miqdorda bo’lgan korxonalar.

  2. Respublikada qo’ shma tadbirkorlikni rivoj lantirishni rag’ batlantirish maqsadida yuqoridagi korxonalarning birinchi tipi uchun yaxshiroq shart-sharoit yaratish va ko’proq imtiyozlar ko’zda tutilgan.

  3. Hamkorlarning maqsadlari va faoliyat turlari bo’yicha:

a) ilmiy tadqiqotlar olib borishga mo’ljallangan qo’shma korxona­lar - yangi mahsulot, uskuna, texnologiya va boshqa ko’rinishdagi "nou-xau" yaratish uchun tajriba, ilmiy natijalar, loyiha ishlanmalari va boshqa fan-texnika yutuqlarini birlashtirish maqsadida tuziladigan korxonalar;
b) ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalar - xorijiy hamkorning bunday korxona tuzishdan maqsadi mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish jarayonlaridagi xarajatlarni qisqartirish bo’lib, bunga xorijiy va mahalliy hamkorlarning komplektlovchi detallari, xorijiy investorning ishlab chiqarishni tashkil etish tajribasi va mahalliy hamkorning xom-ashyosi, ishchi kuchini birlashtirish yoki kooperatsion aloqalarning boshqa shakllari asosida erishish mumkin;

  1. xarid qiluvchi qo’shma korxonalar - xorijiy hamkor korxonasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyo, yarim tay-yor mahsulotlarni arzonroq narxlarda mahalliy bozorlarda sotib olish maqsadida tuzilgan korxona;

  2. sotish bilan shug’ullanuvchi qo’shma korxona - ishlab chiqa-riladigan mahsulotni qo’shma korxona joylashgan mamlakatda ham, boshqa uchinchi mamlakatlarda ham sotish uchun yangi bozorlarni o’zlashtirish maqsadida tuziladigan korxona;

f) kompleks qo’shma korxona - har xil faoliyat turlari bilan shug’ullanuvchi korxona.
5. Qo’shma tadbirkorlik ishtirokchilari soni bo’yicha:

  1. ikki tomon ishtirokida tuzilgan qo’shma korxona-hamkorlaridan biri chet mamlakat vakili bo’ladi;

  2. uch tomon ishtirokida tuzilgan o’shma korxona: hamkorlaridan biri yoki ikkitasi chet mamlakatlar vakillari bo’lishi mumkin;

d) tomonlarning boshqa variantlardagi hamkorligida tuzilgan qo’shma korxona.
SHunday qilib, qo’shma tadbirkorlik va qo’shma korxona­lar O’zbekiston va uning har bir mintaqasida rivojlanib bormoqda.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish