Sof foyda -Sf:
Sf=Stf-Fss-Fbst.
Bu yerda: Fss - foyda solig’i summasi;
Fbst - foydadan to’lanadigan boshqa soliqlar va to’lovlar.
2. Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini baholash
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish - moliyaviy ko’rsatkichlar asosida uning moliyaviy holati, barqarorligi, natijalari va to’lovga qodirligini aniqlash va kompleks baholashdir. Moliyaviy ko’rsatkichlar koeffitsient yoki foiz ko’rinishida ifodalanadi.
Small Business Management in the 21st Century mualliflari tomonidan korxonani moliyaviy faoliyatiga oid quyidagi ma’lumotlar keltirilgan29:
• Albatta qanday biznesni amalga oshirsak uni yaxshi amalga oshishini bilishmiz uchun biznesning moliyaviy hisobotlarni yaxshi tushunish qobiliyatini talab qilinadi.
• Balans- biznes egasi va biznes talablari haqida ma’lumot beradi.
• Kirim xisobotlari Biznes va tadbirkorlik xarajatlarini belgilaydi foyda va daromadlar bayonotni ko'rsatadi.
• Pul oqimlari biznes faoliyatining jon tomiri xisoblanadi.Pul-oqimlari biron-bir biznesni rejalashtirish uchun juda muhim.
• Moliyaviy stavkalari alohida sohadagi boshqa firmalarga nisbatan bir firmaning faoliyatini baholash uchun tashqi baxolash o'tkazishga imkon beradi.
• Taqqoslama tahlil asosida boshqaruv jamoasi tashvish bo'lishi mumkin bo’lgan soxalarni aniqlashda yordam berishi mumkin.
• Boshqaruv jamoasi tomonidan ushbu ko'rsatkichlarni vaqt bo’ylab kuzatishda shuningdek takomillashish yoki kamayish darajasini ustidan kuzatish imkonini beradi.
• Moliyaviy stavkalari besh toifaga bo’linadi. Bular:
likvidligi nisbati,
moliyaviy dastak stavkalari,
aktivlarni boshqarish yoki samaradorlik stavkalari,
rentabellik darajasi va
bozor qiymati stavkalari.
Asosiy moliyaviy ko’rsatkichlar, ularni hisoblash yo’llari va me’yoriy darajalari 1-jadvalda keltirilgan. Jadvalda shartli belgilar quyidagilarni ifoda etadilar:
A1, A2, - balans aktiv qismining 1 va 2 - bo’limi;
R1,R2, - balans passiv qismining 1 va 2 - bo’limi;
Bj - balans jami summasi;
Umqk - uzoq muddatli qarzlar va kreditlar;
Mo’dq - muddati o’tgan debitorlik qarzlar;
Pm -pul mablag’lari;
Qq - qimmatli qog’ozlar;
Sdq - sof debitorlik qarzlari;
Qmkq - qisqa muddatli kreditorlik qarzlari;
Mst - mahsulot sotishdan tushum;
Zo’q - zaxiralarning o’rtacha yillik qiymati;
Mtn - mahsulot tannarxi;
Msf- mahsulot sotishdan olingan foyda;
Sf- sof foyda;
Amo’q - aylanma mablag’laming o’rtacha xronologik qoldiqlari.
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini tadbirkorning o’zi va uning mutaxassislari, korxona rahbari va mutaxassislari baholaydilar. Bunday baholashga tashqaridan maxsus yuqori malakali mutaxassislari jalb qilish ham kengayib bormoqda. O’zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlari (korxonalar) faoliyatini tahlil qilish va baholash bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar - auditorlar va auditorlik firmalari shakllangan.
Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining muhim sub’ekti bo’lib, mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Audit - xo’jalik subektlari (tadbirkorlar) faoliyatini mustaqil ekspertiza qilish, moliyaviy hisobotini tahlil qilish va moliyaviy holatini baholash demakdir. Auditning asosiy vazifasi - tadbirkor (korxona)ning moliyaviy va xo’jalik operatsiyalarining to’g’ri amalga oshirilganligi, to’la-to’kis va aniq rasmiylashtirilganligi, ularning O’zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga, buxgalteriya hisobini yuritish tamoyillariga muvofiqligini aniqlash hisoblanadi. Tadbirkorlar (korxonalar) ga auditorlik xizmatlarini auditorlik firmalari va auditorlar shartnoma asosida amalga oshiradilar. Auditorlik firmalari, shuningdek, menejment, marketing, huquq, hisob yuritish va boshqa sohalarda konsalting xizmatlari ham ko’rsatadilar.
SHunday qilib, tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holati yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlar, ularning darajasi va me’yori asosida baholanadi. Mazkur ko’rsatkichlar darajasining belgilangan me’yoriga nisbatan holati va o’zgarishiga qarab moliyaviy holatining yaxshilanib yoki yomonlashib borayotganligi to’g’risida xulosa qilish mumkin va shunga muvofiq harakat qilish kerak bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tadbirkorlikda ham buxgalteriya hisobi yuritiladi va moliyaviy hisobot tuziladi. Buxgalteriya hisobi tadbirkorlik faoliyatining hamma tomonlarini yoppasiga. uzluksiz, asoslangan holda aks ettirish tizimi bo’lib, uni tashkil etish va olib borish tartibi "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonunda belgilangan. Kichik tadbirkorlik subektlari buxgalteriya hisobi yuritish va hisobot tayyorlashning soddalashtirilgan tizimini qo’llaydilar. Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi rahbariyatni kerakli moliyaviy axborot bilan ta’minlash hisoblanadi. Yuridik shaxs bo’lgan tadbirkorlik subektlari belgilangan tartibda buxgalteriya balansi. moliyaviy natijalar, xususiy sarmoya, asosiy sarmoya harakati va pul oqimlari to’g’risida hisobotlarni o’z ichiga oladigan moliyaviy hisobot tuzadilar va uning bir nusxasini soliq organiga taqdim etadilar.
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasi foyda yoki zarar bo’lib, uning miqdori va darajasi, o’zgarishi va bu o’zgarish sabablari tahlil qilinadi hamda foydani oshirish chora-tadbirlari ko’riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |