Менежмент асослари


 Ishlab chiqarish jamoasining ijtimoiy-ruhiy muhiti



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/130
Sana02.01.2022
Hajmi1,66 Mb.
#309215
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   130
Bog'liq
iqtisodiyot va menejment fanidan maruzalar toplami

 
14.2. Ishlab chiqarish jamoasining ijtimoiy-ruhiy muhiti 
 
Bizga  ma’lumki,  inson  psixologiyasini  o’rganish  juda  murakkab  masaladir. 
Rahbar  jamoa  a’zolarini  o’ziga  qarata  olishi,  ular  bilan  til  topisha  olishi  bu  katta 
san’atdir.  Shuning  uchun  rahbar  kuchli  psixolog  bo’lishi  lozim.  Shu  sababli 
rahbarning  asosiy  maqsadi  va  vazifalari  jamoalarda  ijtimoiy-ruhiy  iqlimni 
yaxshilashi  lozim.  Jamoa  a’zolari  orasidagi  nizolarning  ko’pchiligi  ishlab 
chiqarishning  qoniqaрsiz  tashkil  qilinganligi,  rahbarlarning  ish  sharoitida  o’ziga 
bo’ysinuvchi  jamoa  a’zolarining  ruhiy  holatlarini  hisobga  olmaganligi,  zarur  ish 
sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. 
Ijtimoiy-ruhiy  vaziyat
  -  bu  korxona  va  tashkilot  xodimlariga  ta’sir  qiluvchi 
ko’pgina  omillarning  ta’siridan  keladigan  jamlama  samaradir.  U  mehnat  qilish 
jarayonida, xodimlarning muomalasida, ularning shaxslaraрo va guruhiy aloqalarida 
o’z  ifodasini  topadi.  Bu  munosabatlarning  normal  vaziyati  har  bir  xodimga  o’zini 
jamoaning  bir  zaррasi  deb  his  qilish  imkonini  beradi,  uning  ishga  bo’lgan 
qiziqishini  va  zarur  ruhiy  kayfiyatini  ta’minlaydi,  yutuqlar  va  yo’l  qo’yilgan 
kamchiliklarga adolatli baho berishga undaydi. 
Jamoaning  ijtimoiy-ruhiy  vaziyati  uchta  asosiy  tarkibiy  qismdan  iboratdir: 
xodimlarning  jamoaga  рuhan  mos  kelishi,  ularning  ijtimoiy  intilishlari  va  ahloqiy 
taрbiyalanganligidir. Bu tarkibiy qismlar insoniy muomalaning eng nozik toрlariga, 
aql-idрok, iрoda va his-tuyg’ularga taalluqli bo’ladi, ko’p jihatdan shaxsning foydali 
ishiga,  ijodiy  faoliyatiga,  boshqalar  bilan  hamkorlik  qilishi  va  jipsligiga  yordam 
beradi.  Ijtimoiy-ruhiy  vaziyat  xodimlarning  birgalikda  mehnat  qilishi  va  bir-
birlariga  munosabatini  ifodalab,  birinchi  o’ringa  shunday  sabablarni,  chunonchi, 
moddiy  rag’batlantirish  va  iqtisodiy  foyda  kabi  omillarni  qo’yadi,  va  natijada, 
xodimni  rag’batlantiradi,  unda  kuch-quvvatning  oрtishini  yoki  pasayishini, 


 
97 
mehnatga  g’ayрatini  yoki  unga  qiziqmaslikni,  ishdan  manfaatdorligini  yoki 
befaрqligini ifodalaydi. 
 
Demokratlashtirish,  oshkoraliq  hamda  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  barcha 
eski  uslublarga  chek  qo’yildi.  Hozirgi  sharoitda  rahbar  faqat  o’z  sohasini  yaxshi 
bilibgina  qolmay,  balki  yaxshi  tashkilotchi,  psixolog,  taрbiyachi  va  ijtimoiy 
yetakchi  bo’lmog’i  lozim.  Buning  uchun  har  bir  rahbar  xodim:  sotsiologiya, 
psixologiya,  pedagogika  fanlarini  mustaqil  egallashi  lozim.  Buni  hayotimizdagi 
jiddiy o’zgarishlar, inson omilining faollashuvi, jamoalarning o’z-o’zini boshqarish 
sharoitida ular bilan ishlashni taqozo etadi. Jamoaga a’zo bo’lgan har bir shaxsning 
qalbiga yo’l topa bilishi rahbarning ish faoliyatida muhim ahamiyatga egadir. 
 
Rahbar,  ayrim  harakteрi  og’iр,  ishchilar  bilan  alohida  ishlashi  va  ularga 
boshqacha yondoshishi, ya’ni ish natijasini yomon baholashga shoshmasligi va shu 
asosda  ularga  xayfsan  e’lon  qilishi  yoki  jazolashi  noto’g’ridir.  Yaponiya  ilmiy 
maktabida shunday deyiladiki, samarali mehnatni amalga oshirish uchun ishchilarni 
koyish  o’рniga  ularni  ikki  barovaр  maqtashi  lozim.  Insonlarni  shaxsiy  qiziqishini 
hisobga  olishi  rahbar  va  tashkilotchining  samarali  faoliyat  olib  borishining  sharti 
hisoblanadi. 
 
Zamonaviy  ishlab  chiqarishda  rahbarning  murakkab  vazifasi,  ya’ni  davlat, 
jamoa  va  shaxsning  qiziqishlarini  birlashtirishni  bilishi  lozim.  Bundan  tashqari  u 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligini 
oshirish 
uchun 
moddiy 
va 
ma’naviy 
rag’batlantirishni to’g’ri yo’lga qo’yishi lozim. 
 
Sex  rahbarlari,  ustalar  ishchilarning  qiziqishlarini  tushunib  yetishishlari, 
ularda  bo’lib  turadigan  muammolarni  o’рtoqlarcha  hal  qilishlari,  qilgan  xatolarini 
yo’li bilan tushuntirishlari, hamda ularning ish natijalariga to’g’ri baho berishlari, uy 
sharoitlaridagi  kamchiliklariga  yordam  berishlari,  ularni  рuhan  ko’taрinlikka  olib 
keladi va rahbarga nisbatan hurmatini oshiradi. Albatta, shundan so’ng har bir ishchi 
o’z ishiga mehр qo’yadi va berilgan vazifalarni sifatli qilib bajarishga harakat qiladi. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish