4..O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi bo‘yicha davlat siyosatining amalga oshirilishi
O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha faol davlat siyosati amalga oshirilib, mazkur siyosat tegishli qonunlar, Prezident Qarorlari va Farmonlari, hukumat qarorlari va shu kabi me’yoriy-huquqiy hujjatlar orqali amalga oshiriladi, boshqariladi va tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasim Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 noyabrdagi 505-sonli qaroriga muvofiq, mamlakat fuqarolari-
ning xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish tamoyillari va shart- sharoitlari belgilab berilgan. Unga muvofiq O‘zbekiston fuqarolari:
mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq hukumatlararo, idoralararo shartnomalar va bitimlar asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqish huquqiga egadirlar;
xususiy mehnat kontraktlari bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga faqat O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha chiqish huquqiga egadirlar.
Tashqi mehnat migratsiyasi O‘zbekistonda ishchi kuchining tashqi migratsiyasini tartibga solish va boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat tuzilmasi hisoblanib, uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mehnat migratsiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda va xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasida ishga joylashtirish uchun kvotalar ajratish va ruxsatnomalar berish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini ro‘yobga chiqarishda ishga joylashtirish, xorijda ishga joylashtirishga nomzodlar bilan dastlabki ko‘nikuv tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan ularga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijlardagi va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviy byurolar, shuningdek xorijga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazi faoliyatini muvofiqlashtirish;
xorijiy ishchi kuchlarini yollovchi xorij firmalari (korxonalar, muassasalar, kompaniyalar) bilan hamkorlikni rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga jo‘natish uchun nomzodlarni tanlab olishi bo‘yicha Idoralararo komissiyaning qarorlariga muvofiq ruxsatnomalar berish (ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish);
yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchlarini jalb etish uchun ruxsatnomalar berish (ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish), shuningdek
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari takliflariga muvofiq hamda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlari tahlili, aholi mehnat migratsiyasini rivojlantirishning uzoq muddatli va o‘rtacha muddatli prognozlarini hisobga olgan holda xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatiga tasdiqnomalar berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |