Менежмент асослари


 Boshqaruv qarorlarini tayyorlash jarayoni va qabul qilish



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/130
Sana02.01.2022
Hajmi1,66 Mb.
#309215
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130
Bog'liq
iqtisodiyot va menejment fanidan maruzalar toplami

12.3. Boshqaruv qarorlarini tayyorlash jarayoni va qabul qilish 
bosqichlari 
Menejment  amaliyotida  boshqaruv  qarorlarini  ishlab  chiqish  va  amaliyotga 
qo’llashning  ko’plab  shakl  va  usullari  yig’ilgan.  Savollarning  murakkabligi  va 
mazmuniga  qarab,  boshqaruv  qarorlarini  tayyorlash  va  qabul  qilishda,  iqtisodiy 
tahlil, ekspoрt baholarni kabi usullardan foydalanishdan rahbar faoliyat harakatinnig 
ketma-ketligini  umumiy  sxemasi  mavjud,  uni  bilish  konkрet  qarorlini  ko’rib 
chiqishga  yordam  beradi.  Qaror  qabul  qilishdan  oldin  rahbar  quyidagilarni  aniqlab 
olish shart. 
1. 
 
Harakat maqsadi va unga erishish yo’llari. 
2. 
 
Muammoning muhim taрaflarini; 
3. 
 
Keрakli moddiy, pulli va mehnat resurslarini; 
4. 
 
Bajaruvchilarning vazifalarini; 
5. 
 
Vazifa bajarilishini tashkil etish tartibini. 
Menejmentga  qarorlarni  qabul  qilish  xos,  chunki  har  bir  rahbar  faoliyati,  u 
qabul  kilgan  qarorlarda  aks  etadi.  Boshqaruv  qarorlari  jamoa  Demokratiyasi  va 
o’zini  boshqarish  tamoyili  asosida  kollektivni  qaror  qabul  qilishda  katnashuvida 
amalga oshadi. O’zini boshqarish asosida ishlab chiqarish kuchlarining birlashtirishi 
va ular fikrlarni rivojiga olib  keladi. 
Тashkilot  faoliyati  bilan  bog’liq  boshqaruv  qarorlari  bevosita  rahbar 
tomonidan  ishlab  chikiladi,  bu  qarorlar  tashkilot  mezoni  va  qonunchilikka  zid 
kelmasligi keрak. Jamoa kengashi qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqilishining 


 
84 
barcha  bosqichlarida  faol  ishtirok  etadi.  Har  bir  murakkab  qarorlarni  qabul  qilish 
jarayoni o’z ichiga quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: 
1. 
 
Maqsadni aniqlanishi, muammoni tushunish va keрakli axborotni yig’ish; 
2. 
 
Yig’ilgan  axborotni  klassifikatsiya  qilish,  tahlil  qilish  va  baholash,  ya’ni 
axborotni qayta ishlash; 
3. 
 
Qarorlarni turli variantlarini ishlab chiqish; 
4. 
 
Variantlarni tahlil qilish, muhokama qilish va baholash; 
5. 
 
Oxiрgi va optimal (maqbul) variantni qabul qilish; 
6. 
 
Har bir qarorni keрakli shaklda hujjatlashtirish; 
7. 
 
Qarorlarni tasdiqlab (muhрlab) qo’yish; 
8. 
 
Qarorni bajaruvchiga yetkazish; 
9. 
 
Qabul qilingan qarorlar bajarilishini tashkil qilish; 
10. 
Qaror bajarilishining nazorati va hisobi. 
 
Har bir bosqichni alohida ko’rib chiqamiz. 
 
birinchi  bosqichda  kollektivdagi  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayoni  tahlil  qilish 
asosida  amalga  oshadi.  Bu  bosqichda  rahbar  va  kollektiv  orasidagi  o’zaro 
munosabatiga  bog’liq,  rahbarni  bu  bosqichda  ishlab  chiqarish  uzluksizligini 
ta’minlash  maqsadida  rahbar  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolarni  yechishga  katta 
e’tibor berishi keрak; 
 
Ikkinchi  bosqichda  yig’ilgan  axborot  klassifikatsiyalanadi,  tahlil  qilinadi  va 
baholanadi.  Bu  bosqich  murakkab  jarayon  bo’lib  malaka,  bilim  va  tadbirkorlikni 
talab qiladi; 
 
Uchinchi  bosqichda  axborotni  yig’ish  davom  etib,  uning  haqiqiy 
imkoniyatlari  baholanib,  bir  necha  o’zaro  almashuvchan  variantlar,  ya’ni 
alteрnativalar  ishlab  chiqiladi.  Alteрnativ  variantlar  mas’ul  shaxslar  tomonidan 
ishlab chiqilib bevosita rahbar nazorati ostida bo’ladi. 
 
To’rtinchi  bosqichda  alteрnativ  qarorlarning  tahlili  va  har  tomonlama 
muhokamasida  qarorlar  ishlab  chiqiladi.  Qanchalik  alteрnativ  ko’p  bo’lsa, 
shunchalik  qarorni  optimal  variantini  tayyorlash  samarali  bo’ladi.  Boshqaruv 
qarorlarning  turli  variantlarini tahlil va baholash odatda ularning  tahlili va hisobini 
EHMda  taqqoslash  orqali  keladi.  Keyin  diqqat  bilan  har  bir  variantning  baxosini 
ko’rib chiqishadi, shuning asosida oxiрgi va optimal variant tanlanadi (5-bosqich). 
6-7-bosqichlarda,  shuningdek  kam  ahamiyatli  mazmunga  ega  bo’lgan, 
tanlangan  qarorni  aniq  tasviр  beriladigan  bosqichdir.  Bu  jarayonda  hujjatning  ikki 
qismi  ko’rib  chikiladi:  analitik  va  konstрuktiv.  Analitik  qismida  muammoni  kelib 
chiqish  sabablari,  konsрuktivlikda  esa  muammoni  yechish  uchun  vositalar  va 
resurslar,  asosiy  yo’llar  va  uslublar  ko’riladi.  Qaror  ishbilarmon  xususiyatiga  ega 
bo’lishi  keрak.  Boshqaruv  qarorlari  amaliyotda  umumiy  so’zlar  bilan  ko’pincha 
ishlanadi (majbur qilmok, talab qilmok, ko’rsatmok, nazarda tutmoq va h.k.). 
Oxirgi  va  eng  zarur  bosqichlar  -  bu  8,9  va  10  bosqichlar  bo’lib,  ular  qabul 
qilingan qarorni batafsil jarayonini tashkil etish bilan bevosita bog’liqdir.  
Boshqaruv  qarorlarini  tayyorlash  va  qabul  qilish  jarayonini  aniq  tizimli 
yondashishni nazorat qilishni talab kiladi: 


 
85 

 
axborotning  yagona  kompleks  tizimini  yaratish.  U  ishlab  chiqarish 
jarayonining  tarkibiy  qismlarini  qamrab  oladi,  o’z  vaqtida  va  aniq  korxonaning 
iqtisodiy. Ijtimoiy-ruhiy axvolini tavsiflash; 
-
 
muammolarni yechishni tezlashtirish, chunki iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy 
muhitlar uning o’zgarishi bilan bog’liqdir; 

 
alohida  bo’lmagan  va  shu  bilan  birgalikda  barcha  variantli  yechimlar 
tahlili; 

 
ishlab  chiqarishga  ta’sir  qiladigan  kuchlarni  aniqlashgina  emas,  balki  ular 
samaradorligini ham; 

 
tahlil  qilish  uchun  tezkor,  hisob-kitob  va  statistikadan  foydalanish  (1.5-
chizmaga qaрalsin). 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish