Menejer: tipologiyasi va psixologik talablari Yetakchilik nazariyasi va turlari Vaziyatda yetakchilik modellari



Download 132,5 Kb.
bet3/10
Sana06.08.2021
Hajmi132,5 Kb.
#140246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Menejer tipologiyasi va psixologik talablari Yetakchilik nazari

Yetakchi

Rahbar

  • Yetakchining vazifasi guruhni ruhlantirish va g'oyani amalga oshirishga ishtiyoq uyg'otish

  • Yetakchi innovatsiya qiladi, ya’ni yangi g'oyalar yaratadi

  • Rahbar esa ularni amalga oshirish jarayonini boshqaradi

  • Yetakchining orqasidan unga ergashuvchilari bor

  • Yetakchining nazari odamlarda, guruh a’zolarida bo'ladi

  • Rahbarning e’tibori tizim va tashkillashtirishda bo'ladi 

  • Yetakchi ishonch qozonishga ahamiyat bersa

  • Rahbar nazorat ostiga olishga harakat qiladi 

  • Yetakchi uzoqni ko'zlaydi

  • Rahbar qo'l ostidagi ishlarni bajarishga ko'proq ahamiyat beradi 

  • Yetakchi nima? va nima uchun? deb so'rasa

  • Rahbar qanday? va qachon? savollarga javob izlaydi 

  • Yetakchi original g'oyalarni yaratadi

  • Rahbar esa taqlid qiladi, ya’ni o'xshatishga harakat qiladi 

  • Yetakchi to'g'ri ish qiladi 

  • Rahbar ishni to'g'ri qiladi 

Siz yuqoridagilarni o'qish natijasida Yetakchilik yoki rahbarlik vazifalarining qaysi biri men uchun ma’qulroq, deb o'ylab qolgan bo'lsangiz ajab emas. Yetakchilikning barcha xislatlariga ega bo'lgan odamlar dunyoda kam.  Bunday insonlarning barchasi katta yutuqlarga erishgan va ularni bugun dunyo taniydi. Masalan, shunday insonlar sifatida “Apple”  kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs yoki Gramin Bankining asoschisi Muhammad Yunusni sanab o'tishimiz mumkin.

Ba’zilar Yetakchilikni tug'ma qobiliyat deydi, lekin bu noto'g'ri. Bunday xislatlarni istalgan inson o'zida rivojlantirishi mumkin.

Hozirgi kunda o'zida Yetakchilik qobiliyatlarini mujassamlashtirgan rahbarlarga talab oshib bormoqda. Ko'plab zamonaviy korxona va tashkilotlar ishchilarga nafaqat buyruq beradigan va ishni samarali tashkillashtira oladigan, balki ishchilarni ruhlantira oladigan, ularning yuksalishlariga ko'mak beradigan rahbarlarni izlamoqda.

Siz ham o'zingizda Yetakchilik qobiliyatlarini  rivojlantirishga harakat qilib ko'rishingiz mumkin. Buning uchun, avvalo, o'z oldingizga qat’iy maqsad qo'yib,  Yetakchilik to'g'risida ko'proq ma’lumot izlab o'rganishingiz hamda amalda shunday xislatlarni namoyish etishga harakat qilishingiz lozim.

Guruhlardagi o‘zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo‘lib, guruh a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Bu borada “lider” va “rabar” tushunchalari o‘rtasidagi farqlar haqida gapirish lozim. B.D.Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi:

1) lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar – shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;

2) liderlik kichik guruhlargagina xos bo‘lgan hodisa bo‘lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo‘lishi, amalga oshirilishi mumkin;

3) agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo‘lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan jamiyatda ishlab chiqilgan normalar tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo‘ladigan hodisadir;

4) liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo‘lib guruh a’zolaring kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo‘nalishiga qarab, uzoqroq muddatda yoki qiqa muddatda ro‘y beradi.

5) rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo‘q bo‘lgan jazolash va rag‘batlantirish tizimiga ega bo‘lib, shu asosda xodimlariga o‘z ta’sirini o‘tkazish mumkin;

6) lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko‘rsatmalar tashabbuslarni o‘z ixtiyoricha bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo‘nalishda ko‘plab ko‘rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, rahbar ular doirasidan chiqib ketishi, o‘zboshimchalik qilishi qiyin.

7) liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakili bo‘lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir.

Lider hech qachon yolg‘iz bo‘lmaydi, u doimo guruh a’zolari davrasida qaraladi, shu guruh a’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider shu guruh a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va hokazolarini hammadan yaxshi biladi, ularning ichida eng tashabbuskoridir. Agar sinf doirasida qaraladigan bo‘lsa, turli xil lider borligini aniqlash mumkin. Masalan, guruh a’zolari ichida eng bilag‘oni, aql o‘rgatuvchi, topqir intellektual lider, bolalar ichida hazilkash, dilgir, xushchaqchaq, ko‘ngil so‘rovchi, o‘zgalarni tushuna oladigan – emotsional lider, guruhni ish faoliyatga chorlay oladigan, dadil, qat’iyatli, irodali – irodaviy liderlar bo‘lishi mumkin. Ular ayni vaziyatlarda vaziyat talabiga ko‘ra paydo bo‘ladilar hamda bolalar ongida o‘z sifatlariga ko‘ra obro‘ qozonadilar. Lider sifatlari ichida yaxshi va yomonlar ham bo‘lishi mumkin, lekin guruh liderga erishganda, uni ibrat sifatida tanqidsiz qabul qiladi va shuning uchun ham barcha ishlariga ergashib, ko‘rsatmalariga amal qiladi. Maktabda bolalar ichida xulqi maktab normalariga to‘g‘ri kelmaydigan liderlarning borligi, ular ma’lum guruh ichida so‘zsiz obro‘ga ega ekanligi ham shu bilan tushuntiriladi. Masalan, lider “ketdik” deb ko‘rsatma bersa, unga ergashganlarning darsni ham tashlab keta olishi shu bilan tushuntiriladi. Shuning uchun ham sinf rahbari o‘z sinfidagi rasmiy liderlar bilan ishlash bilan cheklanmaydi, balki norasmiy liderlarni ham aniqlay bilishi, ular bilan hamkorlikda ishlashi zarur. To‘g‘ri, ba’zi hollarida rasmiy va norasmiy lider bir shaxs bo‘lishi mumkin. Bu juda qulay, lekin liderlik vaziyatga bog‘liq bo‘lgani uchun ham ularning o‘zgarib turishini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘qituvchining boshqarish mahorati yoki sa’ati uning norasmiy liderlar bilan samarali ishlash usulidir.

Shunday qilib, har qanday lider obro‘ga ega. Obro‘lilik shaxsning shunday xususiyatiki, u boshqa shaxslarga ham hissiy-emotsional, ham irodaviy ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatiga egadir. Norasmiy obro‘lilik, ya’ni shaxslararo munosabatlar mahsuli sifatida orttirilgan obro‘ samaralidir. Odamlar ko‘ngliga yo‘l topish, ularni turli vaziyatlarda tushuna olish, ishonch va shunga o‘xshashlar obro‘ orttirish me’zonlaridandir.

Liderlik hodisasi to‘g‘risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari haqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir. Hozirgi kunda qadar liderlik to‘g‘risida asosan uchta nazariya mavjud.




Download 132,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish