Меҳнат иқтисодиёти


Ijtimoiy muhofazaning samarali tizimi



Download 0,55 Mb.
bet75/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

Ijtimoiy muhofazaning samarali tizimi


Ijtimoiy muhofazaning samarali tizimi zamonaviy iqtisodiyotga xos xususiyat hisoblanadi. U har bir kishining ijtimoiy-iqtisodiy maqomidan qat’i nazar, mehnat imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish va jamiyatdagi barqaror holatni kafolatlash imkonini beradi hamda «inson salohiyati»ni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. hozirgi sharoitda inson salohiyatidan samarali foydalanish va jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga aynan shunday erishish mumkin. Bunday muhofaza ta’minlanmas ekan kishilarni qayta o‘qitish, yangilikni o‘zlashtirish, samarali ijod qilish kabi mehnat imkoniyatlaridan foydalanish mumkin bo‘lmay qoladi. Samarali ijtimoiy muhofaza tizimining mavjudligi malakali xodim mehnatiga asoslanuvchi zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish davlatningaholiga normal hayot faoliyati uchun beradigan shart-sharoitlarini ta’minlaydigan bevosita maqsadli kafolatlar tizimidir. Boshqacha aytganda, ijtimoiy muhofaza tizimi mamlakatda haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash masalalarini hal qilish maqsadidan kelib chiqib tashkil etilishi kerak. SHu bilan birga ijtimoiy muhofaza, o‘zi amal qilib turgan ishlab chiqarish munosabatlari tizimi tomonidan, jahon iqtisodiyotining hozirgi holati imkoniyatlaridan keng foydalanadi va hozirgi zamon talablari asosida rivojlanib boradi.
Ijtimoiy muhofazaning «Iqtisodiyot inson uchun» tarzida bo‘lishi uchun shunday samarali tizim zarurki, u har bir kishining mehnat salohiyati, ijtimoiy- iqtisodiy maqomi va qaysi ijtimoiy-iqtisodiy guruhga mansubligidan qat’i nazar,
undan foydalanish imkonini bersin. Faqat shundagina inson salohiyatidan samarali foydalanish va ertangi kunga ishonch bo‘lishiga erishish mumkin. Bunday muhofaza ta’minlanmas ekan, qayta tayyorlash, yangilikni o‘zlashtirish va ijodiy ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish kerak bo‘lgan malakali ishchi kuchidan foydalanishning imkoni bo‘lmaydi yoki ancha chegaralanadi.
Boshqacha aytganda, samarali ijtimoiy muhofaza tizimining mavjudligi malakali xodim mehnatiga asoslanadigan zamonaviy iqtisodiyotning tarkibiy xususiyati hisoblanadi.
Samarali ijtimoiy muhofazalash deganda, jamiyatning har bir a’zosiga ma’lum turmush darajasi, o‘z qobiliyatini (mehnat, tadbirkorlik, shaxsiy) rivojlantirish va ulardan foydalanish, u yoki bu qobiliyatlar yo‘qotilgan taqdirda (keksalar, nogironlar, kasallar, bolalar va boshqalar) kafolatlarni ta’minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimi tushuniladi.
Ijtimoiy muhofaza mazmunini aniqlashga bunday yondashilganda quyidagi kafolatlar uning tarkibiy qismlariga aylanadi:

  • mehnatga layoqatlilar uchun ish (ishsizlikdan muhofaza qilish);

  • mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganlar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy zaif guruhlarini nafaqalar bilan ta’minlash;

  • mehnat faoliyatidan olingan daromad yoki nafaqa asosida normal turmush darajasini ta’minlash (bunga asosiy moddiy boyliklar, avvalo, oziq-ovqat mahsuloti iste’moli ham kiritiladi);

  • turarjoy, madaniy-maishiy xizmatlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarini minimal teng me’yorda ta’minlash;

  • zamonaviy malakali ishchi kuchini shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotni olish.

Davlat va uning tuzilmalari quyidagi masalalarning hal etilishini ta’minlaydi. Birinchidan, davlat mehnat qilish huquqini kafolatlaydi, bunga ish joyiga yoki zarur resurslarga ega bo‘lish va mehnatga yarasha haq to‘lash kafolati ham kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasida xodimlar uchun mehnat huquqlari va kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi. Qonunlardagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.
SHu bilan birga O‘zbekistonda davlat:

  • ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligi;

  • ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish va mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan muhofazalanish;

  • maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berish;

  • kasb va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlash shart- sharoitlari, mehnatga haq olish, xizmat pog‘onasidan yuqorilab borishda hammaga teng imkoniyatlar yaratish;

  • yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‘qitish, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendiya to‘lab malakasini oshirish;

  • boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to‘lash;

  • haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi.

Ish bilan ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda mehnat qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilab qo‘yiladi.
Ikkinchidan, jamiyat davlat organlari tizimi va boshqa ijtimoiy tuzilmalar orqali ish kuni, ish haftasi, ish yili tartibini, yuqori mehnat samaradorligi bilan uzoq muddatli mehnat qobiliyatini saqlash uchun qulay shart-sharoitlarni qonunchilik yo‘li bilan hamda boshqacha ijtimoiy muhofaza qilishni kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida Mehnat kodeksiga muvofiq xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati etti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.



    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish