Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Mehnat iqtisodiyoti” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, bakalavriat 3-bosqichining 5-semestrida o’qitiladi. Rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy (iqtisodiy nazariya, iqtisodiy ta’limotlar tarixi), matematik va tabiiy-ilmiy (iqtisodiy-matematik usullar va modellar, iqtisodiy geografiya va ekologiya), umumkasbiy (statistika, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, moliya va soliqlar, marketing, menejment, xorijiy investitsiyalar) va ixtisoslik fanlar (aholini ijtimoiy muhofaza qilish) fanlaridan yetarlicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |