Mamlakat aholisini ijtimoiy muhofaza qilishda maqsadli davlat dasturlarining amalga oshirilishi
O‘zbekistonda inson taraqqiyoti va munosib turmush darajasini ta’minlashning asosiy vositalari bo‘lib iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari va hududlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan milliy, maqsadli va hududiy dasturlar majmuasi hisoblanadi. Ushbu dasturlar o‘zaro birgalikda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning uyg‘unligini ta’minlash hamda aholi ehtiyojlarini qondirish, ularning qobiliyatini takomillashtirish va namoyon etish borasida yangicha shart-sharoitlar yaratib beradi.
SHuni qayd etish zarurki, hududiy hamda iqtisodiyotning turli tarmog‘larini (moliya-kredit, bank va boshqa sohalarni) rivojlantirish dasturlaridan tashqari, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturi, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur, maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi, qishloq aholisini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash kabi dasturlar ham inson salohiyatini rivojlantirishga, kishilar turmush sifatini oshirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu dasturlardan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat, nodavlat muassasalari, korxonalar, jamoat tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larini jamlash hamda ularni jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichidagi dolzarb vazifalarni hal qilishga yo‘naltirishdan iborat. Tabiiyki, bir yillik qisqa muddat davomida jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarni hal qilish mushkul. Biroq, bugungi sharoitda qisqa muddatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish o‘zining yuqori ijobiy samarasini bermoqda.
Ijtimoiy himoyani kuchaytirishga oid dasturiy chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini qamrab oladi, bunda onalar va bolalar, pensionerlar, nogironlar va yolg‘iz qariyalarga, shuningdek, qishloq aholisiga, olis aholi punktlarida yashovchi kishilarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiradi. Dasturlarda barcha tashkilot va korxonalar, firmalar, nodavlat nohukumat tuzilmalari, jamoatchilik tashkilotlari va jamg‘armalari ijtimoy muammolarni hal qilish, ijtimoy soha ob’ektlarini qo‘llab- quvvatlash va ularni rivojlantirishga jalb etish ko‘zda tutiladi.
SHuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy dasturlar aholining ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish vositasi bo‘libgina qolmay, ayni paytda o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoy himoya tizimini takomillashtirish va uni yanada yuqori sifat bosqichiga ko‘tarishga qaratilgan.
Maqsadli ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda ularning tashabbuskori
bo‘lgan davlat etakchi rol o‘ynaydi. Bu borada davlatning roli quyidagilarda o‘z aksini topadi:
birinchidan, qonun ijodkorligi faoliyati – aholini ijtimoy himoyalash bo‘yicha amaldagi qonunchilik bazasini takomillashtirishda;
ikkinchidan, dasturda ko‘zda tutilgan barcha tadbirlarni belgilangan muddat va me’yorda bajarish bo‘yicha manfaatdor vazirlik, idora, muassasa va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirishda;
uchinchidan, dasturni amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash, bartaraf etish hamda uning monitoringini olib borishda.
O‘zbekistonda aholining ijtimoy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoyalash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim va uning boshqaruv tuzilmasi qaror topgan. Me’yoriy-huquqiy asos, davlat dasturlari, davlat va jamoat tuzilmalari, respublikamizning alohida homiylari barcha ehtiyojmand kishilarga ijtimoy himoyani kafolatlaydi va amalga oshiradi.
YAratilgan me’yoriy asos doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib bormoqda va u Konstitutsiya, shuningdek fuqarolik, oilaviy, mehnat, soliq, bojxona, turar-joy kodekslari, qonunlar («Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi,
«Nogironlarning ijtimoiy himoyalanganligi to‘g‘risida»gi, «Pochta xizmati to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunlar); Prezidentning qarorlari va farmonlari (jumladan, «2007- 2010 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy himoya qilish va ularga ijtimoy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dastur to‘g‘risida»gi, «Xotin-qizlarning ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarida diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlovchi xotin-qizlarning ijtimoy himoyalanishini kuchaytirish buyicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, shuningdek kam ta’minlangan oilalar va yosh bolali oilalar, ikki yoshgacha bo‘lgan bolasi bor onalar ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, moddiy yordamga muhtoj yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashga oid qarorlar), davlat ijtimoiy dasturlari, hukumat qarorlari va farmoyishlari qoidalariga asoslanadi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash bo‘yicha amaliy tizim faoliyat ko‘rsatmoqda va uning doirasida aholining deyarli barcha qatlamlari davlat tomonidan ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari bilan qamrab olingan. SHuningdek, mazkur qatlamlar ichida yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. CHunki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy muhofaza siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish,
zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, qulay sharoitli ish joylari va mehnat daromadlariga ega bo‘lishini ta’minlashdir. Jumladan, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, mehnat faoliyatini boshlash va mustaqil hayotga kirib kelishida ularga zarur yordam ko‘rsatish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish mexanizmlari va amaliy rag‘batlantirish omillarini yaratish hamda ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 maydagi PF-3878 – sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga muvofiq, joylardagi davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Ma’naviyat targ‘ibot markazi,
«Mahalla» jamg‘armasi, «Oila» markazi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining bu boradagi eng muhim vazifasi sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:
respublikamizning har bir hududida yangi ish o‘rinlari ochish, yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlikka faol jalb qilish, yosh oilalarga o‘z ishini tashkil etish uchun mikrokreditlar ajratish, kasanachilikni rivojlantirish, ularga imtiyozli ravishda qoramollar sotish asosida mehnat bilan bandligini ta’minlash va yosh oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish;
yosh oilalarga ipoteka va iste’mol kreditlari ajratish yo‘li bilan uy-joy sotib olish yoki qurish, uy xo‘jaligini yo‘lga qo‘yishda ularni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash;
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda yosh oilalarga amaliy yordam berish, ularga sifatli ta’lim, tibbiy, huquqiy, axborot, maslahat va boshqa, jumladan bolalar sog‘lig‘ini saqlash va tarbiyalashni ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish; yosh oilalarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshlarda o‘zi qurgan yangi oila uchun g‘urur va mas’uliyat hissini, ota-onaga, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom, mehnat qilish va xalqimizning boqiy ma’naviy
qadriyatlari ruhida bola tarbiyalashga intilish tuyg‘ularini shakllantirish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali kam ta’minlangan oilalar
farzandlari bo‘lgan yoshlarga, shu jumladan nikohdan o‘tish va to‘y marosimlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatish.
Farmonga ko‘ra tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlar asosida yosh oilalarga ipoteka, iste’mol kreditlari va mikrokreditlar shaklida quyidagi maqsadlar uchun 2007 yilda 50,0 mlrd. so‘m ajratish ko‘zda tutilgan:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish; uy-joy qurish, ta’mirlash va sotib olish (ijaraga olish); uy-xo‘jaligini yo‘lga qo‘yish;
mebel va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan hayotiy zarur tovarlar sotib
olish.
Shuningdek, yosh oilalarga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar ham berilib, unga ko‘ra yosh oilalarning quyidagi daromadlari soliqqa tortilmaydi:
soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarning shaxsiy uy-joy yoki ko‘p qavatli uyda xonadon qurish, ta’mirlash va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan summasi;
xo‘jalik sub’ekti – ish beruvchidan uy-joy sotib olish uchun olingan mablag‘.
Do'stlaringiz bilan baham: |