Меҳнат иқтисодиёти


Aholi daromadlari, ularning shakllanish manbalari va foydalanish yo‘nalishlari



Download 0,55 Mb.
bet73/166
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#395492
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   166
Bog'liq
Ме нат и тисодиёти (1)

Aholi daromadlari, ularning shakllanish manbalari va foydalanish yo‘nalishlari


Har bir insonning moddiy va ma’naviy turmush imkoniyatlari uning daromadlari darajasiga bog‘liq. Insonning daromadi darajasi qancha yuqori bo‘lsa, uning o‘z zaruriy ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishni tashkil etish, ma’lumot olish va bo‘sh vaqtini madaniy tarzda o‘tkazish imkoniyatlari shuncha ko‘p bo‘ladi.

Daromadlar ehtiyojlarni bevosita qondirish manbai sifatida aholi hayotida katta rol o‘ynaydi. Davlat byudjetining daromad qismi asosan jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliq va to‘lovlardan tashkil topadi hamda ular ijtimoiy ehtiyojlar uchun sarflanadi va shu tariqa aholi ehtiyojlari bilvosita qondiriladi.

Iqtisodiy adabiyotlarda «daromad» tushunchasi ishlab chiqarilgan mahsulot narxining uni ishlab chiqarish sarf-xarajatlaridan oshishi, shuningdek har bir sinf, ijtimoiy guruh yoki alohida shaxsning yangi yaratilgan qiymatda mavjud bo‘lgan va uning u tomonidan o‘zlashtirilgan ulushi sifatida ta’riflanadi.

Daromadlar harakati iqtisodiyotning ishlab turishini ta’minlaydi. Aylanish jarayonida daromadlar izchil ravishda yuzaga kelish, taqsimlanish va qayta taqsimlanish, pirovard, iste’molga ishlatilish, jamg‘arilish kabi bosqichlaridan o‘tadi. Daromadlarning yuzaga kelishi ularning tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonidagi harakatining boshlang‘ich bosqichi bo‘ladi. Bu






22 Конвенции и рекомендации, принятые Международной конференцией труда (1919-1966). Международное бюро труда. - Женева, 1983, 1321-б.

bosqichda daromadlar birlamchi ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Taqsimlanish jarayonida tadbirkorlar birlamchi daromadlardan mahsulot ishlab chiqarish va sotish yuzasidan soliqlar to‘laydilar, mehnat haqi va ishlab chiqarishning boshqa omillari yuzasidan haq to‘laydilar. Natijada dastlabki daromadlar ish haqi, foizlar, renta va korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasiga aylanadi.

Daromadlarning qayta taqsimlanishi jarayoni keyingi bosqich bo‘ladi. U soliqlar to‘lash, ijtimoiy fondlarga mablag‘lar o‘tkazish, korxonalar va aholiga turli transfertlar tarzida daromadlar bir qismini yo‘llashni o‘z ichiga oladi.

YAratilgan daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash natijalari bo‘yicha tasarrufdagi daromadlar (pirovard daromadlar) shakllanadi. Daromadlarning pirovard iste’moli va yalpi jamg‘arilishi ular aylanishining tugallovchi bosqichi bo‘ladi. Daromadlar darajasini tahlil etish, o‘lchash va taxmin qilish uchun ularning turlari va ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Daromadlar pul va natural shaklida bo‘lishi mumkin.

Aholining pul daromadlari mehnatkashlar uchun ish haqi hisobidagi barcha pul mablag‘lari tushumi; pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan foiz, dividendlar, renta ko‘rinishidagi daromadlar; aksiyalar, qimmatbaho qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, chorva hayvonlari, tomorqa xo‘jaligi mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlarni sotishdan tushadigan pul tushumlari, turli xizmatlar ko‘rsatish uchun haqlar va boshqalardan tashkil topadi.



Aholi daromadlari nominal va real ko‘rinishda bo‘ladi. Nominal daromadlar pul ko‘rinishida olingan daromadlardir. Real daromadlar iste’mol narxlarining indeksiga qarab tuzatilgan joriy davrdagi nominal pulli daromadlardir. Nominal va real daromadlar ko‘rsatkichi bilan bir qatorda aholi pulli daromadlarining xarid qobiliyati ko‘rsatkichi ham alohida olib qaraladi. Bu ko‘rsatkich aholining tovarlar va xizmatlar sotib olish bo‘yicha imkoniyatlarini aks ettiradi hamda aholining o‘rta hisobda jon boshiga to‘g‘ri keladigan pulli daromadlarining tovar ekvivalenti orqali ifodalanadi. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan pulli daromadlar jami pulli daromadlar miqdorini mavjud aholi soniga bo‘lish orqali

hisoblab chiqiladi.

Aholi daromadlari tabaqalanishini baholashning boshqa usulini ham qo‘llash mumkin. Bu usul hisobga olish natijasining oshib borishini e’tiborga olish orqali amalga oshirilishiga asoslangan. YOki, iqtisodchilarning iborasi bilan aytganda, daromadning kumulyativ ulushlari hisobga olinadi. Barcha oilalarning daromadlari bir xil bo‘lgan, ya’ni yalpi daromad teng taqsimlangan va aholining har beshdan bir qismi yalpi daromadlarning beshdan bir qismini olgan taqdirda bunday tenglik grafikda bissektrisa ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Lekin bunday bissektrisa faqat mavjud

imkoniyatni ko‘rsatadi: amalda daromadlar hech qachon bir tekis taqsimlanmaydi.

Iqtisodchilarning fikricha, aholi daromadlari tabaqalashishining sabablari quyidagicha:


  1. kishilar o‘z aqliy qobiliyatlari bilan ajralib turadilar, iqtisodiy nazariya esa turli tabiiy xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar ish haqlari notengligi asosli ekanligini ko‘rsatib bermoqda;

  2. kishilar turlicha meros oladilar, bunday meros ularning ayrimlariga daromadlar borasida ustunlik beradi;

  3. yangi yaratilgan qiymat (yalpi daromad)ning mehnat va kapital o‘rtasida adolatsiz taqsimlanishi;

  4. mehnat bozorlaridagi kamsitishlar, bu kamsitish xodimlarga teng mehnat uchun turlicha ish haqi to‘lanishida ifodalanishi;

  5. inflyasiya yuqoriligi, u fuqarolar jamg‘armalarini qadrsizlantirib qo‘yishi va belgilab qo‘yilgan ish haqi oladigan xodimlarning daromadlarini pasaytirishi.

YAlpi daromadni taqsimlashdagi notenglikka yuqorida sanab o‘tilgan sabablardan boshqa sabablar ta’sir etadi. Masalan, jamiyatda pensionerlar ulushi ko‘payishi pensiya fondlariga ajratmalar kamayishi va shunga ko‘ra, ishlaydigan fuqarolarga nisbatan pensionerlarning daromadlari pasayishiga olib keladi.

Oilalar tarkibidagi farqlar ham daromadlardagi tabaqalashishni kuchaytiradi. Agar oilaning barcha a’zolari ishlaydigan bo‘lsa, ularning daromadlari ko‘p bolali oilalardagiga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi.

Ishsizlik ham daromadlar darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. YA’ni bunda ishsizlik yuzasidan nafaqa oladigan va boshqa daromad manbalari bo‘lmagan kishilar bir necha oydan keyin aholining eng kam ta’minlangan toifalariga kirib qoladilar.

Daromadlarning asosiy qismi aholidan iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektoriga shaxsiy iste’mol sarf-xarajatlari tarzida qaytadi, ushbu sarf-xarajatlar bir necha usulda tasniflanishi mumkin. CHunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi iste’mol sarf-xarajatlarini quyidagi tarzda tasniflaydi:



  1. uzoq vaqt foydalaniladigan tovarlarga sarf-xarajatlar;

  2. qisqa vaqt foydalaniladigan tovarlarga sarf-xarajatlar;

  3. xizmatlarga sarf-xarajatlar.

    1. Aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish

Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish vakolatli davlat idoralari tomonidan daromadlarni barqarorlashtirish va jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga muvofiq tarzda oshirib borish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda me’yorlarni o‘zida mujassamlashtiradi. U ishchi kuchini normal takror ishlab chiqarish va rivojlantirish uchun zarur shart-

sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan.

Hozirgi sharoitda davlat ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga butunlay aralashmasligi mumkin emas, chunki bozorning taqsimoti o‘z tabiati bo‘yicha adolatsizdir. Bozor sharoitida «har bir kishiga – iqtisodiy faoliyati natijasi- dan qat’i nazar munosib hayotni ta’minlovchi daromad» tamoyiliga rioya qilinmay- di. SHuning uchun bu jarayonga davlatning aralashuvi zarurat hisoblanadi.

Davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv imkoniyati iqtisodiy rivojlanishning ma’lum darajaga etishi, ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasida yuzaga keladi. Bu imkoniyatni haqiqatga aylantirish zarurati muammolar o‘sib borgani sayin kuchayadi va ularni davlat tomonidan tartibga solish orqali bartaraf etish lozim.

Hozirgi sharoitda daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarishning tarkibiy qismidir. U ko‘p vazifalarni echadi, masalan, iqtisodiy o‘sishni, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi progressiv siljishlarni rag‘batlantirish, eksportni qo‘llab-quvvatlash, ish bilan bandlik, soliqqa tortish, narxlarni tartibga solish va hokazo. Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning aniq yo‘nalishi, shakllari, ko‘lami ayrim mamlakatlar va muayyan davrda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar xarakteri va jiddiyligi bilan belgilanadi.

Turli sabablarga ko‘ra, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Skandinaviya davlatlari, YAponiya hamda Osiyo va Lotin Amerikasining jadal rivojlanayotgan bir qator davlatlarida daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi kengroq rivoj topgan. Ikkinchi jahon urushi, sotsializm lageri oqibatlarini boshdan kechirmagan AQSH, Kanada, Avstraliya kabi davlatlarda u zaifroq rivojlangan, ammo bu davlatlarda ham daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish muhim o‘rin tutadi, ayniqsa, kon’yunkturaning buzilishi, inflyasiya va ishsizlikning o‘sishi sharoitida unga ehtiyoj ortadi.

Ko‘rilayotgan doirada davlatning faolligi markaziy va mahalliy byudjetdan qilingan ijtimoiy xarajatlar hajmi bilan o‘lchanadi. Milliy daromadni qayta taqsimlashda davlatning imkoniyatlari byudjet tushumlari bilan cheklanadi. Davlat daromadlari o‘sishining ma’lum chegaralari mavjud:


  • tadbirkorlik faoliyatining etarli darajadagi chegaralari;

  • yollanib ishlovchilar, aholining o‘rta qatlamini soliqqa tortishning ijtimoiy chegaralari;

  • YAIMning o‘sish chegaralari (kon’yunktura chegaralari).

Mazkur chegaralarning mavjudligi shuni tasdiqlaydiki, ijtimoiy to‘lovlar miqdori davlatning moliyaviy (iqtisodiy) imkoniyatlariga monand bo‘lishi kerak. Ijtimoiy to‘lovlar hajmini soliq tushumlaridan oshirib yuborish byudjet kamomadi va inflyasiyaga sabab bo‘luvchi omillardan sanaladi.

Davlat soliqlar darajasini ham oshirib yubormasligi lozim, aks holda bozor rag‘batiga zarar etkazilishi va jamg‘armalarning turg‘un defitsiti yuzaga kelishi mumkin. Vaholanki, jamg‘armalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning moliyaviy asosini tashkil etadi va investitsiyalarga yo‘l ochadi.

Davlat daromadlarni qayta taqsimlashni tashkil qilar ekan, murakkab muammoni hal etadi: ishsizlar, nogironlar, keksalarni asrash uchun mablag‘ ajratishga jamiyatning qaysi qatlamlarini jalb qilish kerakligini aniqlab oladi. Bu murakkab vazifalar davlat tomonidan iqtisodiy imkoniyatlarni ijtimoiy iste’mol bilan muvofiqlashtirib hamda salbiy oqibatlarni mikro va makro darajada tugatib borib hal etiladi.

Har bir jamiyatda daromadlar siyosati konstitutsiya va unga tenglashtirilgan qonuniy hujjatlarda belgilangan ma’lum tamoyillar asosida yuritiladi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:



  • ijtimoiy adolat;

  • ijtimoiy hamkorlik va aholi barcha qatlamlarining birdamligi;

  • o‘z moddiy ahvoli uchun shaxsiy mas’uliyat;

  • mehnat huquqi va uni munosib rag‘batlantirish;

  • kasaba uyushmalari huquqi;

  • iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va boshqalar.




    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish