Меҳнат иқтисодиёти


Ish bilan bandlikning hozirgi zamon nazariyalaridan foydalanish



Download 0,55 Mb.
bet37/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

Ish bilan bandlikning hozirgi zamon nazariyalaridan foydalanish


Turli mamlakatlar va turli vaqtlarda iqtisodiy siyosat, shu jumladan, aholini ish bilan bandlik siyosatini ishlab chiqishda turli nazariyalardan foydalanilgan. Biroq 30-yillarda ro‘y bergan eng kuchli jahon inqirozi davridan boshlab keynschilar nazariyasi ustun nazariya bo‘lib qoldi, deb aytish mumkin. U AQSH Prezidenti
F. Ruzvelt tomonidan mamlakatni chuqur tanglikdan olib chiqish va ommaviy ishsizlikni bartaraf etish choralarini ko‘rishda foydalanildi.
Keyns nazariyasining qoidalari AQSHda 1946 yilgi qabul qilingan “Aholining ish bilan bandligi Qonunida”, ish bilan to‘liq bandlik va balansli rivojlanish to‘g‘risidagi 1978 yilgi Qonunda (Xemfri – Xoukins qonuni) o‘z ifodasini topdi. Aholini ish bilan bandlik to‘g‘risidagi 1946 yilgi Qonunda, xususan, bunday deyilgan: «Kongress federal hukumatning doimiy siyosati va mas’uliyati barcha amaliy vositalardan... barcha layoqatli, ishlashni xohlaydigan va ish qidirayotgan barcha kishilarga ishga joylashish uchun tegishli imkon beradigan shart-sharoitlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida foydalanishdan iborat, deb e’lon qiladi...»14.
Samuelson Qonunning ana shu qismini sitata qilib keltirar ekan, bunday deb yozgan: «Aholining ish bilan bandligi to‘g‘risidagi 1946 yilgi Qonun mamlakatimizda joriy etilgan muhim yangilik hisoblanadi. U hukumat zimmasiga ish bilan bandlikni ta’minlash uchun mas’uliyat yukladi va aniq harakatlar uchun hukumat va kongressda tegishli mexanizm yaratildi»15. SHuni ta’kidlash muhimki, aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ham bu masala o‘z aksini topgan bo‘lib, uni amaliy jihatdan mukammal holga keltirgan. Aholini ish bilan bandligining yangi mikroiqtisodiy nazariyasi mehnat bozorini ichki tomondan bir xil bo‘lmagan va nihoyat darajada dinamik o‘zgaruvchan va harakatchan tizim deb hisoblaydiganlar yangi nazariyani aks ettiradi. Iqtisodiyotning dinamik rivojlanishi bo‘yicha yondashish, avvalo, CH. Xolt, CH. Perri,
M. Feldsteynlarning tadqiqotlari bilan bog‘liq. Bu nazariyani ilgari suruvchi olimlar ishsizlikdan, odatda, oila boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar ko‘proq jabrlanishini ko‘rsatib berdilar. Ilmiy iste’molga yangi
14Самуэльсон П. Экономика. Т.2. - М., 1994, 332-б..
15Самуэльсон П. Экономика. Т.2. - М., 1994, 332-б..
ko‘rsatkich – tugallanganishsizlikning o‘rtacha muddati, ya’ni ishsizlikning boshlanishidan oxirigacha bo‘lgan muddatikiritilgan edi. Odatda, bu muddat ko‘pi bilan bir, bir yarim oyni tashkil etishi aniqlandi.
Masalaga dinamik yondashish tarafdorlari tahlil qilish uchun ishsizlik turlarini aniqlashda mehnat bozoridagi ishchi kuchi oqimlari tasniflanishini qo‘lladilar. Bu nazariya mualliflari ishsizlikni umuman emas, balki ishchi kuchining har bir alohida toifasiga nisbatan tushuntirish, mehnat bozoridagi har bir oqimga tegishli bo‘lgan o‘ziga xos sabablar va ish bilan band emaslik manbalarini izlab topish lozim deb, hisoblamoqdalar. Ishsizlik muammosini ular ish o‘rinlari surunkali ravishda etishmasligiga emas, balki ko‘plab kishilarning olingan ish o‘rnida uzoq saqlanib qola olmasliklarida deb bilgan edilar. Bu iqtisodchilar soliqlarni kamaytirish, ishsizlik yuzasidan beriladigan nafaqalar miqdorini qisqartirish, qonunda belgilangan eng kam ish haqi darajasini bekor qilish yoki pasaytirish, mehnat bozoridagi axborot tizimini takomillashtirishni jamiyatning iqtisodiyotga ta’sir etishi chora-tadbirlari sifatida taklif etdilar.
Muvozanat modellari, tozalanmaydigan bozorlar paradigmasi ish bilan bandlik yangi makroiqtisodiy nazariyasiga kiradi. Ushbu konsepsiyalar ishsizlikka uzoq davom etadigan o‘zgarmas muvozanatsizlik fenomeni deb qarashni aks ettiradi. Bu konsepsiyalarda ishsizlik ayrim bozorlarning umumiy muvofiqlashtirilmaganligi bilan izohlanadi. Keyns nazariyasidagidek, faqat mehnat bozoridagina emas, balki tovar bozoriga yoyilgan narxlar qat’iyligi va o‘zgarmasligi muvozanatsizlik modellarining umumiy shart-sharoiti mavjud. Har ikki bozorda narxlar qaysi darajalarda hosil bo‘lganligiga qarab iqtisodiyotda quyidagi tartiblarda tasniflar amalga oshadi:

  • Keynscha ishsizlik tartibi, bostirilgan inflyasiya tartibi (umumiy ortiqcha talab bilan tasniflanadi).

  • Klassik ishsizlik tartibi mehnat bozoridagi taklifning ortiqchaligi va tovar bozoridagi tovarning ortiqchaligi bilan tasniflanadi.

  • CHala iste’mol tartibi esa tovar bozoridagi talabning etishmasligi va mehnat bozoridagi taklifning etishmasligi bilan tasniflanadi.

  • Valrascha muvozanat bu to‘rt tartibning tutashgan nuqtasi bo‘lib, bunda bozorlarning birortasida ham na ortiqcha talab, na ortiqcha taklif bo‘lmaydi, bitimlar muvozanatli narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

SHartnomaviy ish bilan bandliknazariyasi iqtisodiyotda 70-yillarning o‘rtasida paydo bo‘ldi. Deyarli bir vaqtda ushbu nazariyani D. Gordon, M. Beyli va
K. Azariadislar ilgari surdilar. Mehnat bozoridagi sub’ektlarning davriy xatti- harakatini ushbu sub’ektlar o‘z iqtisodiy manfaatlari yo‘lida harakat qiladilar degan
fundamental aksioma bilan kelishtirishga urinish shartnomaviy nazariyaning boshlang‘ich negizini tashkil etadi. Ushbu nazariya mualliflarining fikricha, munosabatlarning shartnomaviy tabiatga ega ekanligi mehnat bozoridagi sub’ektlar, hatto ular yozma shartnoma tuzmagan taqdirlarida ham o‘zaro bog‘laydi. SHunchaki ushbu holda shartnoma «implitsitli» bo‘lib qoladi, ya’ni ochiq-oydin, yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan bo‘lmaydi, shunday bo‘lsa-da, uning shartlariga tomonlar rioya etishga intiladilar, chunki bu o‘zaro manfaatdorlikka olib boradi.
Masalan, ko‘pchilik mamlakatlarda inqiroz davrlarida ish haqini kamaytirmay, malakali xodimlarni ushlab qolishga harakat qilinadi, chunki ular xodimlarning o‘z xohishlari bilan bo‘shab ketishlari natijasida yanada ko‘p zarar ko‘riladi. Lekin yuksalish davrida firmalar ish haqini oshirmaslik imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xodimlar ham ishga kirolmay qolish ehtimoli hamisha mavjudligini hisobga olib, tavakkal harakat qiladilar. SHu sababli ular ko‘proq ish haqini oshirishdan ko‘ra, barqarorlikni afzal ko‘radilar.
SHunday qilib, ish haqi dinamikasi silliqlangan bo‘lib chiqadi (inqirozdavrlarida ish haqi unchalik pasaymaydi va yuksalish davrlarida unchalik oshmaydi), u tekis traektoriya bo‘ylab harakat qiladi. Ish haqining qat’iyligi
«keynscha» tusini yo‘qotib, shaxslarning iqtisodiy jihatdan idrok qilingan natijaga aylanadi.
Institutsional yo‘nalish. Mazkur yo‘nalish namoyandalari siyosat, mafkura, huquq va psixologiyani mehnatga joriy qilish va ishga tushirishining iqtisodiy shart- sharoitlari va qonunlariga nisbatan hal qiluvchi omillar deb qaraydilar. Bu mualliflar makroiqtisodiy tahlildan chetlashadilar, mehnat bozori tabiatining ayrim tarmoqlarini, professional va demografik guruhlar dinamikasining xususiyatlari bilan izohlashga urinadilar. Xususan, Adam, SHreder, Leyn yangi klassiklarning qarashlarini rad etib, ish bilan to‘liq bandlikni mehnat qilishni xohlaydigan har qanday kishi ish topishi, shu jumladan, to‘liq ish kuniga ish topishi mumkin bo‘lgan holat deb ta’riflaydilar.
Adam, o‘z navbatida sotsializmdagi «ortiq darajada ish bilan bandlik» yoki
«yashirin ishsizlik» oqibatidagi talafotlarni G‘arb mamlakatlaridagi ishsizlik oqibatidagi talafotlar bilan taqqoslab, «haddan ortiq ish bilan bandlik» degan xulosaga keladi. Ma’naviy va ruhiy jihatdan og‘ir yuk hisoblanadigan ishsizlik iqtisodiy jihatdan qanday yuk ekanligini gapirmasa ham bo‘ladi, u jamiyatga ish bilan to‘liq bandlikni tiklash va saqlashdan ham qimmatroqqa tushadi.
Fleksibillash konsepsiyalari axborotlashtirish va kompyuterlashtirish bilan bog‘liq texnologiya, texnika, ishlab chiqarishdagi tub o‘zgarishlar davridagi boshqaruv innovatsiyasi sifatida yuzaga kelgan. Ushbu konsepsiyalar mehnatni tashkil etish shakllari xilma-xilligining doimiy oshib borishi, ish vaqti
moslashuvchan jadvallari va ishga yollashning yangi tizimlari (vaqtinchalik o‘zganing o‘rnida ishlash, bir qancha funksiyani bajarish) yoyilishini nazarda tutadi. Moslashuvchan tarzda ish bilan band etish siyosatining tabiati ko‘p jihatdan uning qo‘shimcha ishchi kuchining muntazam ravishda jalb etishga zo‘r berish yoki asosan, mehnat jamoasi doimiy o‘zagining kasbiy harakatchanligini rivojlantirishga qarshi qaratilishi bilan belgilanadi. Birinchi holda gap ish bilan band etishni eksternlash (ya’ni miqdoriy moslashuvchanlik), ikkinchi holda esa internlash (ya’ni
funksional moslashuvchanlik) to‘g‘risida borishini ifodalaydi.
SHunday qilib, ishsizlikni yalpi talab etishmasligi natijasida noilojdan ro‘y beradigan hodisa deb tasavvur qilish (Keyns) va mehnat taklifining ish haqi darajasiga bog‘liqligi, ish haqi oshirilmasligi inflyasiyani pasaytirishi hamda ishlab chiqarish sharoiti va ish bilan bandlikka ijobiy ta’sir etishi to‘g‘risidagi tasavvurdan iborat ikki qarama-qarshi tendensiya ish bilan bandlik nazariyasida hamon mavjudligini ko‘rsatadi. Aholining ish bilan bandligi bo‘yicha ba’zi konsepsiyalarning qisqacha sharhi ish bilan bandlik munosabatlarini tartibga solish borasida to‘plangan tajribalarni O‘zbekistonda qo‘llash mumkinligi to‘g‘risida tasavvurlar uyg‘otishi mumkin.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish