Меҳнат иқтисодиёти


Kasanachilik mehnati va uni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari



Download 0,55 Mb.
bet42/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

7.Kasanachilik mehnati va uni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari


Ish bilan bandlikning noan’anaviy shakllari – uy mehnati, oilaviy biznes, kasanachilik, xizmat ko‘rsatish va qoramolchilik kabi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish aholi ish bilan bandligini ta’minlashning asosiy yo‘llaridan biridir. Aynan shu bois, so‘nggi yillarda ish bilan bandlikning yangicha va noan’anaviy ko‘rinishlarini joriy etish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, respublika aholisining bandligi va daromadlari barqaror o‘sishini ta’minlashga doir vazifalarni hal etishda kasanachilikning turli shakllarini keng rivojlantirish, jumladan, uning sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Sanoat korxonalarining kasanachilarga zarur xomashyo va materiallarni etkazib berish asosida oilaviy pudratni rivojlantirish fuqarolarga vaqtdan unumli foydalanish, shu bilan birga, past rentabelli va ko‘p mehnat sarfi talab qiladigan mahsulotlarning ayrim turlarini uy sharoitida ishlab chiqarishni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Bu o‘z navbatida, yirik korxonalar ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ish bilan band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarishga jalb etish, oila byudjeti daromadlarini ko‘paytirish, uy mehnatidan foydalangan holda butlovchi qismlar, tayyor mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish orqali yirik sanoat korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida 2006 yil 5 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF- 3706 sonli Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatimizda kasanachilik mehnatini rivojlantirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e’tirof etildi:
mehnat qonunchiligini takomillashtirish, kasanachilar ijtimoiy himoyasi va mehnati muhofazasini ta’minlashni inobatga olgan holda aholini uy mehnati
faoliyatiga keng jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
sanoat korxonalari bilan ularning buyurtmalari asosida uyda mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, birinchi navbatda, sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradigan tikuvchilik, attorlik, ipakchilik, qayta ishlash, mebel, elektron sanoatda, shuningdek telekommunikatsiya, servis va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish;
korxonalarning buyurtmalari asosida uyda ishlayotgan fuqarolarga buyurtmachilar tomonidan xomashyo, material va yarim fabrikatlarni etkazib berish hamda buyurtma asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishni kafolatlashda barqaror sharoit yaratish.
Mazkur farmonga ko‘ra quyidagilar belgilab qo‘yilgan:
korxonalarning buyurtmalari uyda ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) tomonidan mehnat shartnomasi asosida bajariladi;
korxonalar bilan mehnat shartnomasi tuzgan kasanachilar band aholi toifasiga kiradi va ularga mehnat daftarchasi beriladi, pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar tayinlashda ishlagan vaqti mehnat stajiga qo‘shiladi;
kasanachilik mehnati amalga oshirilayotgan turar joylarni yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar toifasiga o‘tkazish talab etilmaydi;
mehnat shartnomasida ishlarni bajarish uchun zarur uskunalar etkazib berish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish, asboblar, jihozlar, materiallar va yarimfabrikatlar bilan ta’minlash, kasanachilarni majburiy tarzda texnika xavfsizligiga o‘qitish hamda buyurtmachi talab qilgan sifat standartlari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashib ketish, bajarilgan ish uchun hisob-kitob qilish bo‘yicha korxonalarning kasanachilar oldidagi kafolat va majburiyatlari ko‘zda tutiladi.
Farmonga muvofiq, ish bilan bandlikning ushbu shaklini rag‘batlantirish maqsadida bir qancha imtiyoz va engilliklar ko‘zda tutilgan:
tovarlar ishlab chiqarish bo‘yicha kasanachilarga buyurtma beradigan korxonalar 2006 yilning 1 fevralidan boshlab, besh yil muddatga, mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga to‘lanadigan mablag‘larga teng miqdorda, mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod qilinadi;
korxona tomonidan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq, kasanachilarga korxona buyurtmasi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun bepul foydalanishga berilgan asbob-uskuna, jihozlar va inventarlar ulardan foydalanish davrida mulk solig‘idan ozod etiladi;
kasanachilik amalga oshiriladigan turar joy binolarini noturar joy binolar toifasiga o‘tkazish talab qilinmaydi;
kasanachilar korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyasiga to‘liq amal qilgan taqdirda, uy sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni qo‘shimcha sertifikatlash va standartlash talab etilmaydi. Bunda uyda ishlab chiqarilgan mahsulot sifati bo‘yicha belgilangan standartlarga rioya qilish bo‘yicha mas’uliyat, u sanoat korxonalariga qaytarilganda – kasanachilar zimmasiga, oxirgi iste’molchiga sotishda esa sanoat korxonasi zimmasiga yuklanadi;
mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan korxonalarga kasanachilar tomonidan mahsulotlarning qaytarilishi ulgurji savdo hisoblanmaydi va litsenziyalanmaydi;
kasanachilik mehnati bilan shug‘ullanadigan shaxslar mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun iste’mol qilinadigan kommunal xizmatlarga aholi uchun qo‘llaniladigan tariflar bo‘yicha haq to‘laydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 11 yanvardagi 4- sonli qaroriga muvofiq «Kasanachilik to‘g‘risidagi nizom» qabul qilingan bo‘lib, mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasida kasanachilikni tashkil etish shartlari, shu jumladan, kasanachilar bilan mehnat shartnomalarini tuzish tartibini, ularga asbob- uskunalar, jihozlar, xomashyo va materiallar berish, ular mehnatiga haq to‘lash va muhofaza qilish, kasanachilarni ijtimoiy sug‘urta qilish tartibi hamda kasanachilar mehnatidan foydalanayotgan ish beruvchilar uchun belgilangan soliq imtiyozlari qo‘llanilishi ustidan nazorat qilish mexanizmini belgilaydi.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish