Меҳнат иқтисодиёти


Aholi daromadlari va uning taqsimlanishi yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlar tasnifi



Download 0,55 Mb.
bet71/166
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#395492
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   166
Bog'liq
Ме нат и тисодиёти (1)

Aholi daromadlari va uning taqsimlanishi yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlar tasnifi


Aholi daromadlariga doir nazariyalarni ko‘rib chiqishni klassiklardan boshlash maqsadga muvofiq, chunki iqtisodiyot fanining ulardan oldingi namoyondalari (sxolastlar, merkantilistlar, fiziokratlar va boshqalar) ushbu masalalar yuzasidan yaxlit qarashlar tizimini bayon etmaganlar.

Klassik siyosiy iqtisod vakillari (A. Smit, D. Rikardo, D. Mill va boshqalar) birinchilar aholi daromadlari yuzasidan yaxlit qarashlar tizimini qatorida ta’riflab berdilar. Ularning nuqtai nazariga ko‘ra, pulning barcha tovarlar va xizmatlarga nisbatan narxlarning o‘rtacha darajasi bo‘yicha hisoblangan xarid qobiliyati doimiy bo‘ladi.

Klassik iqtisodchilar asosan Maltusning aholi o‘sishining oziq-ovqat resurslariga bog‘liqlik nazariyasiga qo‘shilar edilar. Xuddi ana shu nazariya ularga tirikchilik minimumi bilan belgilanadigan ish haqi nazariyasini asoslashga yordam berdi.

Mazkur maktab namoyandalari tirikchilik minimumi deganda, mehnat xizmatlarining «tabiiy» bahosi – jismonan yashash uchun zarur bo‘lgan ish haqi darajasi, ya’ni ishchilar olishi kerak bo‘lgan minimal haqini tushunar edi.

Klassiklar aholining o‘zgarmas sonini qo‘llab-quvvatlaydigan «tabiiy ish haqini» qisqa muddatli «bozor ish haqidan» farqlar edilar. Agar «bozor ish haqi» tabiiy ish haqidan ortiq bo‘lsa, aholining o‘sishiga yo‘l qo‘yadi. Ularning fikricha, ish haqi darajasining tirikchilik minimumigacha pasayish tamoyili aholi ortiqchaligini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, ular har bir jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad maksimal bo‘lgan vaqtdagi aholi soni optimal son bo‘ladi, deb hisoblar edilar.

Klassiklar Maltus izidan borib, kambag‘allikning sababini aholi o‘sish sur’ati bilan tirikchilik minimumini belgilaydigan hayotiy ne’matlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi oddiy nisbatdan iborat deb qaraganlar. Ular bevosita davlat subsidiyalari

yoki xususiy xayr-ehsondan foydalanib, qashshoqlikni engishga qarshi chiqar edilar, chunki bu aholi o‘sishining asosiy cheklovini kuchsizlantirishi mumkin edi. Agar bir ishchiga to‘g‘ri keladigan ish haqi tirikchilik minimumiga teng bo‘lsa, aholi sonida muvozanat o‘rnatiladi. Aholi kam bo‘lganida tirikchilik minimumini saqlab turish uchun kerak bo‘lganiga qaraganda ko‘proq daromad hosil qilinadi.

Klassiklar mehnatga bo‘lgan talab singari ish haqi fondini ham mavjud mehnatni taklif qilishga qarshi qo‘yadilar. Ular ish haqi normasini ish haqi to‘lashga mo‘ljallangan butun pul summasini ishga yollangan ishchilar soniga taqsimlash yo‘li bilan aniqlar edilar. Bundan ish haqini oshirish uchun yo bo‘linuvchini ko‘paytirish, yoki bo‘luvchini kamaytirish, ya’ni ishlab chiqarishni oshirish, yoki tug‘ilishni kamaytirish kerak, degan xulosa chiqar edi. Ish haqi fondi nazariyasi tirikchilik vositalari minimumi nazariyasi bilan bog‘lanmas edi: ish haqi fondi mehnatga talabni tahlil qilish asosida, tirikchilik vositalari minimumi esa, uni taklif qilish asosida belgilanar edi.

Materialistik iqtisodiy nazariya daromadlarning taqsimlanishiga mutlaqo boshqacha qarashlarni ishlab chiqdi. Ularning qarashlariga ko‘ra, ishchi kuchi tovarga aylanadi, har qanday boshqa tovar singari bozorda ish haqiga sotib olinadigan va ishchilarning yashashini ta’minlaydigan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqti miqdori bilan belgilanadigan narxda sotiladi. Mehnat sotilishi mumkin emas, ishchi kuchining ishlash qobiliyati esa tovardir. Ish haqi mehnatning bahosi emas, balki ishchi kuchining bahosidir.

XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy ta’limotning yangi yo‘nalishi – marjina- lizm paydo bo‘ldi (Jevons, Menger, Valras, Vizer, Bem-Baverk, Gossen, Marshall va boshqalar). Bu yo‘nalish vujudga kelishining muhim sabablaridan biri XIX asr o‘rtalarida jamiyatning iqtisodiy tuzilmasida o‘zgarishlar yuz berganligidir.

Marjinalistlar iqtisodiyotni turg‘un holatda deb hisoblab, ko‘proq makro- emas, balki mikroiqtisodiyotni tahlil qilar edilar. Ular ta’limotining mohiyati ishlab chiqarilgan mahsulot (xizmatlar) raqobatlashayotgan foydalanish yo‘nalishlari o‘rtasida optimal natija bilan (iste’molchilarni maksimal qanoatlantirish ma’nosidagi optimal natija bilan) taqsimlanadigan sharoitlarni izlashdan iborat edi. Marjinalistlar jami mahsulot ishlab chiqarish omillarining pirovard mahsulotlaridan aniq tarkib topadi va bundan har qanday o‘zgaruvchan omil (er, kapital va mehnat) pirovard mahsuliga teng haq olishi kerak, deb xulosa chiqaradi. Masalan, ish haqi stavkasi muvozanat holatida mehnat mahsulining pirovard qimmatidan yuqori bo‘lishi mumkin emas. Har qanday mehnat birligi pirovard birlik bo‘lishi mumkin. SHu sababli pirovard mehnat birligini ishlab chiqarishga jalb etish uchun kerak bo‘lgan ish haqi stavkasi tadbirkor tomonidan har qanday boshqa mehnat birligini ishlab chiqarish jarayonida saqlab turish uchun to‘lashga rozi

bo‘ladigan maksimal haqqa teng bo‘lishi kerak.

Bunda ish haqi muvozanat holatida mehnat mahsulining pirovard qimmatidan kam bo‘lishi mumkin emas. U qo‘shimcha miqdorlarini jalb etish chiqimga qaraganda ko‘proq daromad keltirar ekan, ishchi kuchini yollash ko‘payib boradi. Binobarin, ish beruvchilar o‘rtasidagi raqobat ish haqini mehnat mahsulining pirovard foydaliligiga teng qilib o‘rnatadi. Biroq, statik tahlil tufayli ishlab chiqarish omillari bahosi marjinalizmda ishlab chiqarish omillarini taklif qilishning ehtimol tutilgan dinamikasi bilan bog‘lanmas edi. Ish haqi masalasida mehnatni taklif etishning uzoq muddatli egri chizig‘i elastik ekanligi va ish haqi stavkasi tirikchilik minimumiga ham asoslanishi hisobga olinmas edi.

O‘tgan asrning 40-yillari keynschilik tizimining asta-sekin yoyilishi bilan ajralib turadi (D. Keyns, X. Xansen va E. Xansen, P. Samuelson va boshqalar). Keyns va uning izdoshlari 30-yillarning qiyinchiliklaridan qutulish yo‘llarini izlab, yana makroiqtisodiy nazariyaga murojaat qildilar. Ularning tahlil markaziga pul va baho o‘rniga daromad va ish bilan bandlik qo‘yildi.

Keyns nazariyasining mohiyati «ishsizlik sharoitida muvozanat» bo‘lishi mumkinligini e’tirof etishdan, raqobatli iqtisodiyotda to‘la ish bilan bandlikni kafolatlaydigan mexanizm yo‘qligini ko‘rsatishdan iborat.

Keynsga qadar aholi jamg‘armalari uning daromadlari muhim unsur sifatida o‘zgaruvchan foiz stavkasi bilan kiritiladigan investitsiyalarga tenglashtiriladi, deb hisoblanar edi. Ish bilan to‘la bandlik holatida iqtisodiy muvozanatga erishish uchun daromadning (ish haqi, renta, foiz, foydaning) muayyan darajada bo‘lishini ta’minlash zarur. Keyns buning uchun xususiy investitsiyalar etarli emasligi sababli davlat investitsiyalari ham kerakligini, bu investitsiyalar u joriy etgan multiplikator qoidasi orqali ishlab chiqarishning umumiy hajmi ortishi, daromadlar va ish bilan bandlik o‘sishiga olib kelishini isbot qildi.

Jamg‘armalar foiz stavkasining o‘zgarishidan ko‘ra daromadning o‘zgarishiga ko‘proq munosabat bildiradi. Investitsiyalar esa, aksincha, daromaddan ko‘ra foiz stavkasining ko‘proq o‘zgarishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Agar investitsiyalar darajasi kam bo‘lsa, daromadlar darajasi ham multiplikator ta’siri natijasida past bo‘ladi, daromadlar darajasi past bo‘lganida, jamg‘armalar ham kam bo‘ladi. Bunday holda foiz stavkasi esa ekvivalent miqdorda rejalashtirilayotgan investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun pasayishi kerak.

O‘rganishlardan shu narsa kelib chiqadiki, turli tarixiy davrlarda mamlakatlarda u yoki bu ijtimoiy muammolarning keskinligi o‘zgarib turgan. Masalan, XIX asr oxirida ijtimoiy masalaning mohiyati daromadlarni taqsimlashning adolatsizligidan iborat edi. Sanoat ishchilarida yomon ish sharoitlari, ish haqining etishmasligi ustunlik qilar edi. So‘ngra, XIX asr oxiri XX asr boshlarida

ijtimoiy masalaning echimini yaqinlashtirishga muvaffaq bo‘lindi. Natijada ishchilarning yashash sharoitlari sezilarli darajada yaxshilandi, real ish haqi ko‘pgina industrial mamlakatlarda ancha oshdi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin ijtimoiy muammolar yangicha xususiyat kasb etdi. Daromadlarning pasayishiga olib keladigan davomli ommaviy ishsizlik shaklidagi betayin turmush birinchi o‘ringa o‘tdi. Ijtimoiy siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlar to‘la ish bilan bandlikni ta’minlash va ijtimoiy ta’minotni rivojlantirishga qaratildi. Keyinchalik inson erkinligi, uning qobiliyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish hisobiga moddiy mustaqillik muammolari birinchi o‘ringa chiqdi. Bu hol ishchilar va boshqa aholi qatlamlari borgan sari ko‘proq davlatga qaram bo‘lib qolayotganligi bilan bog‘liq edi. Mehnat qobiliyatini yo‘qotish, keksalik va ishdan mahrum bo‘lish hollarida ta’minlash etarli emas edi. Iqtisodiy erkinlikni ta’minlash – daromadlarni shakllantirishning iqtisodiy mustaqilligiga erishish va ish haqini yo‘qotgan hollarda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hozirgi kunda ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.




    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish