Меҳнат иқтисодиёти


Mehnat unumdorligini o‘lchash usullari



Download 0,55 Mb.
bet67/166
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#395492
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   166
Bog'liq
Ме нат и тисодиёти (1)

Mehnat unumdorligini o‘lchash usullari


Mehnat unumdorligini o‘lchash murakkab vazifa bo‘lib, bunga bir tomondan, unumdorlik kategoriyasining ko‘pqirraliligining dinamikasi ko‘p sonli o‘sish omillariga (bevosita va bilvosita, korxona tomonidan bo‘lgan va undan tashqarida bo‘lgan omillarga) bog‘liqligi, ikkinchi tomondan esa, unumdorlikni faoliyatning boshqa muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash talabi sabab bo‘ladi. 70-80- yillar mehnat unumdorligini hisoblash usulini takomillashtirish sohasidagi ishlar ikki yo‘nalishda olib borildi. Birinchi yo‘nalish moddiy sarflarni mahsulot

qiymatidan chiqarib tashlashdan iborat edi.

Bu hol mahsulotning o‘lchamlari turlicha qiymatga ega bo‘lishi va uning mehnat unumdorligi dinamikasiga ta’sirini kamaytirish imkonini beradi, deb hisoblanar edi. Izlanishning ikkinchi yo‘nalishi korxona darajasida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichini hisoblab chiqarish tamoyillarini makro darajada qabul qilingan hisoblash bilan identifikatsiyalashga (ya’ni, taxmin qilinayotgan dinamikani jonli va buyumlashgan mehnatning umumiy xarajatlarini tejash orqali ifodalashga) qaratilgan edi. Biroq qabul qilingan hisoblash usullari asosida sanoatning ko‘pchilik tarmoqlarida o‘tkazilgan keng ko‘lamdagi tajribalar bunday yondashuv muhim afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatmadi.

Xo‘jalik yuritishning bozor tuzilishiga o‘tilishi munosabati bilan milliy hisob varaqlar tizimi joriy etildi. Ana shu tizim asosida yalpi ichki mahsulot hajmlarining ko‘rsatkichlari butun iqtisodiyot bo‘yichahamda uningbarcha tarmoqlari, shu jumladan, no moddiy soha bo‘yicha ham hisoblab chiqariladi. Bu esa, mahsulot ishlab chiqarish hajmlaridan ichki iste’molni ajratib chiqarish va ko‘rsatkichlarni yiriklashtirgan vaqtda takroran hisoblashni kamaytirish imkonini berdi. Xorij tajribasi asosida makro darajada tovarlarning qat’iy belgilangan to‘plami bo‘yicha mahsulotning tabiiy o‘lchamlari asosida uningfizik hajmi indeksi hisoblab chiqarilib, shundan keyin umumiy sanoat indeksiga birlashtiriladi. Bunda ulgurji narxlar hamda mahsulot fizik hajmining indekslari tanlab olingan turli umumiy hajm va tuzilish bo‘yicha faqat mintaqalar, tarmoqlar va butun sanoat darajasidagina aniqlanadi, lekin ulardan korxonada tezkor boshqaruv chog‘ida foydalanish mumkin bo‘lmaydi. Buning oqibatida korxona darajasida mehnat natijalarini baholash yaxshilanish u yoqdatursin, balki yomonlashadi, chunki qiyosiy narxlar yo‘qligi tufayli mehnat natijalari dinamikasining xarakteristikasi yo‘qotilgan edi. SHu bilan bir qatorda, iqtisodiyotda mahsulot hajmi va mehnat unumdorligining ko‘rsatkich darajalari jamlanmaydi. Islohotdan oldingi amaliyot bilan taqqoslaganda, korxona faoliyatida iqtisodiy erkinlik kengayganligi munosabati bilan mehnat sarflarini hisobga olish muammosi juda keskinlashdi. Mazkur muammoni statistika organlari uzoq vaqt mobaynida hal qilmadilar. Bu esa, mahsulot hajmlari va mehnat sarflarini hisoblash usullarida farqlar bo‘lishiga olib keldi. Bunday holat mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash imkonini bermadi. SHunday qilib, mehnat unumdorligini o‘lchashga qabul qilingan xisoblash tizimi bilan muvofiqlashtirilgan, hamma tomondan e’tirof etilgan yondashuvlar hozirga qadar ishlab chiqilmagan.

Sobiq Ittifoq statistikasi va iqtisodiyot amaliyotida ish unumi va mehnat sig‘imi mehnat unumdorliginingko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qilar edi. Ular bir-biri bilan proporsional mutanosiblikda o‘zaro bog‘liq bo‘lib, quyidagi formula bilan ifodalagan:

У Х Мм М

М ;(8)va Х (9),

bunda, U – ish unumi;

X – tegishli birliklardagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi;

M – tegishli birliklardagi mahsulotni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)dagi mehnat sarflari;

Mm – mahsulotni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)dagi mehnat sig‘imi.

Xalq xo‘jaligi miqyosida moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnat unumdorligi (ish unumi)ning darajasi muayyan davrdagi milliy daromad o‘lchamining ushbu davr mobaynida moddiy ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soniga nisbati bilan belgilanar edi. Xizmatlar ko‘rsatishsohasida mehnat unumdorligi (ish unumi) muayyan davr mobaynidagi xizmatlar qiymatining (ushbu xizmatlarni ko‘rsatishdagi moddiy sarflarning qiymatisiz) shu davr mobaynida xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi xodimlarning o‘rtacha ro‘yxat soniga nisbati bilan belgilanar edi.

Ko‘p yillik tadqiqotlar ilgari tahlil qilingan ko‘rsatkichlarning birortasi ham mehnat unumdorligini ob’ektiv ta’riflash bilan bog‘liq barcha muammolarni hal etish imkonini bermasligini ko‘rsatdi. Ana shu hol bu maqsad uchun bir va hatto bir necha mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlaridan emas, balki butun boshli ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanishini zarur qilib qo‘ydi. Bunday tizimni har bir ko‘rsatkichning xossalari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, har birining funksional vazifasini aniqlash asosida tashkil etish mumkin.

Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini tasniflash belgisi mehnat natijalarini ifodalash usulidan (qiymat, tabiiy va mehnat) iboratdir. Tabiiy o‘lchamlar hammadan ko‘ra sodda va yaqqol bo‘lib, mehnat natijalarini ko‘zga tashlanadigan moddiy kategoriyalarda baholaydi. Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra iste’mol qiymatining ta’rifi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita bog‘langan, demak, mahsulot sifati o‘zgarganligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar shakllanishi uchun potensial shart- sharoit bo‘ladi.

Tabiiy usulishlab chiqarish hajmi fizik birliklarda (dona, kilogramm, pogon metr, kvadrat metr va hokazolarda) ifodalanganda ishlatiladi. Masalan, neft sanoati korxonasi bir yilda 300 ming tonna neft va 2600 ming m3 gaz qazib oldi, elektr stansiya 20 mln kVt soat elektr energiya, qandolatchilik fabrikasi 100 t shokolad konfet ishlab chiqardi.

Bu eng aniq usul hisoblanib, uning qo‘llaniladigan sohasi g‘oyat cheklangan, chunki kamdan kam korxona bir xil mahsulot chiqarish bilan kifoyalanadi. Masalan, o‘sha neftning o‘zini olib ko‘raylik. U uglevodorod fraksiyalari, oltingugurt, suv

miqdori turlichaligi bilan ajralib turadi. SHu sababli, aniq gapiradigan bo‘lsak, bitta burg‘u qudug‘idan qazib olingan bir tonna neft boshqa burg‘u qudug‘idan qazib olingan bir tonna neftga teng emas. SHokolad konfetlari ham xilma-xil navli bo‘lishi mumkin, qandolatchilik fabrikasi karamel va pechene ham tayyorlab chiqaradigan bo‘lsa, bunday mahsulotning og‘irligini jamlagan holda mutlaqo hisoblab bo‘lmaydi. Keng assortimentda tovar ishlab chiqaradigan mashinasozlik yoki yog‘och ishlash korxonasining mahsulotini tabiiy ko‘rsatkich orqali ifodalab bo‘lmaydi.

Binobarin, ishlab chiqarish hajmining tabiiy o‘lchami ko‘pchilik korxonalarga to‘g‘ri kelmaydi. Bu uning jiddiy kamchiligidir. Turli buyumlarni bitta o‘lchamga keltirishga asoslangan ishlab chiqarish hajmini o‘lchashningshartli - tabiiyusulidan ham foydalaniladi. Masalan, sovunning turli navlari tarkibidagi yog‘ miqdori 40,0

% bo‘lgan yagona sovun naviga aylantirib hisoblanadi, yonilg‘ining turli navlari bir tonnasining issiqlik yaratish quvvati 106 kkal.ga teng bo‘lgan shartli yonilg‘iga aylantirib hisoblanadi.


    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish