Меҳнат иқтисодиёти


Ish bilan bandlik sohasidaijtimoiy-demografik guruhlar



Download 0,55 Mb.
bet40/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

Ish bilan bandlik sohasidaijtimoiy-demografik guruhlar


Aholini ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga xos xususiyatlar, shu jumladan, ish bilan bandlik turlari, kasb-malaka guruhlari bo‘yicha taqsimlashdagi qonuniyatlar kishilarning yoshi va jinsi bo‘yicha farqlanishi bilan ifodalandi.
Aholining ijtimoiy-foydali faoliyatda qatnashish xususiyati bo‘yicha jins-yosh guruhlarini ijtimoiy-demografik guruhlari deb atash qabul qilingan. Aholining jinsi va yoshi bo‘yicha ish bilan bandlik xususiyatlarini hisobga olish maqsadida aholining quyidagi ijtimoiy-demografik guruhlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: erkaklar, ayollar, yoshlar (16-29 yoshgacha bo‘lgan mehnatda faol aholi), o‘rta yoshli kishilar (30-49 yosh), pensiyaga chiqish arafasidagi kishilar (50 yoshdan oshgan mehnatga qobiliyatli aholi), pensiya yoshidagi kishilar va boshqalar.
Erkaklar va ayollar eng yirik ijtimoiy-demografik guruhlar bo‘lib, ularning
mehnatidan foydalanish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Aholining mazkur guruhlariga tabaqalashgan yondashish asosini jinslarning tabiiy farqlari tashkil etadi. Erkaklar ish bilan band aholining 52,2 %ini tashkil etgan holda ko‘proq jismoniy kuch va chidamga ega, ularning organizmi ayollar organizmiga nisbatan ishlab chiqarish sohasining noqulay ta’sirlariga kamroq beriluvchan bo‘ladi. Odatda, ularda qat’iyat va ishonch bosimli bo‘lib, mehnatini tatbiq etish doirasi kasbiy jihatdan ancha kengdir. Ayollar esa ish bilan band aholining 47,2 %ini tashkil etgan holda ishdagi sinchkovlik va puxtalik, diqqatlilik, sezgirlilik, ta’sirchanlik yaxshi rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
Uzoq vaqt mobaynida erkak va ayollar ishchi kuchining tabiiy farqlari ularning sifat tarkibidagi muhim farqlar bilan bir-birini to‘ldirib keldi. Ayollar ma’lumot, kasb tayyorgarligi darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy harakatchanligi bilan erkaklardan birmuncha orqada qolib kelganlar. Bunga misol sifatida aytadigan bo‘lsak, hozirgi davrda O‘zbekistondagi korxona va tashkilot rahbarlarining atigi 28,0 %ga yaqini ayollardan tashkil topgan. Bu ayollar va erkaklarning ish bilan bandlik xususiyatidagi tabaqalanishni birmuncha kuchaytiradi. Endilikda bu tafovutlarni kamaytirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda, bu hol ayollarning ish bilan bandlik darajasini oshirishda ma’lum darajada ijobiy siljish imkonini beradi.
SHu bilan birga, ayollar ishchi kuchining o‘ziga xos tomonlarida aniqlik hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Binobarin, bu omil qanchalik to‘laroq hisobga olinsa, ayollar kasbiy mehnatining aholini ko‘paytirish bilan birga qo‘shib olib borilishi uchun eng yaxshi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yaratiladi. SHuni ham aytish kerakki, ish bilan samarali bandlikni shakllantirishda ayollarning roli ular mehnat resurslarining faqat son va sifat tarkibi bilan emas, shu bilan birga ayol-onaning sog‘lom avlodni tarbiyalash sohasiga qo‘shgan hissasi bilan ham belgilanadi.
Ayollardagi onalik vazifasi bilan bir qatorda psixofiziologik xususiyatlar bog‘langan bo‘lib, bu ularning mehnat sharoitlariga oshirilgan talablar qo‘yilishini taqozo etadi. Agar texnikadan foydalanilsa, erkaklar va ayollar ishchi kuchini tatbiq etishdagi farqlar ma’lum darajada birxillashuvi mumkin. SHu bilan birga mehnat va dam olishni tashkil etish ham ayollar organizmi xususiyatlariga ko‘proq darajada mos kelishi lozim.
O‘zbekistonda ayollar ish bilan bandligining yuqori darajada ekanligi ayollar ish kuchining yangi xislatlari tarkib topishiga yordam beradi. Ayollar uchun kasb mehnati ular hayotining ajralmas bir qismiga aylanadi.
Ish bilan bandlikda yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalari ularning mamlakat mehnat potensialini shakllantirishdagi roli bilan belgilanadi. Bu guruhda shartli ravishda ikki katta guruhni – o‘quvchilar va ishlovchi yoshlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Mehnat bozoriga chiqadigan va ish bilan bandlikka ko‘maklashuv Markazlari xizmatiga murojaat qiladigan yoshlarning umumiy soni kadrlarning bo‘shash ko‘lami bilan belgilanadi. Bunda ko‘p narsa xodimlar qaysi tarmoqlardan bo‘shashiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bular mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati tarmoqlarida bo‘lsa, bu joylarda ishlovchi ishlarning ulushi ko‘proq bo‘ladi va ular orasida ishsizlik soni ortadi.
YOshlar o‘rtasidagi ishsizlik miqyosini tartibga solib turishning muhim usuli faoliyatning asosiy sohasi bo‘lgan ehtiyojini pasaytirishdan iborat bo‘lib, bunga ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim oladiganlar sonini ko‘paytirish, kichik yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalari bor yosh ayollarga nisbatan esa oilalarga ijtimoiy yordam berishni yaxshilash yo‘li bilan erishiladi. O‘qiyotgan yoshlar sonini kengaytirishning ikkita yo‘nalishi bo‘lishi mumkin. Birinchisi ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ikkinchi yo‘nalishga vaqtincha chora sifatida qarash mumkin va u kollej o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida mehnat bozori ehtiyojlarining o‘zgarib borishiga muvofiq qayta ixtisoslashuv natijasida ta’lim olish muddatini uzaytirishdir.
O‘rta yoshli kishilar (30-49 yosh) – O‘zbekiston mehnat resurslarida eng ko‘p sonli guruh bo‘lib, umumiy mehnat resurslarining 55,0 %dan ortig‘ini tashkil etadi. Uning o‘ziga xos xususiyati milliy iqtisodiyotda ish bilan bandlikning eng yuqori darajasiga erishilishidir. Mazkur ijtimoiy-demografik guruh xodimlaridan, asosan, kasb manfaatlari barqaror aniqlangan. SHuning uchun, ham bu guruhda ish o‘rnini o‘zgartirishga intilish boshqa ijtimoiy-demografik guruhlarga nisbatan ancha kamroqdir.
50 yoshdan oshgan mehnatga qobiliyatli yoshdagi kishilarning (10,0%) ish bilan bandligi mazkur guruhning yosh xususiyatlari bilan belgilanadi: bu ijtimoiy imkoniyatlarning pasayishi, kasbiy bilimlarning yuqori darajasi, katta amaliy tajribaning mavjudligidir. Mazkur ijtimoiy-demografik guruhda ish bilan bandlik darajasi keskin kamayadi. Buning sababi sog‘liqning holati, shuningdek, imtiyozli pensiya olish imkoniyatidadir.
Pensiya yoshi arafasidagi aholi guruhiga ish bilan bandlik xususiyati jihatidan pensiya yoshining dastlabki besh yili ancha yaqin bo‘ladi. Xuddi shular pensiya yoshdagi mehnatda faol aholining (5-6%) o‘zagini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda ana shu yoshdagi guruhning o‘ziga xos xususiyati shuki, bunda ma’lumot darajasi past bo‘lgan kishilarning ulushi ko‘proq bo‘ladi va pensionerlarning ko‘pchiligini ayollar tashkil etadi. Bu esa pensionerlar mehnatidan foydalanish sohasini toraytirib qo‘yadi, buning ustiga ular kamharakatchanlik bilan ajralib turadilar. Bu esa ularni tarmoqlar, kasblar bo‘yicha qayta taqsimlash imkoniyatini pasaytiradi.
Ish bilan band bo‘lganlarga (har ikki jinsga mansub 16 yosh va undan katta
bo‘lgan):

  • haq olish uchun to‘la yoki to‘liqsiz ish kuni shartlarida yollanma ish, shuningdek faoliyat uchun bevosita to‘lov yoki daromadni olish muddatidan qat’i nazar, daromad keltiruvchi boshqa ishni mustaqil yoki ayrim fuqarolar uchun bajarib turganlar;

  • turli sabablarga ko‘ra (kasallik, ta’til, mehnat safarlari, qayta tayyorlash va boshqalar) vaqtincha ish joyida yo‘q bo‘lganlar;

  • xususiy korxona va tadbirkorlikda maosh olmay ishni bajarib turganlar kiritiladi.

Ishsizlarga esa 16 yosh va undan katta bo‘lgan yoshdagi o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra:

  • ishga (daromad keltiradigan mashg‘ulotga) ega bo‘lmagan;

  • ish izlayotgan va ish bilan bandlikka ko‘maklashish Markazi xizmatida ro‘yxatga olingan;

  • ishga tushishga tayyor bo‘lgan shaxslar kiritiladi.

Ish bilan band aholi – ijtimoiyishlab chiqarishda faoliyat yuritayotgan mehnat resurslarining faol qismidir. XMT uslubiyati bo‘yicha unga quyidagilar kiritiladi:

  1. yollanib ishlayotganlar, shu jumladan, xorijda;

  2. tadbirkorlar;

  3. mehnat daromadiga ega va talabalar;

  4. qisman ish bilan band talabalar va uy bekalari;

  5. erkin kasb egalari bo‘lgan shaxslar;

  6. harbiy xizmatchilar;

  7. oilaning yordam beruvchi a’zolari (bolalarni tarbiyalash, nogironlar va keksa yoshdagi fuqarolarga qarash bilan band bo‘lganlar).

Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) tomonidan ish bilan bandlik tushunchasiga berilgan ta’rifiga ko‘ra, iqtisodiy faol aholini aniqlash uchun belgilangan, muayyan qisqa davr mobaynida (bir hafta yoki bir kun) quyidagi toifalarga kiritilgan katta yoshdagi barcha shaxslar ish bilan band bo‘lgan aholi qatoriga qo‘shiladi:

  • yollash bo‘yicha ish bilan band bo‘lganlar: 1) «ishlayotgan shaxslar», bular hisobot davri mobaynida pul yoki natura shaklidagi ish haqi yoki maosh uchun ma’lum ishni bajarayotgan; 2) «ish joyiga ega bo‘lgan, ammo ishlamayotganlar» – hozirgi ish joyida ishlagan, garchi rasman ish joyini saqlab tursa-da, hisobot davrida vaqtincha ishlamayotgan shaxslar;

  • o‘z korxonasida ish bilan band bo‘lganlar: 1) «ishlayotgan» shaxslar, bular hisobot davri mobaynida pul yoki natura shaklida foyda yoki oilaviy daromad olish maqsadida ma’lum ishni bajarishayotgan; 2) «korxonasi bor, ammo ishlamayotganlar» - firma, ferma yoki xizmat ko‘rsatish korxonasiga ega bo‘lgan,

hisobot davri mobaynida u yoki bu sababli vaqtincha ishlamayotgan shaxslar.
Xalqaro standartlarda «ma’lum ish» tushunchasiga kamida bir soat mobaynida bajariladigan ish deb aniqlik kiritiladi.
Ishni yollanma va xususiy korxonadagi ish bo‘yicha farqlash bilan aholining ish bilan bandligi – bufaqat maosh olish uchun ishlash emas, balki foyda yoki oilaviy daromad olish uchun, bunga yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarish ham ekanligini ta’kidlash lozim. Bunday yondashuv aholi ish bilan bandligining har ikki turini belgilashda tegishli atamalarni qo‘llash imkonini beradi. Aytib o‘tamiz, bu farqlash ish bilan band aholining maqomini baholash imkonini bermaydi.



      1. Download 0,55 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish