Matlubot kooperativi - bu ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a’zolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasidir. U o’z a’zolarining mulkiy (pay) badallarini birlashtirish yo’li bilan tuziladi. Matlubot kooperativining a’zolari ko’rilgan zararni yillik balans tasdiqlanganidan keyin uch oy mobay-nida qo’shimcha badallar to’lash yo’li bilan qoplashlari kerak. A’zolari uning majburiyatlari bo’yicha har bir a’zo to’laydigan qo’shimcha badalning to’lanmagan qismi doirasida subisidiar javobgar bo’ladilar.
Matlubot kooperativi tijorat faoliyati bilan shug’ullanadi. Lekin undan olingan foyda a’zolari o’rtasida taqsimlanmay, uning faoliyatini rivojlantirish uchun ishlatiladi.
Jamoat birlashmalari - ma’naviy yoki o’zga nomoddiy ehtyojlarini qanoatlantirish uchun o’z manfaatlarining mushtarakligi asosida tuziladigan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ularning a’zolari o’zlari bergan mol-mulkka bo’lgan huquqlarini saqlab qolmaydi-lar. Jamoat birlashmalarining majburiyatlari bo’yicha uning a’zolari, a’zolarining majburiyatlari bo’yicha birlashmalar javob bermaydilar. Jamoat birlashmalari o’z nizomlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki o’zga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari mumkin. Ularga diniy tashkilotlar (birlashmalar), xayriya tashkilotlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat harakatlari kiradi.
jtimoiy fondlar (jamg’armalar) - bu fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo’shish asosida ta’sis etilgan xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy -foydali maqsadlarni ko’zlaydigan, a’zolari boimagan tashkilotlardir. Fondda uning ta’sischilari (muassislari) tomonidan berilgan mol-mulk fondning mol-mulki bo’lib, undan o’z nizomida ko’rsatilgan maqsadlar-da foydalanadi. U o’z nizomida nazarda tutilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xo’jalik jamyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin.
Muassasa - bu boshqaruv, ijtimoiy-madaniy va boshqa notijorat vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to’liq yoki qisman moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilotdir. Muassasa unga biriktirib qo’yilgan va o’zi sotib olgan mol-mulkdan nizomida ko’rsatilgan vazifalarni bajarish uchun foydalanadi. Muassasa o’z majburiyatlari bo’yicha ixtiyoridagi pul mablag’lari bilan javob beradi. Bu mablag’lar yetarli bo’lmasa, tegishli mol-mulkning egasi uning majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar bo’ladi. Ayrim dav-lat muassasalari va boshqa muassasalar huquqiy mavqeyining xususi-yatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Tadbirkorlik subektlari o’zlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida o’z mustaqiligini saqlagan holda ixtiyoriy asosda turli birlashmalar tuzishlari yoki ularga kirishlari mumkin. Bunday birlashmalar notijorat tuzilmalari bo’lib, ularga uyushma, konsern, xolding va boshqalar kiradi. Uyushma - tadbirkorlik subektlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o’z a’zolarining manfaatlarini ifodalash va huquqlarini himoya qilish maqsadida o’zaro shartnoma asosida tu-ziladigan notijorat birlashmadir. Konsern - bu ishtirokchilardan asosiy faoliyatini kelishib olib borish talab etiladigan yagona ishlab chiqarish - xo’jalik majmuasi bo’lib, uning o’z a’zolari bilan munosabatlari bo’ysunish emas, balki shartnoma asosida olib boriladi. Xolding - bu ishtirokchilari, a’zolari faoliyatiga umumiy rahbarlik va boshqaruvchilik vazifasini amalga oshiruvchi birlashma hisoblanadi.
Agar ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushma (birlashma) ga tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish vazitasi yuklatilsa, bunday uyushma (birlashma) xo’jalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi kerak yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xo’jalik jamiyatlari tuzishi, yoki ularga ishtirok etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |