Меҳнат иқтисодиёти


Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyatidagi mehnat migratsiyasining ko‘lami va geografiyasi



Download 0,55 Mb.
bet55/166
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#395492
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   166
Bog'liq
Ме нат и тисодиёти (1)

3.Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyatidagi mehnat migratsiyasining ko‘lami va geografiyasi


Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyati mamlakatlarida mehnat migratsiyasi ommaviy tus oldi, bu esa ijtimoiy-iqtisodiy sohada jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Baholashlarga ko‘ra, unda 3,9-4,5 mln. kishi yoki ish bilan band aholining taxminan 4-5 % qatnashmoqda

Bu erda mehnat migrantlarining turli tomonga yo‘nalgan quyidagi ikki oqimini: mehnat immigratsiyasi va mehnat emigratsiyasini ajratib ko‘rsatish mumkin. SHu bilan birga, oqimlarning har biri legal (rasmiy xizmatlar tomonidan ro‘yxatga olingan) va nolegal (ro‘yxatga olinmagan) tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi

Keyingi yillarda Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining ba’zi mamlakatlari o‘z fuqarolarining huquqlarini himoyalash va mehnat emigratsiyasini uyushgan o‘zanga solish masalalarida o‘z pozitsiyalarini ancha faollashtirdilar. Masalan, Qirg‘izistonda Migratsiya va ish bilan bandlik davlat qo‘mitasi tashkil qilinib, unga vazirlik maqomi berildi, uning rahbari esa mamlakat hukumatining tarkibiga kirdi. SHu tariqa ushbu mamlakatdan mehnat migrantlari boradigan mamlakatlar bilan davlatlararo muloqot boshlanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Migratsiya va ish bilan bandlik davlat qo‘mitasi Rossiyaning qator mamlakatlarida, shu jumladan, Moskvada o‘z vakolatxonalarini ochdi, ushbu vakolatxonalarga Rossiyaning mehnat bozoridagi vaziyatni o‘rganish topshirildi. Natijada Qirg‘iziston o‘z fuqarolarining ishga joylashish masalasini Rossiya mintaqalari bilan hal qila boshladi. Masalan, Penza viloyatining rahbariyati Qirg‘izistondan keladigan 2 ming mehnat migrantini qabul qilishga tayyorligini e’lon qildi. Ushbu viloyat rahbariyati mazkur mehnat migrantlari yordamida qishloq joylarda sabzavotchilik va chorvachilikni tiklash, shuningdek qishloq joylardagi sog‘liqni saqlash tizimidagi malakali kadrlar tanqisligini bartaraf etish umidida edi17.

Jahonning turli mamlakatlaridagi vaziyatni tahlil qilish va mehnat migratsiyasini tartibga solish tajribasini umumlashtirish shuni ko‘rsatmoqdaki, jahondagi siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini hisobga ola turib, mamlakatning ishchi kuchiga bo‘lgan konkret ehtiyojlarini aniqlash xorijdan keladigan mehnat migratsiyasiga oid siyosatni shakllantirish uchun negiz bo‘lib qolishi kerak. Bir tomondan, ish bilan band aholining sonini (jumladan, mehnat migrantlari hisobiga) oshirib borish mumkin. Ikkinchi tomondan esa, mehnat unumdorligini oshirish, uskunalarni yangilash va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga mablag‘ sarflaydigan korxona egalarini soliq vositalari orqali rag‘batlantirib borish mumkin.

Mehnat migratsiyasining ko‘rib chiqilgan xususiyatlari va tendensiyalari uni tartibga solish tizimini takomillashtirishga oid qator tavsiyalarni ta’riflash imkonini




17 Икки минг қирғизистонлик мигрант Пенза вилоятида легал равишда ишлайди (www.gazetа.kg).

beradi. Bu tavsiyalar shundan kelib chiqadiki, ushbu sohadagi Evroosiyo hamjamiyatiga kiruvchi mamlakatlarda davlat siyosatining maqsadi vaqtinchalikka kelgan mehnat migrantlarini kerakli miqyosda ishga jalb etish hisobiga mehnat resurslari balansini ta’minlashdan iborat bo‘lishi lozim. Mahalliy aholi ishga joylashish borasida ustuvor huquqqa ega bo‘ladigan tarzda ishchi kuchiga oid aniq asoslangan ehtiyojlar negizida MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridan vaqtinchalikka keladigan uyushgan mehnat migratsiyasining kelaverishini rag‘batlantirish, shuningdek vaqtinchalikka keladigan mehnat migrantlarini legallashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish bunday siyosatning ustuvorliklaridir.

Mehnat migratsiyasini tartibga solish yuzasidan quyidagi konkret chora- tadbirlarni taklif etish mumkin.

Mehnat migrantlarini uyushgan tarzda vaqtincha ishga jalb etish to‘g‘risida, bir tomondan, Evroosiyo davlatlarining eng yirigi bo‘lgan Rossiya mintaqalari va ikkinchi tomondan, ortiqcha mehnat resurslariga ega bo‘lgan MDH mamlakatlari o‘rtasida ikki tomonlama tuziladigan bitimlarni tayyorlash va imzolash zarur.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida migrantlarni izlash, qabul qilish, rasmiylashtirish va vaqtincha ishga joylashtirish bo‘yicha davlat va xususiy kapital qatnashadigan rekruting kompaniyalari tashkil etish maqsadga muvofiq.

Ish beruvchi uchun mehnat migrantlarini vaqtinchalik ishga rasmiylashtirish taomilini soddalashtirish va tezlashtirish muhim. Bunday taomil xabarlovchi tusda bo‘lishi, aholini ish bilan ta’minlash xizmati orqali amalga oshirilishi va vaqt jihatidan qat’iyan cheklangan (ko‘pi bilan 10-15 kunni egallaydigan) bo‘lishi lozim. Mehnat qilish shartlariga, ishlab chiqarishdagi xavfsizlik texnikasiga rioya qilish, mehnat migrantlarining yashab turishlari uchun zarur bo‘ladigan ijtimoiy- maishiy sharoitlarning mehnat foliyatini amalga oshirishlari uchun qonuniyligini muntazam monitoringini tashkil etish zarur. SHu bilan bir yo‘la ish beruvchilarning migrantlar mehnatidan foydalanishlari ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek nolegal migrantlarning mehnatini ekspluatatsiya qiladigan ish beruvchilarni jazolashni (toki jinoiy javobgar qilishgacha) qattiqlashtirish lozim. Ayni chog‘da esa vaqtinchalikka kelgan mehnat migrantlarini ishga qonuniy rasmiylashtirishni amalga oshiradigan, ularning ijtimoiy sug‘urta qilinishi, normal turar joy sharoitlarida yashashi va xavfsiz sharoitlarda mehnat qilishini ta’minlaydigan ish beruvchilarni rag‘batlantirish kerak. Xorijlik mehnat migrantlarini ishga yollash qoidalaridan ish beruvchilarni xabardor qilib borish ham xuddi shu kabi muhimdir. Xorijlik xodimlarni legal ravishda rasmiylashtiradigan, ularga to‘lanadigan ish xaqini oshiradigan, ularning sug‘urta qilinishlarini taminlaydigan ish

beruvchilarning ijtimoiy mablag‘ ajratmalari stavkasini pasaytirish mumkin.

Barcha Evroosiyo mamlakatlarining turli mintaqalarida ochiq maslaxat

shoxobchalar tarmog‘ini tashkil etish asosida migrantlarning huquqlarini ta’minlash, ishga taklif etayotgan mamlakatda yashab turish shart-sharoitlariga rioya qilish masalalarida axborot va maslahatlar bilan qo‘llab-quvvatlab borish tizimini tashkil etish zarur. Ro‘yxatdan o‘tish, yashab turish va ishlash qoidalaridan migrantlarni iloji bo‘lgan barcha yo‘llar bilan: televidenie, radio, gazetalar, axborot tablolari va stendlar orqali xabardor qilib borish kerak. Bunday ko‘rgazmali axborotlar bozorlarda, avtobus bekatlarida ko‘zga ko‘rinadigan tarzda joylashtirib borilishi lozim. Mazkur axborotlar mehnat migrantlarining asosiy oqimlari qaysi mamlakatlardan kelayotgan bo‘lsa, o‘sha mamlakatlarning tillariga tarjima qilinishini ham ta’minlash zarur.

Evroosiyo mamlakatlari iqtisodiyotining rivojlanish darajasi o‘rtacha muddatli istiqbolda ikki toifadagi mehnat migrantlariga – past malakali ishchi kuchiga va muayyan kasblarning tajribali mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyojning kuchayib borishi bilan xarakterlanadi. Birinchi toifadagi mehnat migrantlarini ishga jalb qilganda xorij mamlakatlar tajribasidan foydalanish kerak (xorijiy mamlakatlarda bunday toifadagi mehnat migrantlari fuqarolik berilmaydigan tarzda keyinchalik mamlakatdan chiqib ketish sharti bilan shartnomalarda aniq aytib o‘tilgan muddatlarga vaqtinchalikka qabul qilinadilar).

Ikkinchi toifadagi mehnat migrantlariga tatbiqan qattiqroq mezonlar qo‘llanilishi kerak: muayyan darajali ma’lumotga ega bo‘lish, mutaxassisligi bo‘yicha diplom va ish tajribasi bo‘lishi, muayyan yoshda bo‘lish talab qilinadi. Turli mamlakatlarning tajribasi ko‘rsatishicha, migrantlarning bu toifasi nafaqat mehnat resurslarining, balki shuningdek doimiy aholining soni to‘ldirib borilishining manbai bo‘ladi. Germaniya, AQSH, Avstraliya va ko‘plab boshqa mamlakatlarda yuqori malakali mutaxassislar mazkur mamlakatda bir necha yil mobaynida yashab turganlaridan keyin ularga istiqomat qilishga guvohnoma va fuqarolik beriladi. SHunda vaqtinchalik mehnat migratsiyasi doimiyga aylanadi, bu esa qisman bo‘lsa-da, mamlakatning mehnat resurslari va demografik muammolarini hal qilishga ko‘maklashadi.




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish